O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD
AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TBTA va DT kafedrasi
Operatsion tizimlar fani bo’yicha
LABORATORIYA ISHI-6
Guruh: 417-18
Bajardi: Raximov Asror Tekshirdi : Narzullayev I
TOSHKENT-2021
Mavzu: Operatsion tizimlarda tarmoqni boshqarish. Ubuntuda tarmoq sozlash
Ishning maqsadi: buyruqlar qatori va foydalanuvchi grafik interfeysida Ubuntu tarmoq sozlanmalarini o’rganish.
Ubuntu ning server yoki shaxsiy kompyuterga o’rnatilgan versiyalarida tarmoq parametrlarni sozlashni o’rganish muhim hisoblanadi. Bu Internet tarmog’iga ulanishda yuzaga keladigan uzilishlar va nosozliklarga oid muammolarni hal qilish uchun ham foydali hisoblanadi. Tarmoq parametrlarini sozlashning asosiy vazifalari o’z ichiga IP adreslarni, ichki kommunikatsiya uchun “маска подсети” (subnet mask) va tashqi tarmoq uchun “шлюз” (gateway)ni sozlashni oladi.
IP manzilni o’rnatish va o’zgartirish
Buyruqlar qatori yordamida tarmoqni sozlash
Buyruqlar qatori yordamida IP adresni o’rnatish va sozlash uchun dastlab interfeys nomini topish zarur, buning uchun netstat –I buyrug’i kiritiladi. Undan so’ng quyidagi buyruqni kiritish talab etiladi:
sudo ifconfig eth0 192.168.72.6 netmask 255.255.255.0
Keyingi qadamda standart шлюз (gateway)ni o’rnatish uchun quyidagi buyruq kiritiladi:
sudo route add default gw 192.168.72.1 eth0
Foydalanuvchi grafik interfeysi yordamida tarmoqni sozlash
Ubuntuning foydalanuvchi grafik interfeysida ham IP manzilni o’rnatish mumkin. Buning uchun ishchi stoldan start menyusiga o’tib Sozlanmalar (Settings) qidiriladi. Sozlanmalar oynasidan esa Tarmoq (Network) bo’limiga kiriladi. So’ngra oynaning o’ng qismidan interfeys topiladi va interfeysni ochish uchun sozlanma belgisi (gear icon) tanlanadi.
Dinamik IP manzil olish uchun IPv4 qismidan Automatic (DHCP) tugmasini tanlash zarur.
Agar statik IP manzil o’rnatmoqchi bo’lsangiz, u holda Manual tugmasini tanlash tavsiya etiladi. IP manzil, “маска подсети” (subnet mask) va standart “шлюз” (default gateway) kiritiladi, so’ngra Apply tugmasi tanlanadi.
/etc/interfaces faylni o’zgartirish orqali tarmoqni sozlash
Bu Ubuntuda IP manzilni sozlashning yana bir usuli. IP manzilni dinamik o’rnatish uchun /etc/network/interfaces o’zgartirilishi kerak. Interfeysning asosiy sozlanmalari aynan /etc/network/interfaces da saqlanadi. Terminalga quyidagi buyruqni kiritish orqali /etc/network/interfaces ni o’zgartirish mumkin:
sudo nano /etc/network/interfaces
So’ng quyidagi buyruqlar qatorini kiritish zarur:
auto eth1
iface eth1 inet dhcp
Ekrandagi umumiy holat quyidagi ko’rinishda bo’ladi.
O’zgartirilgan faylni saqlash va tarmoq hizmatlarini qayta yuklash uchun ushbu berilgan buyruqni kiritiladi:
sudo systemctl restart networking
Statik IP manzilni o’rnatish va sozlash /etc/network/interfaces fayli quyidagi buyruqlarni terminalga kiritish yo’li bilan amalga oshiriladi:
sudo nano /etc/network/interfaces
va /etc/network/interfaces ga quyidagi qatorlar kiritiladi:
auto eth1
iface eth1 inet static
address 192.168.72.8
netmask 255.255.255.0
gateway 192.168.72.1
dns-nameservers 8.8.8.8 4.4.2.2
Bu holat kompyuter ekranida quyidagicha aks etadi:
Undan so’ng fayl avvalgi qadamlarda ko’rsatilgan buyruq yordamida saqlab qayta yuklanadi.
Statik IP manzilni o’zgartirish
Kompyuterga berilgan statik IP manzilni o’zgartirish uchun quyidagi qadamlardagi ishlar amalga oshiriladi.
1-qadam. Terminalda ip addr show buyrug’i kiritiladi va u mavjud tarmoq adapterini ko’rsatadi. Ushbu tarmoq adapter uchun berilgan IP manzilni o’zgartirish uchun execute bosiladi. Joriy misolda eth0 ko’rib chiqilgan. Natija bunday ko’rinishda bo’ladi:
2-qadam. IP manzilni o’zgartirish uchun sudo ifconfig eth0 X.X.X.X netmask 255.255.255.0 buyrug’idan foydalaniladi. Joriy misolda X.X.X.X - 10.0.2.17 IP manzil sifatida qabul qilingan.
3-qadam. Yuqoridagi buyruq kiritilganidan so’ng IP manzil o’zgaradi, ip addr show ni kiritish orqali buni tekshirib ko’rish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |