O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev


III. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish



Download 28,25 Kb.
bet4/4
Sana22.06.2022
Hajmi28,25 Kb.
#693394
1   2   3   4
Bog'liq
Документttm

III. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish
7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilingan qutqaruv xizmatlari ishiga rahbarlik qilish va ularning o‘zaro hamkorligini tashkil etish favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilish:
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar va obyektlarning rahbarlari tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Qutqaruv xizmatlarini jalb etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
9. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari rahbarining vakolatlari:
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan;
lokal favqulodda vaziyatlarda — davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanadi.
10. Odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga bevosita tahdid bo‘lganda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari mustaqil ravishda quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqlidir:
evakuatsiya tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlarda va hududlarda qutqaruv ishlarini olib borish to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlar zonalariga kirishni cheklash to‘g‘risida;
Oldingi tahrirga qarang.
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun favqulodda vaziyatlar zonalaridagi tashkilotlarning moddiy resurslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish to‘g‘risida;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek qutqaruv ishlari olib borishga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, mazkur tuzilmalar tarkibiga kirmagan qutqaruvchilarni favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga jalb qilish to‘g‘risida;
qutqaruvchi bo‘lmagan ayrim fuqarolarni kechiktirib bo‘lmaydigan qutqaruv ishlarini olib borishga ixtiyoriylik asosida jalb qilish to‘g‘risida;
favqulodda vaziyatlar ko‘lamining kengayib borishi va ularni bartaraf etish ishlarining borishi taqozo etgan boshqa zarur choralarni ko‘rish to‘g‘risida.
11. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarining rahbarlari qutqaruv ishlarini bajarishga:
lokal favqulodda vaziyatlarda — favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan joydagi tashkilotlar yoki obyektlarning qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining shaharlar va tumanlar hududiy kichik tizimlarining yig‘ma qutqaruv tuzilmalarini;
mahalliy miqyosdagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini;
transchegaraviy va respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda — Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining hududida favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hududiy kichik tizimlarining qutqaruv xizmatlarini jalb etish huquqiga ega.
12. Agar favqulodda vaziyat ko‘lamlarini mavjud kuch va vositalar bilan lokalizatsiya qilish va bartaraf etish imkoni bo‘lmasa, favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari rahbari yordam so‘rab davlat yoki xo‘jalik boshqaruvining yuqori organiga yoki ro‘y bergan favqulodda vaziyat tasnifini hisobga olgan holda zarur yordam ko‘rsatishi yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etishga rahbarlik qilishni o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan mahalliy davlat hokimiyati organiga murojaat qiladi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari yetarli bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuchlari va vositalari jalb etiladi.
13. Favqulodda vaziyatlarning xususiyatlarini baholash, ularni lokalizatsiya qilish va bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, bevosita ofat yuz bergan tumanlarda aholi, hududlar va atrof tabiiy muhitni himoya qilish uchun tegishli rahbarlarning qarorlari bilan operativ shtablar tashkil etilishi mumkin. Operativ shtablarning boshliqlari favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rahbarlarining o‘rinbosarlari hisoblanadi, ularning tarkibiga esa manfaatdor davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari kiritiladi.
Download 28,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish