Prognozlashning modellashtirish usullari
U yoki bu jarayon va hodisalarni izohlashning keng tarqalgan uslubiyatidan biri modellashtirish hisoblanadi. Modellashtirish yangi va kelgusidagi texnik vosita va echimlarning mumkin bo‘lgan hodisalarni prognozlashning etarli darajada samarali vositasi hisoblanadi. Tezkor modellarni tuzishni prognozlash maqsadlari uchun dastlab iqtisodiyotda joriy qilindi. Tadqiqot sub’ekti tomonidan model shunday tuzilishi kerakki, ular tadqiqot maqsadlari uchun muhim bo‘lgan ob’ektning tafsilotlarini (o‘zaro bog‘liqliklar, tarkibiy va funksional o‘lchamlar va h.k.lar)ni aks ettirishi lozim. Shu bois bunday eks ettirishning sifati (modelning ob’ektga mos kelishi) to‘g‘risidagi masala faqatgina ma’lum maqsadlarga nisbatan hal qilinishi huquqiy asosga ega. Ob’ektni dastlab o‘rganish va uning muhim tafsilotlarini aniqlash asosida modellarni tuzish natijalarni ob’ekt ma’lumotlari bilan taqqoslash, modelni to‘g‘rilash modellashtirish usulining mazmunini tashkil etadi.
Matematik modellashtirish usuli. Ilmiy-texnik taraqqi yotni prognozlashga ta’alluqli bo‘lgan modellashtirish usuli qiyinchiliklarni uchraydi, bu esa unga alohida e’tibor berishni talab qiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlashda modellashtirish usulini qo‘llashning qiynchiligi texnik rivojlanish tuzilmasining murakkabligi bilan belgilanadi, shuning uchun nafaqat yagona modeldan emas, balki muayyan ierraxiya va ketma-ketlik bilan tafsilovchi usul va modellar tizimidan foydalanishgamajbur qiladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlashning modeli tizimiga xalq xo‘jaligi ehtiyojlari va ularning dinamikasi bilan aniqlangan mavjud resurslarga nisbatan belgilangan maqsadli yo‘nalishlarda joriy va kelgusi davrda shakllanayotgan texnik-iqtisodiy tendensiya va qonuniyatlarni o‘rganishga asoslanadigan tarmoqning ilmiy-texnik rivojlanishining mos va zid bo‘lmagan prognozlarini bera oladigan uslubiyat va modellarning yig‘indisiga tushuniladi.
Bunday tizim majmuaviy progozlarni tuzish maqsadlar uchun modellardan foydalanishning muayyan ketma-ketligini nazarda tutadi.
Iqtisodiy-matematik modeli deb boshlang‘ich axborotlarniolish va qayta ishlab chiqish jarayonlarini va ko‘rib chiqilayotgan masalalarni aniq holatlarini juda keng doirada echish qoidalarini to‘la-to‘kis holda izohlashgacha olib keladigan uslubiyatga tushuniladi.
Modellarni (shu jumladan algoritm va ularning amalini) izohlash uchun matematik apparatdan foydalanish axborotni qayta ishlash ko‘p bosqichli jarayonga bo‘lgan matematik yondoshuvning afzalliklari, masalalarni shakllantirishning o‘xshash vositalaridan foydalanish, ularni echish usullarini topish, ushbu usullarni qayd etish va ularni hisoblash texnika vositalardan foydalanishga mo‘ljallangan dasturlarga aylantirish bilan bog‘liq.
Prognozlash modellar tizimini yaratish uch bosqichdan o‘tadi:
Birinchi bosqichda- uslubiy lokal prognozlashni ishlab chiqishda alohida modellari va prognozlash modelining tizimchalari ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan modellar muayyan talablarga muvofiq holda alohida modellarning o‘zaro aloqasini ta’minlab beruvchi prognozlash maqsadlari uchun bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi va yagona tizimni tashkil etishi lozim. Ushbu talablar butun muammo bo‘yicha tadqiqot dasturida qayd etiladi.
Ikkinchi bosqichda - ilmiy-texnik jarayonlarni uslubiy lokal prognozlashni ishlab chiqishda prognozlashning o‘zaro aloqa qiluvchi modellar tizimi yaratiladi, modellarning tizimchalari aniqlashtiriladi va kelishtiriladi, alohida modellardan foydalanish hamda olinadigan majmuaviy prognozlarni baholash va tekshirish usullarining ketma-ketligi aniqlanadi. Ushbu bosqichda, shuningdek, elektron hisoblash mashinalarda masalalarni echish uchun tegishli dasturlar ishlab chiqilishi lozim.
Uchinchi bosqich -prognozlash modellar tizimini yaratish bosqichi ilmiy-texnik taraqqiyotni majmuaviy prognozlash maqsadlar uchun alohida lokal tizim va uslubiyatlarini ulardan amaliyotda foydalanish chog‘ida aniqlashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq.
Birinchi va ikkinchi bosqich uchun aniq tadqiqot dasturlarini tuzishda shuni hisobga olish zarurki, uslubiyatning vazifalari va prognozlash paytida ishlab chiqilayotgan muammo va ko‘rsatkichlarning doirasi ko‘pincha prognoz muddatlariga bog‘liq. Prognoz qilinayotgan davrning oshishi bilan ko‘rsatkichlar kattalashib boradi, barcha turdagi mavjud va olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar soni kamayib boradi; shu bois yiriklashgan modellardan foydalanish, xalq xo‘jaligi rivojlanishining yanada yirik sintetik muammolarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda ham o‘zaro, ham uzoqlilik davri kam bo‘lgan va butun davri hamda uning ayrim qismi uchun dinamikaga sezilarli darajada ta’sir etadigan prognozlarning ko‘rsatkichlari bilan barqaror funksional aloqalari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarni aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |