O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”


ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi



Download 1,08 Mb.
bet85/107
Sana11.02.2022
Hajmi1,08 Mb.
#444398
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107
Bog'liq
TARBIYAVIY SOAT MATNLARI-TAYYOR BO\'LDI

2 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
1. 5 A320205 – “Kimyoviy ishlab chiqarish va qurilish materiallari korxonalarining mashina va apparatlari”.
2. 5 A320201 – “Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” (ishlab chiqarish bo‘yicha).
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 1056 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 24 nafar talaba, hammasi bo‘lib fakultetda 1080 nafar talaba tahsil olmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalariga muvofiq fakultet talabalariga 80 dan ortiq fanlar bo‘yicha bilimlar majmui beriladi. Fakultet talabalariga institutning 130 nafar professor-o‘qituvchisi bilim bermoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari ilg‘or, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar, axborot kommunikatsion yutuqlar va samarali texnik vositalardan foydalangan holda tashkil etilmoqda.
Kafedralarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘qitish tizimida fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini mazmunan boyitish va sifatini yaxshilash, amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlari hamda kurs ishi, loyihalarini bajarish bo‘yicha mukammal uslubiy ko‘rsatmalar va qo‘llanmalar yaratish ishlarini muvofiqlashtirishga alohida e’tibor bermoqda.
Fakultet ta’lim jarayonini o‘quv-uslubiy ta’minotini yaxshilash jihatidan Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya Instituti, Toshkent avtomobil yo‘llari Instituti, Belgorod texnologiya universiteti, Sankt-Peterburg Davlat texnologiya Instituti, N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti, Krim Davlat industrial-pedagogika Instituti, Ukraina Milliy Texnika Universiteti «Kiyev PolitexnikaInstituti» va Moskva avtomobil-yo‘llar Instituti olimlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
Oxirgi yillarda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 10 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalardan institutda va kasb-hunar kollejlarida keng foydalanilmoqda.
Fakultet tarkibida 2013-2014 o‘quv yilida 71 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib bordi. Fakultet bo‘yicha umumiy ilmiy salohiyat – 28 % tashkil etadi. Ilmiy salohiyatni ko‘tarish maqsadida “Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish” kafedrasida 2 nafar, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida 2 nafar, “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasida 1 nafar, “Amaliy mexanika va materiallar qarshiligi” kafedrasida 1 nafar o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasi himoyasi harakatida.
Fakultetda 3 ta ilmiy laboratoriya faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari respublikamiz va xorijiy ilmiy jurnallarida turli darajadagi ilmiy anjumanlarda o‘z aksini topmoqda. Ilmiy izlanishlarga talabalarning keng jalb etilishi yetuk va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
2013 yilning aprel oyida mexanika fakulteti qoshida “Ishlab chiqarishdagi mashinalar va mexanik jihozlar innovatsion texnologiyalari, yutuq va vazifalar” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Fakultet kafedralari viloyatda joylashgan 20 dan ortiq yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish sohasida aloqalarni o‘rnatgan. Bular, “Farg‘onaazot” OAJ, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, “Quvasoysement” OAJ, “Kvars” OAJ, “Avtooyna” OAJ, Yevraziya TAPO Disk QK AJ va boshqalar. Bu korxonalarning uchtasida mutaxassis chiqaruvchi kafedralarning filiallari mavjud.
Bitiruvchilarimiz Farg‘ona vodiysidagi barcha ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va turli muassasalarda muvaffaqiyat bilan mehnat qilmoqdalar.
Fakultetda ma’naviy – ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mehyoriy hujjatlari doirasida amalga oshiriladi. Fakultetdagi 48 ta akademik guruxlarga malakali, tajribali va salohiyatli professor-o‘qituvchilar murabbiy etib tayinlangan.
Institutga yangi qabul qilingan talabalar uchun “Birinchi kurs maktabi” tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, talabalarni institutning ichki tartib qoidalari, “Oliy ta’lim muassasasining odob – ahloq kodeksi” qoidalari bilan tanishtirish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishga ko‘maklashuvchi turli sport to‘garaklari va ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarga jalb etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Xaftaning har payshanba kunlari fakultetda ma’naviyat kuni deb hisoblanib, ushbu kunda gurux murabbiylari rahbarligida talabalar shahrimiz teatrlariga, muzeylarga, faxriylar ziyoratiga, shaharda o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga tashrif uyushtiradilar. O‘quv yili davomida gurux murabbiylari tomonidan haftaning chorshanba kunlari “Axborot – tarbiya soatlari ” o‘tkaziladi.
Fakultet talabalar turar joyida yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va nazoratga olish, o‘qishga tayyorgarlik va dam olish vaqtlarini mazmunan boyitish maqsadida professor- o‘qituvchilarning talabalar turar joyida navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, fakultet tarkibidagi barcha kafedralar talabalar turar joyida “Kafedra kunlari ” ni o‘tkazishi an’ana tusini olgan.
Fakultet ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatining yana bir muhim ko‘rsatkichlaridan biri talabalar ota-onalarining institut raxbariyati, professor-o‘qituvchilar bilan muntazam aloqasini yo‘lga qo‘yish, vaqti-vaqti bilan ularning uchrashuvlarini – jonli muloqotlarini o‘tkazish talabalar tarbiyasini yaxshilash, davomatni ko‘tarish ishlarida yaxshi samara bermoqda.
Ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha fakultet talabalari muammolarini o‘z vaqtida aniqlashtirish va hal qilishga qaratilgan “Ochiq eshik kuni” tashkil etilgan, shu bilan birga “Taklif va mulohazalar qutisi” (adolat qutisi)da bildirilgan fikrlar va muammolar o‘z vaqtida o‘rganilib tegishli chora tadbirlar ko‘rib borilmoqda.
Fakultetdagi iqtidorli talabalarni izlab topish, ularni turli tanlov va musobaqalarga jalb etish, nomdor stipendiyatlar tayyorlash yo‘nalishlarida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2013 yilda TVIT ta’lim yo‘nalishi talabasi Odilov I. Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
“Kamolot” YoIH faollarining murojaatnomasi asosida fakultetda haftaning har shanba kuni “Ozodalik va tozalik kuni” deb e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlangan devoriy gazetalar akademik guruxlar tomonidan tayyorlandi. “Siz qonunni bilasizmi? ” nomli insholar tanlovida fakultetimiz talabalari faxrli o‘rinlarni egalladilar.
14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan fakultetda o‘tkazilgan tadbirda urush va mehnat faxriylari, zaxiradagi ofitserlar, professor – o‘qituvchilar va talabalar qatnashib, unda teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bayram munosabati bilan talabalar turar joyida turli sport musobaqalari tashkil etilib g‘oliblar taqdirlandilar.
Farg‘ona viloyati va shahri IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Harakat xavfsizligi oyligi” ga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlar o‘tkazildi. Shu bilan birga Farg‘ona shahar FVV xodimlari bilan hamkorlikda fakultet talabalari o‘rtasida zilzila, suv toshqini, avto halokatlar sodir bo‘lganda odamlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va qutqarish usullari to‘g‘risida tadbir o‘tkazildi.
Muntazam ravishda fakultetda tahsil olayotgan qizlar bilan viloyat Qizil yarim oy jamiyati, tibbiyot xodimlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish