Davlat boshqaruvi organlari yagona tizimni tashkil etadilar. U Respublika miqyosida xo`jalikka, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilishga kundalik har tomonlama rahbarlik qilishni ta`minlash zarurligidan kelib chiqadi. Davlat boshqaruv organlari tuzilishi umumrespublika, markaziy va mahalliy organlarni qamrab oladi. - 1. Umumrespublika organlari:
- - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Uning tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Vazirlar Mahkamasi o`z huquq doirasida O`zbekiston Respublikasini boshqarishga tegishli barsha masalalarni hal etishga vakolatlidir;
- - Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi. U Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tuziladi. U o`z huquq doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasiga tegishli masalalarni hal etish uchun vakolatlidir
Markaziy boshqaruv organlari: - - O`zbekiston Respublikasi vazirliklari;
- - Qoraqalpog`iston Respublikasi vazirliklari;
- - Davlat qo`mitalari.
- Mahalliy boshqaruv organlari:
- - Hokimlar;
- -Joylarda xo`jalik, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilishning ayrim tarmoqlarini boshqarish uchun hokimlar tomonidan tuziladigan hokimliklarning bo`limlari, boshqarmalari va xizmatlari.
- Davlat boshqaruvining shakllari va usullari. Boshqaruv faoliyatining asosiy shakllari:
- - davlat boshqaruvi hujjatlarini nashr etish;
- - ma`muriy shartnomalar tuzish;
- - fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko`rib chiqish va ularga javob qaytarish.
- Davlat boshqaruvi usullari:
- - kuzatish;
- - nazorat qilish;
- - ma`muriy va iqtisodiy boshqarish;
- - umumiy rahbarlik qilish hamda bevosita boshqarish;
- - rag`batlantirish;
- - majbur qilish.
Davlat boshqaruv shakli. - Davlat jamiyatining siyosiy, ho’jalik va madaniy hayotga rahbarlik qiluvchi davlat organlariga ega. Masalan; O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyat organi Oliy Majlis, mahalliy davlat hokimiyat organlari, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlaridir. Siyosiy ijro etuvchi organ- davlat boshlig’i va vazirlar mahkamasining raisi Prezident, mahalliy ijro etuvchi organ- viloyat, tuman va shahar hokimlaridan iborat. O’zbekiston huquqni muhofaza organlari mavjud. Bu organlarning chiqaorgan normativ va huquqiy hujjatlari jamiyatning barcha a'zolari uchun majburiydir.
- Davlat huquq va huquqiy normalar qabul qiladi. Bularni bajarish barcha fuqarolar uchun, jamiyatning barcha siyosiy tashkilotlarining a'zolari uchun majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |