STM–N siklining shakllanishi
Multipleksorlashning barcha variantlari avvalo STM-1, keyin esa STM-N modulining shakllanishiga olib keladi. STM-N modulining logik tuzilishini qarab chiqamiz.
STM-N moduli sikli (freymi)ning tuzilishi quyidagicha 13.2-rasmda ko‘rsatilgan.
13.2-rasm. STM-N sikli (freymi)ning tuzilishi
Ko‘rish qulay bo‘lishi uchun freym ikki o‘lchamli 270xN bir baytli ustunlar va 9 qatorli formatlar ko‘nishida tasvirlangan. Tuzilishning uzunligi 2430xN (9x270=2430) bayt, takrorlanish chastotasi 800 Gs bo‘lgan kadrlar yoki bir o‘lchamli raqamli ketma-ketliklar qo‘rinishidan iborat.
Freym uchta maydonlar guruhidan tashkil topgan: 3x9xN va 5x9xN baytli formatning SOH seksiya sarlovxasi maydoni; 1x9xN baytli formatning AU-4 ko‘rsatkichi maydoni va 9x261xN baytli (N=1, 4, 16, 64, 256) formatining foydali yuklama maydoni. Seksiya sarlovxasi va ko‘rsatkichning tuzilishini quyida ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |