O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari



Download 31,03 Kb.
Sana15.01.2020
Hajmi31,03 Kb.
#34140
Bog'liq
Fuqaro3

O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlari

Reja

1-.Davlat hokimiyati vakillik organlarining huquqiy asoslari.

2-. Davlat hokimiyati vakillik organlarining turlari va tizimi.

3-. Davlat hokimiyati vakillik organlari tizimida vakolatlarning taqsimlanishi

4-.O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati

5-.Xalq deputatlari viloyat Kengashlari, shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman xalq deputatlari Kengashlari va ularning o`zaro munosabatlari.

6-. Davlat organlari tizimida davlat hokimiyati vakillik organlarining tutgan o`rni.

Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining huquqiy asoslarini yaratilishi ular faoliyatining kafolati bo`lib xizmat qiladi.Shu bois O`zbekiston mustaqillikka erishgach davlat hokimiyati vakillik organlari tizimidagi organlar va ular faoliyatini huquqiy asoslarini yaratildi.

Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati bir qator huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishning asosiy prinsiplari to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Konunchilik palatasi to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni, "Xalk deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Konuniga o`zgartishlar va ko`shimchalar kiritish haqida O`zbekiston Respublikasi Qonuni, “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, yangi tahrirdagi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa hujjatlar.

Bu borada O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim ahamiyatga ega.O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan, ularning ichki tarkibiy qismlari esa ular haqidagi alohida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat hokimiyati vakillik organlarining, ularning funksiya va vakolatlarini amalga oshirishdagi deputatlarning, fuqarolarning tutgan o`rni va roli tartibga solinsa, boshqa huquqiy hujjatlar bilan xalq deputatlari faoliyatining asosiy tashkiliy shakl va uslublari ham tartibga solinadi. Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, xalq deputatlari faoliyatini huquqiy tartibga solish murakkab jarayonni tashkil etadi. Hozirgi davrda huquqiy normalar bilan bir qatorda boshqa ijtimoiy normalardan ham foydalanish ko`rsatilmoqda.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari juda katta vakolatlarga ega. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 5-bandidagi qoidaga muvofiq Oliy Majlis palatalari O`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilaydi.

O`zbekiston mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo`g`rilgan o`ziga xos rivojlanish yo`lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo`linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi.





Davlat hokimiyati vakillik organlarining turlari va tizimi.

O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan, ularning ichki tarkibiy qismlari esa ular haqidagi alohida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasida vakillik organlari tizimiga quyidagilar kiradi:

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. 2005 yil yanvar oyidan boshlab mamlakatimizda ikki palatali parlament faoliyat olib bormoqda.



    • Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi – Qoraqalpog`iston Respublikasidagidagi butun davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo`lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi yoki tuzishda ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazorat olib boradi. Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi davlat hokimiyatining oliy organi sifatida Qoraqalpog`iston ixtiyoriga berilgan barcha masalalarni hal etish huquqiga ega. Jo`qorg`i Kenges vakolat doirasiga respublika Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o`zgartishlar, qo`shimchalar kiritish; qonunlar qabul qilish, unga qo`shimchalar, o`zgartishlar kiritish; ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo`li bilan tartibga solish; iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat strategik dasturlarini qabul qilish; davlat hokimiyati organlariga saylovlarni tashkil etish; davlat mukofotlarini belgilash va Asosiy qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.

    • Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99–moddasiga ko`ra, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo`ysunadigan shaharlardan, shuningdek shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo`lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko`zlab o`z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar. Mahalliy vakillik organlari o`z faoliyatini jamoaviy asosda amalga oshiradi.



Davlat hokimiyati vakillik organlari tizimida vakolatlarning taqsimlanishi

Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasida qonun chiqaruvchi hokimiyat alohida o`rin tutadi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida aytilganidek, davlat hokimiyatining tizimi-qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linish prinsipiga asoslanadi. Unga ko`ra, davlat funksiyalari qonun chiqaruvchi organ Oliy Majlis, davlat va ijroiya hokimiyati rahbari O`zbekiston Respublikasining Prezidenti va sud hokimiyati o`rtasida taqsimlanadi. O`zbekiston Oliy Majlisi esa davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati organlarining tuzilishi





O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76- moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati - besh yil.

O`zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi organ bitta, u ham bo`lsa Oliy Majlis palatalaridir. Viloyat, tuman va shahar Kengashlari qonun chiqarish huquqiga ega emaslar. Bu organlar O`zbekistondagi yagona davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini tashkil etadilar. Demak, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari vakolatlarini Oliy Majlis palatalari belgilaydi. Konstitutsiyamizda kuchli qonun chiqaruvchi hokimiyatni tashkil etishga alohida e'tibor berilgan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi Senat territorial subyektlar - Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning har biridan 6-tadan, hamda Prezidentning o`zi tomonidan tayinlanadigan o`n olti nafar el-yurt obro`-e'tiborini qozongan, ko`zga ko`ringan kishilardan tarkib topadi.

Prezident I.A.Karimovning Sessiyada so`zlagan nutqida ko`rsatilganidek, «yuqori palata a'zolari joylardagi vaziyatdan yaxshi xabardor, .... ularni saylangan kengashlar bilan uzviy aloqa bog`lib turuvchi», ko`proq minatdorlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan deputatlardan iborat bo`ladi. «Senat qo`yi palata bilan birgalikda bevosita qonun yaratish ishi bilan shug`ullanmasligi lozim», balki unga saylangan har bir Senator Qonunchilik palatasi ishlab chiqqan va taqdim etgan qonunlarni ma'qullashi yoki rad qilish orqali, ham o`z mintaqasi manfaatlarini hisobga olgan holda, hamda butun mamlakatimiz - O`zbekiston taraqqiyoti manfaatlarini hisobga olgan holda qonunlarni yaratishda ishtirok etadi.

O`zbekiston Parlamentidagi Qonunchilik palatasi va Senat o`rtasidagi oqilona muvozanat ana shunday konstitutsiyaviy-huquqiy nazariy, hamda huquq amaliyoti asosiga tayanadi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o`tish, erkinlashtirilgan «Ochiq demokratik jamiyat» qurishning birinchi konstitutsiyaviy huquqiy asosi va kafolati bo`lib xizmat qiladi.

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning X sessiyasi (2002 yil 12 dekabr) «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida» va «O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlarning qabul qilinishi bilan ikki palatali parlament shakllantirishning asosiy xuquqiy asoslarini yaratish jarayoni muxim ahamiyat kasb etdi.

"O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to`g`risida"gi Konstitutsiyaviy Qonunga binoan "Qonunchilik palatasi" O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasidir. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko`rsatishiga asoslanadi»1.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo`lib, Senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`korg`i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo`shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo`lgan hamda alohida xizmat ko`rsatgan eng obro`li fuqarolar orasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi

Konstitutsiya parlament deputatlarining hududiy saylov okruglari bo`yicha ko`p partiyalilik asosida saylanishini muhim konstitutsiyaviy prinsip sifatida mustahkamlaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari O`zbekistonning butun hududida saylovchilar soniga qarab teng holda tuziladi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida Saylov kuni yigirma besh yoshga to`lgan hamda kamida besh yil O`zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zosi bo`lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo`yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.

Ayni bir shaxs bir paytning o`zida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a'zosi bo`lishi mumkin emas deb ko`rsatilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuniga 25 yoshga to`lgan fuqarolar ega bo`lishi mumkin. Yosh senzining bunday belgilanishi shu bilan izohlanadiki, deputat ozmi-ko`pmi ma'lum hayot tajribasiga ega bo`lishi, o`zini davlat va jamoat faoliyatida ko`rsata olishi lozim. Bu masala bir qancha xorijiy mamlakatlarning Konstitutsiyalari va qonunchiligida ham deyarlik shunday hal etilgan. AQSH Konstitutsiyasida 25 yoshga to`lmagan shaxs Kongressning Vakillar palatasining a'zosi bo`lishi mumkin emas. Yaponiya parlamentining vakillar palatasiga 25 yoshga to`lmagan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to`lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin. Shuni ham aytish joizki, jahon tajribasida passiv saylov huquqining bundan ham yuqori senzlari ma'lum.



Xalq deputatlari viloyat Kengashlari, shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman xalq deputatlari Kengashlari va ularning o`zaro munosabatlari.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi mahalliy davlat hokimiyati asoslariga bag`ishlangan bo`lib, mazkur bobda O`zbekiston Respublikasida mahalliy xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning tutgan o`rni va roli ko`rsatilgan, bu organlarning davlat hokimiyatini amalga oshirish bo`yicha vakolatlari va boshqa davlat organlari bilan bo`lgan o`zaro munosabatlarining asoslari belgilab berilgan. Mazkur bobda hokimlar boshchilik qiladigan mahalliy xalq deputatlari Kengashlarini tashkil etish (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99 va 102-moddalari) berilgan. Konstitutsiyaning 100-moddasida mahalliy hokimiyat organlarining, 105-moddasida o`zini o`zi boshqarish organlarining vakolatlari berilgan. Konstitutsiyaning 103, 104-moddalarida viloyat, tuman va shahar hokimlarini tayinlash va ularning vakolatni amalga oshirish tartibi belgilangan. Konstitutsiyaning 101-moddasida xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddatlari berilgan.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi vakolatli va bevosita demokratiya shakllarining uzviy bog`langanligini o`zida ifodalaydi. Konstitutsiyaning 58-moddasida davlat jamoat birlashmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi belgilangan. Konstitutsiyaning 60-moddasida siyosiy partiyalar o`zlarining demokratik yo`l bilan saylab qo`yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishlari belgilangan. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasining fuqarolariga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqi beriladi va bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish orqali amalga oshiriladi.

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari to`g`risida umumlashtirilgan yagona qonun qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining 1992 yilgi Konstitutsiyasi qabul qilinishiga qadar, ya'ni sobiq SSSR mavjud bo`lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining har bir bosqichi uchun alohida qonun qabul qilingan edi. O`zbekiston Respublikasida viloyat, shahar, rayon, qishloq va posyolka xalq deputatlari Sovetlari to`g`risidagi qonunlar mavjud edi.

O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida»gi Qonuni-ning qabul qilinishi bilan vakillik organlarining eng quyi bosqichlari qishloq, shaharcha, tumanlarga bo`ysunadigan shahar, shaharlardagi tuman Kengashlari tugatilib, ular o`zini o`zi boshqarish organlariga aylantirilgan. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasining 1980 yil 14 martda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi xalq deputatlari posyolka Sovetlari to`g`risida»gi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1980 yil, 9-son), 1980 yil 14 martda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasi xalq deputatlari qishloq Soveti to`g`risida»gi Qonuni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1980 yil, 9-son), O`zbekiston Respublikasi shaharlari, posyolkalari va qishloqlaridagi mahalla (kvartal) qo`mitalari to`g`ri-sidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining 1983 yil 4 iyuldagi Farmoni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983 yil, 20-son), O`zbekiston Respublikasi grajdanlarining istiqomat joylardagi umumiy yig`ilishlari, yig`inlari to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Rayosatining 1988 yil 30 noyabrdagi Farmoni (O`zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988, 34-son) bekor qilindi.

Yuqorida sanab o`tilgan aktlar hozirgi kunda ham qiyosiy o`rganish uchun, ayniqsa, mutaxassislar uchun ma'lum darajada ahamiyat kasb etadi.

Mahalliy xalq deputatlari Kengashlari, hokimliklar va o`zini o`zi boshqarish organlarining o`z faoliyatlarini tartibga solish to`g`risidagi huquqiy hujjatlari. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qabul qiladigan normativ hujjatlarga nizomlar, ish tartiblari yo`riqnomalari, qarorlar, farmoyishlar va hokazolar kiradi.

O`zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida»gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi. O`zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida»gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq o`zini o`zi boshqarish organlari qarorlar qabul qiladilar.

Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini tartibga solishda Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan ish tartiblari muhim ahamiyatga ega. Qonunning 18-moddasiga ko`ra Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan ish tartiblari xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va o`tkazish, unda qarorlar qabul qilish va sessiyaga hal qilish, berilgan boshqa vakolatlar xalq deputatlari Kengashi ish tartibiga muvofiq belgilanadi.

Sanab o`tilgan huquqiy hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari, hokimliklar va o`zini o`zi boshqarish organlarining faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan, ular yordamida shu organlarning vakolatlari amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasida hozirgi kungacha faoliyat ko`rsatib kelayotgan davlat hokimiyati vakillik organlari quyidagi huquqiy hujjatlarni qabul qiladilar: xalq deputatlari Kengashining hokimlik apparatining ish tartibi (reglamenti), xalq deputatlari Kengashlarining yordamchi va ijro etuvchi organlari to`g`risidagi huquqiy hujjatlar (ularga deputatlik guruhlari to`g`risidagi Nizomlar, hokimiyat apparatining bo`limlari, boshqarmalari va komissiyalari to`g`risidagi Nizomlar) kiradi.

Hokimlik apparati tuzilmaviy qismlari to`g`ri-sidagi huquqiy hujjatlarga mansub yo`riqnomalari, bo`lim va boshqarmalarning komissiyalari to`g`risidagi, qabulxonalar to`g`risidagi nizomlar, apparatdagi mansabdor shaxslar huquqiy holatini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlar (yo`riqnomalar) kiradi.

Xalq deputatlari Kengashlari faoliyatining ayrim yo`nalishlari bo`yicha qabul qilinadigan hujjat-larga apparatda ish yuritish bo`yicha yo`riqnomani ko`rsatish mumkin va, nihoyat, davlat hokimiyatining vakillik organi va hokimlik apparatida jamoatchilikning tashabbuskor organlarini, fuqarolarni ishtirok ettirishga xizmat qiladigan huquqiy hujjatlar ham qabul qilinadi. Ularga xalq drujinachilari, o`rtoqlik sudlari ishlari bo`yicha tuziladigan jamoatchilik asosida ishlovchi fuqarolarning huquqiy holatini belgilab beruvchi nizomlar kiradi.

Sanab o`tilgan huquqiy hujjatlarning aksariyati davlat hokimiyati vakillik organlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilingandan so`ng eskirib qoladi va u yoki bu holatiga aniqlik kiritish lozim bo`lib qoladi.

Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining turli xil tomonlari O`zbekiston Respublikasidagi mavjud huquqiy tarmoqlar bilan tartibga solinadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi mulkchilik to`g`risidagi qonunining 22-moddasida mulkning subyektlari belgilanadi, mulkchilik huquqini xalq nomidan O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi va O`zbekiston Respublikasi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar. Mazkur qonuning 24-moddasi 2-bandida O`zbekiston Respublikasi nomidan yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, o`simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy boyliklarga egalik qilish huquqini barcha darajadagi xalq deputatlari Kengashlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Davlat organlari tizimida davlat hokimiyati vakillik organlarining tutgan o`rni.

Davlat organlari tizimida vakillik organlari muhim o`rin tutadi. Chunki vakillik organlari bevosita xalq nomidan ish yurituvchi organ hisoblanib, hech qaysi hokimiyat tarmog`iga kirmaydi.

Dastlabki davrda insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli sifatida, hamda vakillik muassasasi sifatida dunyoga kelgan parlament uzoq yillar davomidagi tarixga ega va uning ildizlari XII-XIII asrlardagi ingliz parlamenti va ispan korteslariga borib taqaladi. Parlament so`zining lug`aviy ma'nosi fransuz tilidan olingan bo`lib, "gapirmoq" ma'nosini anglatadi. Parlamentarizm katta taraqqiyot bosqichini bosib o`tdi va uning chinakam tarixi burjua inqiloblari davridan boshlanadi.

Endilikda aksariyat mamlakatlarning parlament institutiga ega ekanligini ta'kidlab o`tmoq joiz. Hozir yer kurrasidagi 200 ga yaqin davlatning qariyb 177 tasida oliy qonun chiqaruvchi vakillik organi-parlamentlar bor.



Umuman vakillik organlari tizimida birinchi o`rinda turuvchi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq juda katta vakolatlarga ega. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 5-bandidagi qoidaga muvofiq Oliy Majlis palatalari O`zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilaydi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi vakillik organlari tizimida qonun chiqaruvchi organlar hisoblanishadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari esa qonun chiqarish huquqiga ega emaslar. Bu organlar O`zbekistondagi yagona davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini tashkil etadilar. Demak, viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari vakolatlarini Oliy Majlis palatalari belgilaydi.

O`zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va viloyat, tuman, shahar hokimlaridir, bu organlarning vakolatlarini ham Oliy Majlisi palatalari belgilaydi.

Bundan ko`rinib turibdiki, vakillik organlari davlat organlari tizmimida asosiy o`rinlardan birini egallagan.

Shu bois O`zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari davomida umuminsoniy qadriyatlar va boy milliy an'analar bilan yo`g`rilgan o`ziga xos rivojlanish yo`lini aniqlab oldi. Shu asosda davlat-huquqiy amaliyotda jahon parlamentarizmining boy tajribasidan unumli foydalanilib, respublika konstitutsiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo`linishi prinsiplariga mos davlat organlari tizimini shakllantirildi.



1



Download 31,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish