O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 369,2 Kb.
bet158/192
Sana15.01.2022
Hajmi369,2 Kb.
#369363
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   192
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua 2021-22 tayyor (2) 14372

Yaxshi so‘z – muxtasar

Bir donishmanddan shogirdlari:

Nima qilsak tinch va rohatda umr kechiramiz? — deb so‘radilar. Donishmand:

Hech qayerda hech kimga birorta so‘z so‘zlamang, sukut eting, — deb javob berdi.

Shunda shogirdlari:

Axir, doim sukut etib yuraveramizmi, bu mumkinmi? Boshqacha yo‘l ko‘rsating! — dedilar.



Donishmand shunday maslahat berdi:

Sukut eta olmasangiz, so‘zlang, lekin qisqa va ma’noli so‘zlang, og‘zingizdan sira ham nojo‘ya so‘z chiqmasin. Yomon so‘z tinglovchining ko‘nglini xira qiladi, bundan saqlaning.



Bayt:

Yaxshi so‘zdan ko‘rasan mehr-u vafo,

Nomunosib so‘zlasang, yetgay jafo.

Ha, til bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham — boshga balo. Shuning uchun donishmandlar so‘zni doriga o‘xshatadilar. «Ortiqchasi zarar keltiradi», — deydilar. Bu fikrni ulug‘ bobokalonimiz Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» nomli ilk turkiy badiiy asarida shunday bayon etgan:

Tilingni avayla — omondir boshing,

So‘zingni avayla — uzayar yoshing.

Kishi so‘z tufayli bo’ladi malik,

Ortiq so‘z qiladi va boshni egik.

Bu fikrlar bundan o‘n asr ilgari aytilgan. Shundan buyon bu mavzuda yana qanchadan qancha durdona fikrlar dunyoga keldi, ammo odamlarning SO‘Zga bo‘lgan munosabati hamon turliligicha qolmoqda. Buning boisini XX asr shoiri Tolib Yo‘ldosh shunday izohlaydi:

Bir so‘z bilan har kishi O‘zligini ko‘rsatar,

So‘z gavharin ko‘pincha Dono olar, ko‘r sotar.

Afsuski, o‘zlarining bo‘lar-bo‘lmas gaplari, mahmadonaliklari bilan kishilarning asabiga tegadigan va, eng muhimi, ularning sog‘lig‘ini, qimmatli vaqtlarini o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. Duch kelgan kishiga qalbini ochiq maktubday yoyib yuradigan bunday kimsalarga ko‘cha-ko‘yda ham, oshxona va majlislarda ham, bazm-u jamshidlarda ham tez-tez duch kelib turamiz.

Alisher Navoiy bunday kishilarni kechalar tong otguncha tinmay huradigan itga o‘xshatadi va davom etib yozadi: «Oz gapirmoq hikmatga sabab; oz yemoq — sog‘liqqa sabab. Og‘ziga kelganni demoq — nodonning ishi va oldiga kelganni yemoq — hayvonning ishi».

Bayt:

«Ko‘p demak birla bo‘lmagil nodon,

Ko‘p yemak birla bo‘lmagil hayvon».

Demak, inson har qanday sharoitda ham kerakli so‘zlarnigina aytishi, tiliga ortiqcha erk bermasligi lozim.


Download 369,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish