Fakultet ma’naviy –ma’rifiy ishlari
Kimyo-texnologiya Fakultetida ma’naviy – ma’rifiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tashkiliy ishlarni amalga oshirishda dekan muovinlari A.Bazarov va N.Abdug‘aniyevlar faoliyat olib bormoqdalar Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 dekabrdagi “Vatan himoyachilar kuni bayramini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4174 –sonli farmoyishi yuzasidan tadbirlar uyushtirildi.Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi” tadbirlari o‘tkazildi.Shuningdek, Qo‘shtepa tumanida, kasb-hunar kollejlarida (Qo‘qon neft va gaz sanoati kolleji, Farg‘ona tumanidagi agrosanoat kasb-hunar kolleji, Buvayda tumani “Iqtisodiyot” va “Avtomobil va yo‘l-transporti kolleji, Toshloq tumani Zarkent agrosanoat kasb-hunar kolleji), muruvvat va mehribonlik uylarida ma’naviyat va ma’rifat ishlari doimiy olib boriladi. Institutni faxriy professor-o‘qituvchilari holidan xabar olib turilibdi. Farg‘ona shahar obodonchilik ishlarida ham Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari faol qatnashib kelmoqdalar.Bundan tashqari, har yili 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarida Fakultet xotin –qizlari institut bo‘yicha faxrli o‘rinlarni olib kelishmoqda.
“Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti
Fakultet 1973 yil sentabr oyida “Aholiga xizmat ko‘rsatish texnologiyalari” fakulteti asosida tashkil etilgan. “Matematika”, ”Iqtisod nazariyasi”, “Chet tillari ”, “Sanoat va qurilish iqtisodiyoti va boshqarish “ kafedralari o‘quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. 1976 yilda “Buxgalteriya”, 1977 yil esa “ Xizmat ko‘rsatish sifatini nazorat qilish” va 1984 yilda “Iqtisod va statistika” kafedrasi ochilgan.
Bugungi kunda “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakultetida
–– Buxgalteriya va audit
–– Iqtisod
–– Menejment
–– Matematika
––“Tillarni o‘rgatish” kafedralari tashkil etilgan.
Magistratura bo‘limi tarixi
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 12 iyul 342 –sonli Qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 13 may “Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashga ruxsat berish haqida” gi 136 sonli buyrug‘iga binoan Farg‘ona PolitexnikaInstitutida Magistratura bo‘limi institut rektorining 1999 yil 16 sentyabrdagi 271 l/o- sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Magistratura bo‘limiga t.f.n.,dotsent V.E.Gerdov, t.f.n., dos. M.X.Zokirov, t.f.n.,dotsent B.N.Fayzimatov, t.f.n.,dotsent S.T.Tursunov rahbarlik qilib kelishgan. Hozirgi kunda Magistratura bo‘limiga i.f.d., prof. I.N.Ismanov rahbarlik qilib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |