§ 8. Hay’atning mas’ul kotibi
64. Hay’at mas’ul kotibi davlat boshqaruvi organi xodimlari orasidan hay’at qaroriga binoan tayinlanadi.
65. Hay’at mas’ul kotibi:
davlat boshqaruvi organi hay’atining yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat boshqaruvi organi hay’atining davlat boshqaruvi organi rahbarining o‘rinbosarlari va markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan kelishilgan ishlari rejalarining loyihalarini davlat boshqaruvi organi rahbariga tasdiqlash uchun tayyorlaydi;
markaziy apparat bo‘linmalari rahbarlari tomonidan hay’atga materiallar taqdim etilishini nazorat qiladi;
davlat boshqaruvi organi tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbarining roziligi bilan qoniqarsiz tayyorlangan hujjatlarni mukammal ishlab chiqish uchun qaytaradi;
hay’at qarorlarining o‘z vaqtida ko‘paytirilishini va hay’at a’zolariga hamda davlat boshqaruvi organining tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbarining ko‘rsatmasiga binoan boshqa shaxslarga tarqatilishini ta’minlaydi;
hay’at majlislari tashkil etilishini (zalni tayyorlashni, yig‘ilish qatnashchilarining ro‘yxatga olinishini, yig‘ilish bayonnomasi yuritilishini, hay’atlar yig‘ilishlari audio va stenogramma yozuvlari amalga oshirilishini va shu kabilarni) ta’minlaydi;
hay’at yig‘ilishlari bayonnomasini davlat boshqaruvi organi imzolashi uchun tayyorlaydi;
hay’atning qabul qilingan qarorlari va hujjatlarining, muhokama etilgan masalalar yuzasidan bildirilgan fikrlar inobatga olingan holda, ularni hay’atga taqdim etgan mansabdor shaxslar tomonidan mukammal ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
hay’at raisiga axborot berish uchun davlat boshqaruvi organi tashkiliy-nazorat bo‘linmasi rahbariga tayyorlangan hujjatlar taqdim etilishini ta’minlaydi;
hay’at raisi imzolagan hujjatlardan o‘z vaqtida nusxa olinishini, ularning davlat boshqaruvi organiga, uning hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga hamda idoraviy mansub tashkilotlarga ijro etish uchun yuborilishini ta’minlaydi;
hay’at qarorlarining belgilangan tartibda va shaklda bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
66. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari o‘z faoliyatida mazkur Namunaviy reglament talablariga qat’iy rioya etishlari shart.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hay’atlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha
ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |