"O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining
30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni
o`tkazish to`g`risida"Ь
B U Y R U Q
03.08.2021 _____ – sonli SOHIBKOR MFY
Mamlakatimiz mustaqilligining har bir sanasini munosib kutib olish va katta tayyorgarlik bilan nishonlash an’anasini uzviy davom ettirgan holda, bu yil ham maktablarda tizimda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, erishilgan yutuqlar mohiyatini keng targ`ib qilishga, yosh avlod qalbi va ongiga mustaqillik hissi, Vatanga sadoqat tuyg`ularini yanada chuqurroq singdirishga qaratilgan bayram tadbirlarini o`tkazish maqsadida
B U Y U R A M A N :
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida”gi qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. "O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha ishchi guruh tarkibi 1 – ilovaga, “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o`tkaziladigan tashkiliy – amaliy, madaniy – ma’rifiy, targ`ibot – tashviqot ishlari dasturi 2 – ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishchi guruh a’zolariga:
- “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida o`tkaziladigan tashkiliy – amaliy, madaniy – ma’rifiy, targ`ibot – tashviqot ishlari dasturda belgilangan vazifalarning qat’iy ijrosini ta’minlash;
- dasturda belgilangan chora – tadbirlar ijrosini direktor huzuridagi yig`ilishlarda muhokama qilish;
- bayramga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishdan mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar, yurtimiz qiyofasi tubdan o`zgarib, shahar – qishloqlarimiz yanada obod bo`lib borayotganligini singdirish;
- mustaqillik yillarida boy tarixiy merosimiz, ko`hna urf – odatlar va an’analarimizni qayta tiklanganligi, bugungi kunda mehr – oqibat, bag`rikenglik va hamjihatlik kabi ezgu fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg`un bo`lib yashash, hayotimiz qoidasiga aylanib borayotgani, o`quvchi yoshlar o`rtasida keng targ`ib qilish;
- Davlat dasturining ijobiy samaralarini har tomonlama ochib berish;
- bayram tadbirlari yuqori saviyada o`tkazish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 2017 yil 20 – avgustdan, 5 – sentabrgacha amaldagi mehnat qonunchiligiga maktabda rahbar va pedagogik jamoa a’zolarining sutkalik navbatchiligini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
5. Ma’naviy – ma’rifiy va tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosariga:
- 1 hafta muddat ichida "O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bo`yicha ishchi guruh a’zolariga, chora – tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
- bayram tadbirlarini o`quvchilar, o`qituvchilar va keng jamoatchilikni jalb etgan holda barcha shahrimiz ahlining qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini ko`taradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan, ta’sirchan shaklda, rasmiyatchilik va balandparvozlik ko`rinishlardan holi tarzda o`tkazilishiga alohida e’tibor qaratish;
- maktabda "O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko`rish va amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng va muntazam yoritib borish vazifalari yuklatilsin.
6 Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Maktab direktori: ________________ H Nasivaliev.
BAXMAL TUMANI XALQ TA’LIMI
BO`LIMIGA QARASHLI
18 – UMUMIY O`RTA MAKTABIDA BO`LIB O`TGAN YIG`ILISH
B A Y O N N O M A S I
16.08.2021 yil
Yig`ilish raisi: H Nasivaliev
Yig`ilish kotibi: N Hayitmatova
Qatnashdi: Maktab pedagogik jamoasi
K U N T A R T I B I D A
Mustaqilligimizning 30 yilligi hamda “Bilimlar kuni”ga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish.
Kun tartibida masala yuzasidan maktab direktori: H Nasivaliev. so`zi tinglandi.
Eshitildi:
Bu yil Mustaqilligimizning 30 yilligi keng nishonlanadi. Shu sababli Respublikamizning barcha go`shalarida bu bayramni munosib nishonlash uchun bayram tadbirlari o`tkazib borilmoqda. Bizning maktabimizda ham mustaqilligimizni 30 yilligi bayramiga munosib tuhfa sifatida bir qator tadbirlarni o`tkazishni lozim deb hisoblayman.
Yangi o`quv yilining birinchi soatida “Mustaqillik darslari”ni tashkil etib, unda “Ma’rifat” gazetasida chop etibladigan tavsiyalardan foydalanib mamlakatimizda 30 yil mobaynida qo`lga kiritilgan ijtimoiy siyosiy huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida ertishilgan yutuqlar amalga oshirilgan ishlar mazmun mohiyatini o`quvhcilar ongiga yetkazish lozim. Shuningdek o`quvchilar o`rtasida “Vatanim tarixini o`rganaman”, “Ozod yurt manzaralari”, “Yurtim, senga jonim fido” mavzusidagi rasmlar, insholar tanlovlari hamda badiiy, ma’rifiy kechalar, uchrashuvlar o`tkazish maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Shu masala yuzasidan ma’naviy – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari AMasharipov so`zga chiqib o`z fikr – mulohazalarini bayon etdi.
Yuqorida so`zga chiqqanlarning fikr – mulohozalari inobatga olinib, yig`ilish
Q A R O R Q I L A D I:
1. Mustaqilligimiz 30 yilligi hamda “Bilimlar kuni” munosib nishonlash uchun chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin .
2. Ushbu ishlar yuzasidan mas’ullik ma’naviy – ma’rifiy – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari AMasharipov zimmalariga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: __________________ H Nasivaliev
Yig`ilish kotibi: __________________ N Hayitmatova
2 – ILOVA
“T A S D I Q L A Y M A N”
Maktab direktori:
______________ H Nasivaliev
O`zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi hamda „Bilimlar kuni“ ga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish
yuzadan tashkil etilgan
ISHCHI GURUH TARKIBI:
T/r
|
Ismi, familiyasi
|
Lavozimi
|
Vazifasi
|
1
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |