O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida gi qonun 1991-yil



Download 109,76 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi109,76 Kb.
#56101
Bog'liq
davlatimiz ramzlari




DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil

18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. 

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi. 

2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. 


3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 

4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi. 


5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. 

6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. 



Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi

O'zbekiston o'z mustaqilligining birinchi yilidayoq Davlat gerbiga ega bo'ldi. 1992 yilning 2 iyulida “O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X sessiyasida tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasining Davlal gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o'ng tomonida bug'doy boshoqlari, so'l tomonida ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir. Gsrbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlaming qullug' ramzidir. Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramlar va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi-Gsrbning pastki qismidagi respublika Davlat bayrog'ini ifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga "O'zbekiston" so'zi bitilgan. "Gerb" so'zining tarixi haqida qisqacha ma'lumot: "Gerb" so'zi nemischa "erbo" so'zidan olingan bo'lib, shoxlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho'zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi turk xoni O'g'uzxon davrida ham turkcha "tamg'a" so'zi aynan shu ma'noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy Tanlangan tarixlar" nomli kitobida shahodat berishicha, O'g'uzxon o'z mol-mulkini o'g'illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo'lib, in'om etgan. Ushbu davlatlar hukmdordan ham o'zlarining xonlik tamg'alariga ega edi. Ko'rinib turibdiki, "tamg'a" so'zining ma'nosi nemischa "erbo" so'zining ma'nosiga to'la mos keladi.



Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992-yilning 10-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992-yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston xalq shoiri: Abdulla Oripov soʻzi. 

Oʻzbekiston xalq bastakori: Mutavakkil Burxonov musiqasi.

Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,

Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!

Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,



Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!
Download 109,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish