O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 369,2 Kb.
bet168/192
Sana15.01.2022
Hajmi369,2 Kb.
#369363
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   192
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua 2021-22 tayyor (2) 14372

Eng yaxshi dori

Shunday xastalar bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur. Abu Ali ibn Sinoning fikriga qaraganda, bemorni dori-darmon bilan birga so‘z bilan davolagan ham afzal, chunki so‘z shunchalik sir-sinoatga ega bir mo‘jiza hisoblanadi.

Bir og‘iz shirin so‘z. Siz bu so‘zning naqadar umidbaxsh va katta qudratga ega ekanligini his qilganmisiz? Qiziq, ba’zan noyob dori-darmonlar-u zamonaviy meditsina asbob-uskunalari ham ojizlik qilib qolganda ana shu bir og‘iz so‘z bemorga ruhiy dalda, jismoniy quvvat bag‘ishlaydi! Chunki so‘z xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, avvalo, bosh miyaga ta’sir qiladi. Bosh miya esa organizmdagi butun jarayonlarni boshqaradi va nazorat qilib turadi. Yomon so‘z orqali asabiylashganda, odamning aft-angori o‘zgaradi, rangi o‘chadi, qo‘l va oyoqlari titraydi, quloqqa so‘z kirmaydi, nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Shu payt kishi o‘zini bosib ololmasa, yomon kasallikka chalinishi mumkin.

Rivoyat qilishlaricha, bir kuni Luqmoni Hakim ko‘chada ketayotgan ekan. Qarasa, sal oldinda borayotgan bir qiz dam-badam qon tuplarmish. Hakim qiz uyiga kirib ketgach, uning orqasidan kirdi. Luqmoni Hakim qizning otasiga: «Qizingiz bedavo dardga uchrabdi, afsuski, muolajaning iloji yo‘q», debdi. Uning bu so‘zlarini haligi qiz eshik orqasida eshitib turgan ekan. Birdan yuragi duk-duk urib, qaltirab yiqilibdi va hushidan ketibdi. Xullas, shu bir og‘iz so‘z oqibatida qiz ruhiy dardga giriftor bo’lib, olamdan o‘tibdi.

...Kunlarning birida qizning otasi Luqmoni Hakimni uchratib qolibdi. Shunda ota:

Taqsir, qizim bedavo dardga chalinganini qanday bilib edingiz? — deb so‘rabdi. Luqmoni Hakim debdi:

Qizingiz ko‘chada kela turib, bot-bot qon tuplaganini ko‘rgan edim.

Bu javobni eshitgan chol shart etib, o‘z peshanasiga uribdi. Keyin sal o‘ziga kelgach:

E, attang, qizim o‘sha kuni shotut yeb edi, siz ko‘rgan tupik shotut sharbati edi-ku! E, attang! — debdi.



Hakim chol oldida tiz cho‘kib, uzr so‘rabdi:

Siz menga va bizdan so‘nggi avlodlarga unutilmas saboq berdingiz. Bir so‘z bilan soppa-sog‘ odamni o‘ldirish yoki bemorni oyoqqa turg‘izib yuborish mumkin ekan! Yunonlar: «Dardni bilmasang, yaxshisi sen bemorni tinch qo‘y», — deb bejiz aytmagan ekanlar.




Download 369,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish