Mahsulot sifatini nazorat qilishni tashkil etish.
Mahsulot sifati haqida tushuncha va uning mohiyati. Mahsulot sifati
korxona faoliyatini rcjalashtirish va uni aniqlashda qo'llaniladigan asosiy
ko'rsatkichlardan biri bo'lib, unda mehnatni tashkil qilish, ishlab
chiqarishning jihozlash darajasi, mutaxassislarning malakasi, boshqarish
holati ifodalanadi. Korxona ishlab chiqarish — xo'jalik faoliyatining iq samaradorligi va boshqa ko'rsatkichlari mahsulot sifatining yaxshilanishi bilan uzviy tarzda bog'liqdir. Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eng yuqori texnik —iqtisodiy, estetik va boshqa talablarga muvofiq bo'lishi, jahon bozorida raqobat qila olish qobilyatiga ega bo'lishi kerak. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mahsulot sifatini oshirish
masalasi xalq xo'jaligining birinchi darajali muammolaridan biridir.
Sifat nima? Mahsulot sifati dyeganda uni istemol qilish
xususiyatlarining majmui tushuniladi. har bir ishlab chiqariladigan mahsulot
usul yoki bu foydali xususiyatga ega bo'ladi, kishilarning ko'p tomonlama
ehtiyojlariidan birontasini qondirish imkonini beradi. Ammo mahsulotning
foydaliligi darajisi, uning maqsadgamuvofiqligi har xil bo'lishi mumkin. Mahsulot sifati korxona ishlab chiqarish jamoasi ishlatiladi. samaradorligining pirovard ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot
sifatila har qanday korxonada fan — texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni
tashkil qilish, mehnat madaniyati va intizomi o'z aksini topadi. Mahsulotning yuqori sifatli bo'lishi texnologik intizomga rioya qilish,
ishchi va mutaxassislarning o'z kasblarini yaxshi egallanganligi, vazifasiga
mas'uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lmasligiga bog'liq. Uning yuqori sifatini ta'minlash uchun ishni izchillik bilan bajarish, ijtimoiy
ishlab chiqarish samaradorligini o'stirish zarurdir. Mahsulot sifatini oshirish
uchun qat'iy kurash har bir mehnat jamoasi azosining asosiy faoliyat mezoni
bo'lib qolmog'i kerak. Mahsulot sifati ko'rsatkichlari. Mahsulot xususiyatlari sifati
ko'rsatkichlarida namoyon bo'ladi. Ushdu ko'rsatkichlar yangi mahsulotlarni
rejalashtirish, ularni ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir etishining samarali
usullarini aniqlash uchun zarurdir.
Sifat darajasi ko'rsatkichlari, ularni aniqlash usullari va aniqligi
mahsulot turi va uni baholash maqsadidan kclib chiqib tanlanadi. Lckin
ularni ma'lum bir belgilariga ko'ra guruhlash mumkin: texnik —
ekspluatasion, texnologik, estetik, ishonchlilik, chidamlilik, ekologik,
xavsizlik. Texnik ekspluatasion ko’rsatkichlar ushbu mahsulotni ishlatish
natijasida olinadigan foydali natija bilan xarakterlanadi. Masalan, bug'doy
tarkibida oqsil moddalarning salmog'i, mashina va jihozlar — quwat,
unumdorlik, yuk ko'tarish qobiliyati, aniqlilik ko'rsatkichlari bilan
baholanadi.
Texnologik ko'rsatkichlar mahsulot ishlab chiqarishda yuqori
unumdorlikka erishishda konstruktorlik —texnologik yechimlar
samaradorligini xarakterlaydi. Texnologik ko'rsatkichlar bo'lib mehnat
sig'imi, material sig'imi, energiya sig'imi kabi ko'rsatkichlar hisoblanadi.
Estetik ko’rsatkichlar iste molchilarning mahsulot tashqi ko'rinishiga
qo'yadigan talabini, foydalanishda qulayligi, mahsulot shakli, ranglarining
foydalanish sharoitiga mosligi kabi xususiyatlar bilan ifodalanadi. Ishonchlilik xususiyati mahsulotning boshlang'ich xususiyatlarini
saqlagan holda uzoq muddat davomida ishlash qobiliyati bilan
xarakterlanadi.
Chidamlilik ko'rsatkichlari mahsulotni talab darajasida, maqsadiga
ko'ra ishlaydigan vaqt bilan o'lchanadi. Ekologik ko'rsatkichlar — mahsulotni ekspluatasiya qilish va iste'mol qilish jarayonida paydo bo’ladigan atrof muhitga zararli ta'sir darajasini ifodalaydi. Xavfsizlik ko'rsatkichi — mahsulotning iste'molchi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar xavfsizligini ifodalaydigan xususiyatlarni xarakterlaydi. Korxonalarda texnik nazoratni tashkil etish. Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining talabga javob bcrishini taminlash uchun texnik nazorat xizmati tashkil etadi. Texnik nazorat — ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan nazorat operasiyalari majmuidir.
Texnik nazorat ob'yekti bo’lib korxonaga chetdan keltiriladigan
materiallar, ehtiyot qismlar, agregat va mexanizmlar, stanoklar mashinalar,
instrumentlar va boshqa mehnat vositalari, mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayonlari, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Nazorat amalga oshiriladigan texnik vositalar, texnik nazorat usullari
va shakllari mahsulot xarakteri, texnika va texnologiya hamda ishlab
chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga mos kelishi zarur.
Nazoratni tashkil etishda har bir texnik nazorat xodimiga
majburiyatlarni aniq taqsimlash, yuqori sifat uchun moddiy va ma'naviy
rag'batlantirishning samarali usullarini qo'llashni talab etadi. Texnik nazorat profilaktik xarakterga ega bo'lishi, ya'ni talabdan
chetga chiqishni bartaraf etish emas, balki ularni paydo bo'lishini
ogohlantirish lozim. Amalga oshirish usuliga ko'ra texnik nazoratning vizual
(tashqi kuzatish), geometrik (o'lcham va shakllarni tekshirish), kimyoviy,
mexanik, metallografik (tarkibi chidamliligi tuzilmasini tekshirish) turlari
ajratiladi. Nazoratda qo'llaniladigan texnik vositalarga ko'ra texnik nazorat qo'l,
mexanizasiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan nazoratga bo'linadi. Nazorat
qilinadigan ob'yektlami qamranish darajasiga ko'ra umumiy va tanlama
nazorat bo'lishi mumkin. Tugallangandan so'ng texnik nazorat amalga oshiriladigan operasiyalar xarakteriga ko'ra dastlabki (material, yarimfabrikatlar, agregatlarni ishlov berishgacha nazorat qilish), oraliq (texnologik jarayonning turlibosqichlarida) va yakuniy (texnologik jarayonning yakunlovchi operasiyalaridan so'ng) nazoratlarni ajratish mumkin. Nazorat operasiyalarni ijrochilari bo'yicha maxsus nazorat xodimlari
tomonidan amalga oshiriladigan hamda ishlab chiqarish ishchilari tomonidan
amalga oshiriladigan nazoratga bo'linadi (3.11 — jadval). Bundan tashqari texnik nazorat operasiya bo'yicha va guruh bo'yicha
(operasiya guruhlaridan so'ng); doimiy va davriy; stasionar va
harakatlanuvchan bo'lishi mumkin. Masalan, tikuvchilik korxonalarida
yakuniy umumiy nazorat, ta'mirlash korxonalarida dastlabki nazorat
(nosozlikni aniqlash) keng qo'llaniladi. Nazorat operasiyalarini bajarishda
korxonaning barcha ishchi xodimlari bevosita ishtirok etishi lozim.
3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozor savdosiga kiritishni
tashkil etish.
Mahsulotlarni bozorga kiritishni tashkil etish savdo apparati tashkiliy
tuzilmasini tanlash Savdo agentlarini jalb etish, o'qitish va talab olishi. Savdo
agentlari ishini samaradorligini baholash. Korxonada mijozning buyurtmalarini olish uchun boshqa korxonalar bilan qattik kurash olib boradi. Shuning uchun korxona o’zining strategiyasini mahsulotini bozorda sotishi xususiyatlari, iste'molchini tushunishi va uning ehtiyojlarini o'rganishi asosida kurashi kerak. Korxona savdo apparatining tashkiliy tuzilishi bozorda eng samarali
shaklda faoliyat ko'rstatishga qaratilgan. Savdo apparati hududiy yoki mahsulotlik tamoyili bo’yicha, shu bilan birga mijozlar ehtiyojiga qarab tashkil etilishi mumkin.
Tashkiliy tuzilmada, hududlar bo'yicha, har bir savdo agentlariga
ma’lum bir savdo territoriyasi biriktirilib, unga o'sha hududda xizmat
ko'rsatilishi belgilab qo'yiladi. Bundan tashqari bir qancha imkoniyatlarga ega bo'ladi. Birinchidan, savdo agentining vazifalari aniq belgilab qo'yilgan bo'ladi. Bu hududda yagona vakil bo'lganligi sababli u mahsulot savdosining barcha muvaffaqiyat
va zararlariga yakka o'zi javob beradi. Ikkinchidan, savdo agenti yerlik bozor
faoliyatchilari bilan shaxsiy va ish bo'yicha aloqalarni o'rnatadi.
Bir qancha savdo hududlarida ishni rayon bo'yicha savdo boshqaruvchisi boshqaradi, bir qancha rayonlarda csa sotish bo'yicha vise
Prezident boshqaradi. Savdo agentlari o’z mollarini juda puxta bilishlari
kerak, ayniqsa bu mahsulotlar texnik murakkab, umuman xilma —xil bo'lsa.
Shuning uchun ko’pgina korxonalar o’zining savlo apparatini mahsulot
tamoyili bo'yicha ko'rishadi. Korxona o'zining savdo apparati mijozlariga qarab bo’lib tashkil etishi mumkin. Bunday bo’lib tashkil etish tarmoqlararo katta va oddiy buyurtmalar, mavjud yangi mijozlar bo'yicha bo'lishi mumkin. Korxona tashkilot tuzilmasini aniqlab olgandan so'ng savdo agentlarini jalb etib tanlash va o'qitish tizimini ishlab chiqarishi kerak. Insonning savdoga bo'lgan ixtiyorini qanday aniqlasa bo'ladi?
Makmorri (amer. olim) shunday degan «Yaxshi sotuvchi hamma vaqt
talabchan va odamlarni o'ziga jalb eta oluvchi bo'ladi. Makmorri shu bilan
birga ekstra klass kommivoyajerlarning 5 tashkil qo'shimeha xususiyatlarini
aytib bergan:
1) katta harakatchanlik;
2) o'ziga to'la ishonch;
3) puldan hamma vaqt kuchli samarali foydalanish;
4) profyessional bilimlarin egallashi;
5) har qanday qarshiliklarni o'ziga qabul qilib olish.
Me'yor va grinberg yaxshi kommivoyajerlar 2 tashkil asosiy
xususiyatga ega bo'lishlari kerak.
1) Empatiya sezgisi, ya'ni mijoz xislarini tula ko’ra olish;
2) Mahsulotga maqsadli intilishlik. Savdosini yuritishiga kuchli
Tanlash jarayoni turlicha bo'ladi — oddiy norasmiy suhbatdan uzoq
sinovlargacha va nafaqat da'vogarlar ba ularning didlari bilan ham ko'rinishi
mumkin ishga sinov muddati bilan qabul qilishadi. Tanlashning bir ko'rinishi
test baholarini to'plash, undagi tavsiyanoma va xizmat ro'yxati hisoblanadi.Ba’zi firmalar kommivoyajerlarni qabul qilgan zahoti ularga ish beradi. Yangi xodimlarni o’qitishi bu ancha sarf xarajatdir. Har qanday o'quv
dasturi bu o'qituvchilarga beriladigan katta to'lovlar, materiallar, joy va
vaqtdir. Bu degani biror bir mijozga xizmat ko'rsatmagan odamga haq to'lash
demakdir. Ba'zi firmalarda (OK) yangi tanlagan kommivoyajerlar haftalab, oylab
o'qishlari mumkin. Amerika firmalarida agar sanoat mollari bilan savdo
qiladigan bo'lsa, o'quv kursi 28 xafta, xizmat ko'rsatish firmalarida 12, keng
iste'mol firmalarida 4 haftagacha davom etishi mumkin. QK firmalarida esa
yangi ishga kirganlar faoliyati 2 yildan ishga o’tishi mumkin. Bundan tashqari har yili 15% ish vaqti qo’shimcha o'qishga ajratiladi.
O'quv dasturi bir qancha mahsulot ko'zlagan bo'ladi; savdo agentini firma
mahsulotlari bilan tanishtirish, tovarlar qanday ishlab chiqariladi, agentning turli vaziyatlarda funksiyalari bilan tanishtirish, uni samarali savdo bitimlarini o'tkazishga o'rgatish, uni asosiy savdo san'atiga o'rgatish,
mijozlar bilan muomala qilish, hisobotlami tuzish va boshqalar. Savdo agent mehnatining samaradorligini baholash. Rahbariyat
kommivoyajerlar mehnati to'g’risidagi ma'lumotni turli punktlar bilan
oladi. Eng asosiy axborot, ma'lumot manbai bu savdo to'g’risidagi hisobotdir.
Qo'shimcha axborotni shaxsiy kuzatuvlar, mijozlar xatlari va shikoyatlari,
buyurtmachilar bilan suhbatda va boshqa Amerika kommivoyajerlar bilan
bo'lgan suhbatdan bilib olsa bo’ladi. Baholash yo'llaridan biri turli
kommivoyajerlarning mehnat ko'rsatgichlarini solishtirib va ularni shu
ko'rsatgichlar yordamida baholash. Baholashning asosiy ko'rsatgichlari har
bir kommivoyajerlarning firmaga keltirgan sof daromadlaridan bilinadi.
Boshqa Amerika usuli, kommivoyajerlarning joriy va o'tgan oylardagi
ko'rsatgichlarni tashkil qilishidadir. Shunday tashkil qilish uning
muvafaqqiyatlari yoki zararlari to'g'risida ma'lumotni beradi. Tashkil qilish
kommivoyajerlarning foydali bir necha yil davomida qanday ko'tarilib
tushganini ko’rish mumkin. Kommivoyajerlarni sifatli baholashda uning firma, uning mahsulotlari, mijozlari, raqobatlari va majburiyatlari to'g'risidagi bilimni inobatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |