Ortiqcha to’langan soliqlar summalarini qaytarish
Soliq kodeksining 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga
oshirilganidan keyin ortiqcha to’langan soliqlarning qolgan summasi soliq to’lovchining bankdagi
hisobvarag’iga pul mablag’larini o’tkazish orqali qaytarilishi kerak.
Ortiqcha to’langan boshqa majburiy to’lovlar summalarini qaytarish ortiqcha to’langan
summa qaysi byudjetga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga o’tkazilgan bo’lsa, o’sha byudjet yoki
davlat maqsadli jamg’armasi mablag’laridan soliq to’lovchining yozma arizasi asosida, zimmasiga
majburiy to’lovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan
e’tiboran o’ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish va qaytarish
Boshqa majburiy to’lovlarning to’langan va to’lash uchun hisoblangan summasi o’rtasidagi
ijobiy farq boshqa majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summasi deb e’tirof etiladi.
Boshqa majburiy to’lovlarni hisobga olish hamda qaytarish Soliq kodeksida va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga
oshiriladi.
Bojxona to’lovlarining ortiqcha to’langan summalarini hisobga olish va qaytarish bojxona
to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ortiqcha to’langan boshqa majburiy to’lovlar summalarini qaytarish ortiqcha to’langan
summa qaysi byudjetga yoki davlat maqsadli jamg’armasiga o’tkazilgan bo’lsa, o’sha byudjet yoki
davlat maqsadli jamg’armasi mablag’laridan soliq to’lovchining yozma arizasi asosida, zimmasiga
majburiy to’lovlarni undirib olish majburiyati yuklatilgan organlarga tegishli ariza berilgan sanadan
e’tiboran o’ttiz ish kuni ichida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari asosan soliqlardan hosil
bo’ladi. Respublika byudjet tizimining tarkibiy qismi bo’lgan soliq tizimi davlatda undiriladigan
soliqlar yig’indisidan, shuningdek ularning tuzilish shakllari va usullaridan iborat. U davlatning
xarajatlari kattagina qismini moliya mablag’lari bilan taminlashda davat etilgan hamda takror ishlab
chiqarish jarayoni va ijtimoiy munosabatlar sohasiga tasir o’tkazishda iqtisodiy usullarni amalga
oshirish uchun foydalaniladi.
Soliqlar va ularni undirishning tashkil qilinishi davlatning qonunchilik hujjatlari orqali
belgilanadi. Soliqni hisoblash u yoki boshqa soliqqa tortish obekti bo’yicha byudjetga o’tkazilishi
lozim soliqning aniq summasini belgilash deganidir. Soliqlarni hisoblashning asosiy maqsadi
davlat byudjetining daromad qismini sifatli va muddatida to’ldirib berishdir.
Soliq summasini hisoblash vazifasi qonunchilikka ko’ra bevosita soliq to’lovchining o’ziga
yoki uchinchi shaxsga (fiskal hisob-kitob) yuklab qo’yilishi mumkin. Soliq summasini hisoblash
vazifasi Soliq Kodeksiga binoan soliq to’lovchining o’ziga yoki uchinchi shaxsga (fiskal hisob-
kitob) yuklatib qo’yilishi mumkin. Soliqni hisoblash buxgalteriya ma’lumotlariga asoslangan holda
hisoblab chiqiladi va soliq qonunchiligiga binoan byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan summasi
aniqlab olinadi.
Soliq hisobi va buxgalteriya hisobi biri biri bilan bog’lik, lekin soliq hisobi buxgalteriya
hisobini o’rnini bosmaydi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya ma’lumotlariga asosan
hisoblagan soliq summasini soliq qonunchiligiga binoan aniqlab chiqadi.
Buxgalteriya hisobining soliq hisobida ishtirok etishiga qarab soliq hisobining quyidagi
turlari mavjud:
Buxgalteriya soliq hisobi. Soliq hisobi faqat buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslangan
holda hisoblanadi.
Aralash soliq hisobi. Soliq hisobi qo’rsatkichlari buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga
asoslangan holda hisoblanadi va soliq qonunchiligida ko’rsatilgan uslubiyat bo’yicha tuzatiladi.
Mutlaq soliq hisobi. Soliq hisobi buxgalteriya hisobi ishtirokisiz shaklantiriladi. Masalan:
davlat boji, bojxona to’lovlari, boshqa yig’imlar.
Soliqni hisoblash va undirish usullari ham bir-biri bilan bog’liq. Soliqni undirishning
kadastrli, daromad olgunga qadar va daromad olingandan keyin(deklaratsiya) usullari mavjud.
Soliqlarning ayrim turlari bo’yicha uning summasini hisoblash vazifasi soliq idorasiga
yuklatiladi. Masalan: O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksning 277-moddasiga binoan jismoniy
shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lash to’g’risidagi to’lov xabarnomasi soliq
to’lovchiga 1 maydan kechiktirmay to’lov xabarnomasini etkazib beradilar.
Soliqlarni undirishning tashkil qilinishi davlatning qonunchilik hujjatlari orqali belgilangan
tamoyillari bo’lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi.
Demak, soliqlar tushumini hisobga olish bu - to’plangan xo’jalik va moliyaviy
malumotlarga ishlov berish orqali soliq to’lovchining byudjetga to’lashi kerak bo’lgan tushumlarini
to’g’ri hisoblab berish va uning davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini nazorat qilish demakdir.
Soliq va yig’imlarni hisoblashda Soliq kodeksiga binoan soliq solishning quyidagi
majburiy unsurlari belgilanadi:
soliq solish subekti va obekti; soliqqa tortish bazasi; soliq davri; soliq stavkasi; soliqni
hisoblash tartibi; soliqni to’lash tartibi va muddatlari.
Soliq subekti doimo ham real soliq to’lovchisi bo’lmaydi. Soliq yukini soliqqa tortish
subektidan boshqa shaxs zimmasiga yuklash imkoniyati xam mavjud. Masalan: aksiz solig’iga
tortiladigan tovarning iste’molchilari soliqning sohiblari hisoblanadi, chunki aksiz solig’iga
tortiladigan tovarning narxiga ushbu soliq summasi qo’shiladi va oqibatda bu summani iste’molchi
to’laydi.
Soliq solish ob’ekti soliq to’lovchida soliq yoki boshqa majburiy to’lov hisoblab chiqarilishi
va (yoki) to’lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol-mulk, harakat yoki harakat
natijasi bo’lib, jismoniy shaxslarning mehnat xaqi va boshqa daromadlari, korxonalar foydasi,
mahsulotni sotishdan, ishlarni bajarishdan va xizmatlar ko’rsatishdan tushgan aylanmalar, er,
yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulki va qonunda ko’rsatilgan boshqa obektlar tushuniladi.
Soliq bazasini hisoblashning ikki xil usuli mavjud bo’lib, ular kassa usuli va hisobga olish
usullaridir. Kassa usulida soliq to’lovchida soliqlarni to’lash majburiyatlari daromad olganidan
keyin vujudga kelsa, hisobga olish usulida esa daromad olingan yoki sotishdan tushum qachon
kelib tushishidan qat’iy nazar tovarlarni jo’natilishi o’z navbatida soliqlarni to’lash majburiyatlarini
vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |