O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hay’atining Namunaviy reglamenti 1-ilovaga muvofiq



Download 76,41 Kb.
bet9/9
Sana26.01.2022
Hajmi76,41 Kb.
#410983
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
855 19.10.2017

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddatlari

Ijro etish uchun mas’ullar

1.

Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining hay’atlari tarkibini ularning tarkibiy yoki hududiy bo‘linmalaridan yangi a’zolar bilan to‘ldirish hisobga olingan holda tasdiqlash:

vazirliklar va idoralarning tasdiqlangan tuzilmalari hisobga olinib, hay’at organlari tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarni o‘rganish, nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish va keyinchalik ularni kelishish;

keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarorlarini qabul qilgan holda vazirliklar va idoralar hay’at organlari tarkibini tasdiqlash.


Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari

tasdiqlangan

jadvallarga

muvofiq

2017-yil davomida



Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari

2.

O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hay’atining Namunaviy reglamenti asosida Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari hamda davlat boshqaruvi organlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar inobatga olinib, vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining puxta ishlab chiqilgan reglamentlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa

organlarining

qarorlari


Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan jadvalga muvofiq 2017-yil davomida

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar va idoralar rahbarlari

3.

Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda va qabul qilingan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib chiqib, vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining jumladan, quyidagilarni tashkil etish hamda o‘tkazish nazarda tutilgan ish rejasini tasdiqlash:

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari kollegial organlari va davlat boshqaruvi boshqa

organlarining

qarorlari


2017-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

kollegial organlar yig‘ilishlarida qabul qilingan tegishli maqsadli dasturlarning amalga oshirilishini tanqidiy ko‘rib chiqish va ularning jadal bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;


Kollegial organlar qarorlari, takliflarni o‘z ichiga olgan taxliliy ma’lumotlar


har chorakda


Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari


davlat organlari faoliyatining dolzarb masalalarini jadal ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishni ta’minlash uchun tarkibiy va hududiy bo‘linmalar ishtirokida kollegial organlarning selektor yig‘ilishlarini (bir oyda kamida bir marta) o‘tkazish;


Kollegial organlar qarorlari


har chorakda


Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari


Hay’atning ko‘chma yig‘ilishlarini kengaytirish, faoliyatning dolzarb masalalarini, shuningdek joylarda ijro intizomiga rioya etish masalasini ko‘rib chiqish;


Kollegial organlar qarorlari


har chorakda


Vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbar?ari


kollegial organlar yig‘ilishlarida qabul qilingan qonun hujjatlari talablari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha tarkibiy va idoraviy mansub bo‘linmalarni maqsadli o‘rganish natijalarini muhokama etish.


Kollegial organlar qarorlari


har chorakda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari, vazirliklar, idoralar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari



4.

Kollegial organlarning maxsus yig‘ilishlarida quyidagi masalalarni ko‘rib chiqishni amaliyotga joriy qilish:

davlat boshqaruvi organi nomenklaturasiga kiradigan kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv kadrlari faoliyati samaradorligini baholash.


Kollegial organlar qarorlari

zarur hollarda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

5.

Kollegial organlar yig‘ilishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkama�i va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori talablarini bajarish natijalarini muntazam ko‘rib chiqish.

Bunda vazirliklar va idoralar tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalarining aybdor mansabdor shaxslariga nisbatan quyidagi holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-maydagi 264-son qarorida belgilangan choralarni ko‘rish tavsiya etilsin:

hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlarining (kelishish muddatlarini asossiz cho‘zish) va Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddatlarining (kiritish muddatlarini asossiz cho‘zish) buzilishi;

hujjatlar loyihalari sifatining pastligi va qonunchilikka mos kelmasligi, shuningdek ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan sifatsiz o‘tkazilishi, asossiz xulosalar va takliflar berilishi;

qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlarining bajarilmasligi yoki o‘z vaqtida bajarilmasligi, shuningdek ularning amalga oshirilishi va nazoratini tashkil etish sifatining pastligi;

xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatining asosiy iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari pasayishiga yo‘l qo‘yilishi;

jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga kelib tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarning tizimli hamda muntazam buzilishiga, shuningdek ularni ko‘rib chiqishda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilishi.


Kollegial organlar qarorlari

har chorakda

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar rahbarlari, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

6.

Idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini baholash bo‘yicha miqdor va sifat indikatorlarini ishlab chiqish, ushbu indikatorlar bo‘yicha belgilangan parametrlar so‘zsiz ta’minlanishini, shuningdek belgilangan parametrlar buzilishiga yo‘l qo‘ygan tegishli xodimlarga nisbatan javobgarlik choralarini kollegial organlar yig‘ilishlarida muntazam ko‘rib chiqish hamda bu borada tegishli qarorlar qabul qilish.

Kollegial organ qarori

Ishlab chiqish — 2017-yil noyabr Ko‘rib chiqish — har chorakda

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

7.

Kollegial organ a’zolari tomonidan vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga ularga yuklangan vazifalarni ta’minlash masalalari bo‘yicha “mutasaddiligi”ni amaliyotga joriy etish, bo‘linmalar rahbarlari bilan bir qatorda kollegial organlar a’zolarining hisobotlarini ham muntazam eshitib borish.

Kollegial organlar qarorlari

2017-yil 1-noyabrgacha

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari

8.

Vazirliklar va idoralarga yuklangan bir-biriga bog‘liq vazifalar bajarilishini ta’minlash uchun ularning kollegial organlarining qo‘shma yig‘ilishlarini o‘tkazish.

Kollegial organlar qo‘shma

yig‘ilishlarining



bayonnomalari

Zarur hollarda

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, ATD rahbarlari

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2017-y., 09/17/855/0149-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)

Download 76,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish