Davlat byudjetini soliqlar , ye rust va yer osti boyliklari, tashqi qarzlar va boshqalar tashkil etarkan byudjet tashkilotlarining asosiy ishi bu mablag’larini to’g’ri yo’naltirish hamda nazorat amalga oshirish hisoblanadi. Respublikamizda byudjet tizmidagi asosiy muamolardan biri bu yopiq byujet tizmi hisoblanib kelayotgan edi. O’zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuniga muofiq ochiq byudjet tizmini tashkil qilish bu muamoni bartaraf qilishga qaratildi. Shu vaqtgacha byudjetdan ajratilgan mablag’lar bir qancha tashkilotlardan o’tib sohalarga yetib borar edi. Endilikda yani ochiq byudjet tizmida to’g’ridan to’ri mablag’ ajratilgan sohalarga jamoatchilik ko’z o’ngida yetib borishini taminlaydi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizmidagi yana bir muamolardan biri bu byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligi hisoblanib, ajaratilgan mablag’lar ko’zda tutulgan darajada foydasini bermayabdi. Masalam talim tizmiga sarflangan mablag’lar 2020-yil hisobidan 20251,7 mln s’om bo’lganini ko’rsatadi. Talim tizmiga shuncha mablag’ ajratilganiga qaramasdan bu sohada hali ham amalga oshirlishi kerak bo’lgan ishlar anchagina. Reytingi baland unversitetlar 100 taligida Respublikamizdan bitta ham oily talim muassasai kira olmagan. Byudjet mablag’lari xarajati samaradorligida yuqorida takidlaganimiz yani ochiqlik muxum ahamyat kasb etadim. Shu jihatdan, muhokamalar davomida byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi. Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020-yilning 9 oyi mobaynida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 129 milliard soʻm atrofida byudjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi hamda asossiz xarajatlar aniqlagani tanqid qilindi. Bu borada eng katta koʻrsatkich Xalq taʼlimi vazirligi (389 ta holatda 40,7 milliard soʻm), Sogʻliqni saqlash vazirligi (345 tada 22 milliard soʻm) hamda Maktabgacha taʼlim vazirligi (159 tada 10,7 milliard soʻm) tizimida qayd etilgan. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, hali byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarimiz juda koʻp. Nazarimizda, parlament va jamoatchilik nazoratini yana-da kuchaytirish, shu orqali davlat byudjetining har bir summasi maqsadli sarflanishini taʼminlashga erishishda qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |