O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti optik aloqa asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Optik aloqa asoslari
2-Mustaqil ish. Mavzu: Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyixalashtirish. Loyixalashda sifat mezonlari. Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish linyalarini o’lchashda qo’llaniladigan refloktometrlar va spektroanalizatorlar va ularda o’lchash usullari.
Guruh: 416-18. Bajardi:Xushvaqtov Dilmurod Tekshirdi: Normatova D Toshkent 2021 Reja:
Kirish.
Asosiy qism:
Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyixalashtirish va sifat mezonlari.
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari haqida.
Optik uzatish linyalarini o’lchashda qo’llaniladigan refloktometrlar va spektroanalizatorlar va ularda o’lchash usullari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Uzatish liniyasini loyihalashda quyidagi masalalar echiladi:
Regeneratsiyalash punktlarini joylashtirish va boshqalar.
Uzatish liniyasining trassasini tanlash texnologik loyihalash normalariga muvofiq izlanish jarayonlarida amalga oshiriladi. Trassa uzunligi minimal bo‘lishi kerak. Trassaning shaxardan tashqaridagi qismi avtomobil yo‘llari bo‘ylab, o‘pirilish va cho‘kish bo‘lmasligi uchun qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan erlar, shuningdek kemiruvchi xayvonlar bo‘lmagan erlar bo‘ylab o‘tishi kerak. Loyihalashda turli xildagi er osti kommunikatsiyalarning, yuqori voltli liniyalarning va elektr temir yo‘llarining joylashuvini hisobga olish kerak. Trassaning mos keluvchi ob’ektlar bilan kesishuvi va yaqinlashuvini loyihalash normativ xujjatlarda aniqlanadi.
Aholi punktlarida trassa asosan mavjud yoki loyihalashtirilayotgan kabelli kanalizatsiya bo‘ylab, tonnellarda va ayrim xollarda erda o‘tishi kerak. Trassa bo‘ylab punktlar orasidagi masofa izlanishlar jarayonida aniqlanadi. Bunda trassaning bir necha variantlari tanlanadi, ular eng afzal variant deb tanlangan uzatish liniyasining xolat plani ko‘rinishida aks ettiriladi.
Elektrik hisoblashlar uchun punktlar orasidagi masofa, trassaning to‘g‘ri emasligini va ularni aylanib o‘tishda kabel bukilishlarini hisobga oluvchi, kabel uzunligi bo‘yicha aniqlanadi. Odatda kabellar uzunligi mos keluvchi trassa uchastkasi uzunligidan oshadi. Normativ zapaslar mos keluvchi uchastka uzunligidan o‘rtacha 2% ni tashkil etadi.
Kabelli liniya trassasi shunday tanlanadiki, xamma punktlarni (loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutilgan) aloqa bilan ta’minlashda inshootlarga va uzatish liniyasining ekspluatatsiyasiga sarf etiladigan xarajatlar minimal bo‘lishi kerak.
Trassaning optimal variantini tanlash quyidagi me’zonlar bo‘yicha olib boriladi:
Ko‘rsatilgan me’zonlarni qoniqtirish uchun trassa berilgan punktlar orasida eng qisqa masofa va qurilishni murakkablashtiruvchi va qimmatlashtiruvchi, to‘siqlarning eng kam soniga ega bo‘lishi kerak
Suvli to‘siqlarni kesib o‘tish uchun eng kichik kenglikka ega joy tanlanadi.
Ko‘rilgan variantlarning qiyosiy taxlil natijalari jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, tomonlar yo‘nalishi va masshtab ko‘rsatilgan kartadan nusxa olinadi va shartli belgilar qo‘yiladi.
Oxirgi va oraliq punktlarning ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikalari, tanlangan oxirgi va trassada joylashgan oraliq punktlar orasida aloqaning tashkil etilishini asoslash uchun zarur.