O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”


-MAVZU: ODAM SAVDOSIGA QARSHI OLIB BORILAYOTGAN PROFILAKTIK ISHLAR MAZMUN MOHIYATI



Download 1,08 Mb.
bet12/107
Sana11.02.2022
Hajmi1,08 Mb.
#444398
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107
Bog'liq
TARBIYAVIY SOAT MATNLARI-TAYYOR BO\'LDI

9-MAVZU: ODAM SAVDOSIGA QARSHI OLIB BORILAYOTGAN PROFILAKTIK ISHLAR MAZMUN MOHIYATI.


Reja:

  1. Odam savdosi haqida tushuncha.

  2. Odam savdosining salbiy oqibatlari.

Odam savdosi bu – muayyan shaxs (yoki shunday shaxslar guruhi)ni yollash, ularni bir mamlakat hududida yoki hududidan tashqarida sotib olish, sotish, o‘tkazishdan iborat transportirovka qilish, bunday harakatlardan foyda olish yoki kelgusida aldov yo‘li bilan ulardan foydalanish uchun bunday shaxslarni zo‘rlik bilan (kuch ishlatib yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilib), xizmat holatidan yoki qarzdorning qaramligidan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib ushlab turish, shuningdek shaxs (shaxslar)ni tutqunlik holatida yoki mehnatga haq to‘lanishi yoki to‘lanmasligidan qat’iy nazar, qullik asoratida saqlash bilan bog‘liq harakatlardir.
jinoyat asosan insonlarni kamsitib, huquq-erkinliklarini poymol qilgan holda, noqonuniy ravishda og‘ir sharoitlarda mehnat qilishga majburlash, qullik, majburiy donorlik, fohishalik va boshqa maqsadlarda foydalanishdek jirkanch ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda. Bu esa o‘z navbatida odam savdosiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va sharoitlarni bartaraf qilish, bunday transmilliy jinoyatning oldini olish maqsadida nafaqat bir davlat hududida, balki butun jahon davlatlari o‘zaro hamjihatlikda kurashishi zarurligini taqozo qiladi. 
Albatta, hozirgi kunda bunday xalqaro xavfga qarshi kurashish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan, shuningdek, dunyoning 61 ta davlatining milliy qonunchiligida xalqaro odam savdosiga qarshi qaratilgan qonunlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning deyarli 90%i oxirgi o‘n yillik ichida qabul qilindi.
Odam savdosining oldini olishga qaratilgan dastlabki xalqaro miqyosdagi hujjat 1949 yil 2 dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan “Odam savdosi va fohishabozlikni uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to‘g‘risi”gi Konvensiyadir. Unda belgilangan tamoyil va qoidalar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”da ham o‘z aksini topgan. Deklaratsiyaning 4-moddasiga ko‘ra, “Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko‘rinishlari ta’qiqlanadi”. 5-moddasiga binoan esa, “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak” deya ta’kidlangan.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan “Transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiya” va uni to‘ldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish bo‘yicha Protokol”ga muvofiq, odam savdosiga qarshi kurashish unga a’zo davlatlarning majburiyatiga kiradi. Mazkur xalqaro hujjatlar shunisi bilan ahamiyatliki, ular qator xorijiy davlatlarda odam savdosi jinoyat sifatida milliy qonun hujjatlarida belgilanishida huquqiy normativ asos bo‘lib xizmat qiladi. Protokolda odam savdosi jinoyat sifatida belgilanibgina qolmay, ushbu jinoyatdan jabr ko‘rganlarni xalqaro darajada va milliy qonunlar bilan himoyaga olish nazarda tutilgan.
Xususan, davlatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, inson haqida g‘amxo‘rlik qilishni davlatning bosh vazifasi etib belgiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Asosiy qonunning “SHaxsiy huquq va erkinliklar”, “Siyosiy huquqlar”, “Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar” deb nomlangan bo‘limlari shaxsni xuquq va erkinliklarini himoya qilishning bevosita huquqiy bazasidir. SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining Maxsus qismi birinchi bo‘limi “SHaxsga qarshi jinoyatlar” deb nomlangan va unga 52 ta modda kiritilgan. Bu esa doimo huquqning sub’ekti bo‘lib kelgan insonni ob’ektga aylantirilishining oldini olishga qaratilgandir. Ayniqsa, 2008 yil 17 aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni odam savdosiga qarshi kurashish va undan jabrlanganlarni himoya qilishda samarali xizmat qilmoqda. Unga asosan odam savdosining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo‘yish, uning oqibatlarini minimallashtirish belgilab qo‘yilgan. SHuningdek, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar transmilliy, ya’ni hudud va chegara tanlamaydigan qilmish ekanligini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi bunday salbiy ko‘rinishlarga qarshi kurashish borasida xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilib, 2008 yil 8 iyulda BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrdagi rezolyusiyasi bilan Nyu-York shahrida qabul qilingan “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi”ni O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinganligini ham qayd etib o‘tish zarur.
Shuningdek, Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiya faoliyati ham samarali bo‘lib, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining tegishli faoliyatini muvofiqlashtirmoqda. Ushbu jarayonda qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari tomonidan yig‘ilish va uchrashuvlar o‘tkazilishi, odam savdosining kelib chiqish sabablari va oldini olish omillarining keng qamrovda tushuntirib borilishi hamda keng aholi qatlamlari va voyaga etmaganlar orasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning xavfi, oqibatlari jonli misollar orqali targ‘ib etilishi ham alohida e’tiborga molikdir.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, inson huquqlari bizning mamlakatimizda qattiq himoya ostiga olingan. Respublikamizda bu jinoyatning oldini olishda birinchi navbatda aholini ish bilan ta’minlanish darajasini oshirish, fuqarolarni chet elda ish bilan ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyati ustidan qattiq nazorat olib borish, noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish, shaxslarni ishga taklif qilish bilan bog‘liq e’lonlarning qonuniyligini tekshirish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni yanada rivojlantirish lozim.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish