O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Fan: Raqamli telivideniyaning istiqbolli tizimlari 1-MUSTAQIL ISH
Bajardi : Esanmurodov Abbos
Tekshirdi:Umarov Ulug'bek
TATU 2022 Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniye joriy qilishda DVB-T2 standartidan foydalanish.
Reja:
Kirish
Raqamli Televidiniyada DVB-T2 standartidan foydalanish.
KIRISH Raqamli televideniye va radioeshittirish sohasining zamonaviy bosqichlari global axborot tarmog ̳ini raqamli tizimlarga o’tishi va ularning evolyutsion rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Raqamli texnologiyalar aloqa tarmog’ida ko’p dasturli television va radioeshittirishni amalga oshirish, telekommunikatsion xizmat turlarini kengaytirish va signal sifatini yanada oshirish imkonini beradi. Dastlab 1998-1999 yillarda AQSH, Fransiya va Rossiyada o’tkazilgan televizion uzatgichlar sinovlari, signallarni raqamli qabul qilgichlarga qabul qilish jarayonida uzatgichlarning quvvatini anchagina pasaytirish, pirovardida, elektr energiyasi sarflarini kamaytirish va albatta sifatni yanada oshirish mumkinligini ko’rsatgan. Raqamli Telvidenia
Bugun O‘zbekistonda raqamli televideniyening DVB-T2 standarti keng joriy qilinmoqda. Endi analog teleuzatish standarti o‘tmishda qoldi. Shu sababli, televizor xarid qilish istagidagi foydalanuvchilar xarid chog‘ida televizorda DVB-T2 standartini qo‘llab-quvvatlash funksiyasining mavjudligiga albatta e’tibor qilishlari kerak. Quyida xarid davomida televizorning mazkur jihatiga e’tibor qilish va uning zarurati xususida ma’lum qilamiz.
Raqamli televideniyening muhim afzalligi — bu tasvir bilan bog‘liq. Tasvirning raqamli texnologiyada qayta ishlanishi uning sifatli olib uzatilishiga xizmat qiladi.
Ilgarigi avlod televizorlari tasvirni juda kam holatlarda a’lo darajada ko‘rsatardi, ekrandagi tasvirlar jimirlab, turli tashqi ta’sirlar kuzatilgan, tasvir tez-tez yo‘qolib qolardi. Yangi shakldagi televideniyeda esa tashqi ta’sirlar sezilarli darajada kamayib, tasvirning ravshanligiga erishilgan.
Bugun ikkita milliy kanallar HD sig‘imli yuqori aniqlikdagi formatda olib uzatilmoqda. Ulardan biri taxminan bir oylar avval efir yuzini ko‘rgan nodavlat kanal. Shuningdek, boshqa telekanallar ham bosqichma-bosqich ravishda efirlarini
HD sig‘imli uzatish tizimiga o‘tishmoqda. Mazkur jarayonga o‘tish va HD kontentni uzatish faqatgina telekanallarning moddiy-texnik bazasining ta’minlanganligiga bog‘liq emas. Shuningdek, buning uchun zarur chastota diapazonlarini yangi HD kanallarga bo‘shatib berish uchun analog teleuzatishni ham bosqichma-bosqich tugatish kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda raqamli televizion uzatishga o‘tilayotgani yangi – davlat va nodavlat telekanallar sonining oshishiga ham xizmat qilmoqda. Xususan, so‘nggi 5 yilda yurtimizda 8 ta davlat va 5 ta xususiy telekanallar ishga tushgan.
Raqamli teleuzatish texnologiyasining afzalligi ovozning yuqori aniqlikda jarang sochishi bilan ham ahamiyatlidir. Yangi standartda stereo ovoz va ovozni 5.1 formatida olib uzatilishi televizion dasturlarda kuzatilgan shovqin va shivillash kabi holatlarni bartaraf qiladi. Bugungi televizorlarga 5 tagacha odatiy hamda bir dona past chastotali ovoz uzatgichlarni ulab, “uy kinoteatri” deb ataladigan texnologik qulay sharoitni yaratish mumkin.
Bugun aksariyat zamonaviy televizorlar, jumladan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan televizorlarda ham DVB-T2 standartini qo‘llab-quvvatlaydigan ichki raqamli tyuner mavjud. Unga qo‘shimcha ravishda oddiy antenna ham sotib olishga to‘g‘ri keladi. Ammo, bugun bozorlarda mazkur tyunerga ega bo‘lmagan televizorlar ham sotilmoqda. Shu sababli, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi teletomoshabinlarga televizor xarid qilayotganda uning DVB-T2 standartini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. O‘zbekistonda raqamli televideniyega o‘tishga oid statistika xususida qisqacha. 2017 yilning I chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi aholisini raqamli televideniye signallari bilan qamrab olish darajasi 95 foizga yetkazilgan. Mazkur ko‘rsatkichga mamlakatimizning barcha hududlari bo‘ylab 369 ta raqamli televideniye uzatkichlarining o‘rnatilishi hisobiga erishilgan. 2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida yurtimizda raqamli teleuzatishni rivojlantirish bo‘yicha alohida vazifalar yuklangan bo‘lib, yil oxiriga qadar O‘zbekistondagi yirik shahar hamda tuman markazlariga yana 25 ta yuqori quvvatli, shuningdek olis hududlarda joylashgan aholi punktlarida 293 ta kam quvvatli raqamli televizion signallar uzatuvchi qurilmalar o‘rnatish rejalashtirilgan. Natijada, joriy yilda yurtimiz aholisi 100 foiz raqamli telekanallarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.