O‘zbekiston respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining xorijiy davlatlar bilan aloqalari



Download 61 Kb.
bet1/2
Sana04.07.2022
Hajmi61 Kb.
#738742
  1   2
Bog'liq
XO\'JAYAROVA E\'TIBOR ROSSIYA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASINING XORIJIY DAVLATLAR BILAN ALOQALARI
Xo‘jayarova E’tibor Sobir qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Tarix fakulteti
“Davlat va fuqarolik jamiyati institutlari boshqaruvi” yo‘nalishi magistranti
E-mail: etibormavutova@gmail.com


Annotatsiya. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining xorijiy davlatlar tashkilotlari va ular o’rtasidagi aloqa masalalari, almashinuvlar yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: geologiya, mineral resurslar qo‘mitasi, aloqalar, KIGAM, JOGMEC, Mine Reclamation Corporation, Hanjin D&B, GTK, Shindong Resources, UGMK, Esan Eczacibasi, Richland International Industrial.

O‘zbekiston Respublikasi deyarli barcha sohalarda xorijiy davlatlar tashkilotlari bilan o’zaro aloqalarini o’rnatgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-mart, PQ-3578-sonli Qarori asosida ma’lum chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, O’zbekistonda barcha sohalar kabi geologiya sohasida ham jahon tajribasi an’analari o’rganilmoqda. Ulardagi mavjud imkoniyat va tajribalar O’zbekistonning imkoniyati va tajribasiga moslashtirilmoqda. Shu jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Rossiya, Yaponiya, Koreya, Turkiya, Xitoy, Finlandiya, Fransiya va 10 dan ortiq davlatlarning tashkilotlari bilan geologiya tizimida aloqalar olib boradi.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ba‘zi xorijiy sheriklar bilan o‘zaro, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlari bo‘yicha yer qa’rini geologik o‘rganish bo‘yicha, shu jumladan quyidagi hujjatlar asosida turli ishlarni amalga oshirmoqda:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Yapon milliy korporatsiyasi o‘rtasida neft, gaz va metall bo‘yicha yer qa’ri uchastkalarini geologik o‘rganishni O‘zbekiston Respublikasining Navoiy viloyatidagi Juzquduq va Tamdiquduq-Tolantosh istiqbolli maydonlarida olib borish uchun o‘zaro rozilik. (“JOGMEC”) 8.07.2013 yildan;
- “JOGMEC” korporatsiyasi bilan Chotqol-Qurama kam uchraydigan metallar zonasida 18.06.2012 yildan o‘zaro geologik qidiruv ishlarini olib borish;
- “JOGMEC” korporatsiyasi bilan, Navoiy viloyatida 25.10.2015 yildan uran ustida istiqbolli maydonlarni geologik o‘rganish bo‘yicha o‘zaro bayonnoma;
- “JOGMEC” korporatsiyasi bilan, Uzumlek maydonida 25.10.2015 yildan kamyob va kam uchraydigan metallar ustida geologiya qidiruv ishlarini o‘zaro olib borish roziligi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Korea Institute of Geoscince and Mineral Resources o‘rtasida 24.08.2011 yildan o‘zaro hamkorlik bayonnomasi;
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va Koreya korporatsiyasi o‘rtasida 8.09.2012 yildan mineral resurslar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik bayonnomasi;
- 8.09.2012 yildan “Mine Reclamation Corporation” Koreya korpotatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari bayonnomasi;
- 26.05.2015 yildan Sautbay volfram konida qo‘shimcha burg‘ilash ishlarini olib borish uchun “Shindong Resources” Koreya kompaniyasi bilan shartnomasi;
- 26.05.2015 yildan gidravlik burg‘ilash uskunalari (dastgohlari) ishlab chiqarishni tashkillashtirishning asosiy shartlari haqidagi “Hanjin D&B” Koreya kompaniyasi bilan shartnomasi;
- 18.04.2014 yildan geologiya va foydali qazilma boyliklari sohasida KXRning yer va tabiiy resurslar Vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi o’rtasidagi hamkorlik bayonnomasi;
- 15.06.2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va KXR yer va tabiiy resurslar Vazirligi qoshidagi Xitoy geologiya xizmati o’rtasida geologiya sohasi bo’yicha ilmiy-texnik hamkorlik shartnomasi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan 2022-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilgan 10 ta loyihalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilda Yaponiyaning “JOGMEC” korporatsiyasi, Fransiyaning “Orano Mining”, Kanadaning “B2 Gold”, Turkiyaning “MTА” va “LIDYA Madencilik Sanayi ve Ticaret A.S. CALIK Holding” kompaniyalari bilan birgalikda istiqbolli maydonlarda amalga oshirilayotgan geologiya-qidiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Xitoyning “Richland International Industrial”, “Ji An Tai International Industries” kompaniyalari tomonidan konlarni o‘zlashtirish maqsadida maydonlarni tayyorlash, ishlab chiqarish uchkunalarni xarid qilish ishlari olib borilmoqda. 
Shuningdek, Turkiyaning “Esan Eczacibasi” kompaniyasi tomonidan Uchquloch konida geolgiya-qidiruv ishlarini olib borish, Rossiyaning “UGMK” kompaniyasi tomonidan “Kuljuktov” togʼ massivini geologik o‘rganish va “Georezerv” MChJ tomonidan “Naugarzan” istiqbolli maydonida koʼmirga geologiya-qidiruv ishlarini olib borish loyihalari boshlandi.
Shu bilan birga, Davlat geologiya qo‘mitasi xorijiy geologik xizmatlar bilan tajriba almashish, malaka oshirish hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini yuritish bo‘yicha hamkorlik oʼrnatdi. Jumladan, tabiiy resurslarni baholash, mineral resurslarni oʼrganish va geologik portalning zamonaviy GIS texnologiyalarini joriy etish hamda geografik axborot tizimlari maʼlumotlari bilan maʼlumotlar bazasini yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida Davlat geologiya qoʼmitasi AQSH geologiya xizmati (USGS) bilan anglashuv Memorandumi doirasida “Kuldjuktau” va “Аuminzatau” tog‘larining kam o‘rganilgan hududlarida tajriba loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha natijasida Davlat geologiya qo‘mitasi geologik maʼlumotlar bazasi asosida hududni raqamli GIS formatda (indeks xaritalari va boshqalar) onlayn platforma yaratish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, qo‘mita Finlandiya geologiya xizmati (GTK) bilan geoilmiy yoki geologik maʼlumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va tarqatish bo‘yicha eng yaxshi tajribalar bilan almashinish hamda Markaziy Osiyo Geoportalini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilgan. 

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish