2 - masala
Tikuvchi uy sharoitida kasanachilik asosida paypoq va qo’lqop ishlab chiqaradi.
Agar tikuvchi bir soat vaqtini paypoq tikishga sarflasa 10 ta paypoq yoki qo’lqop
tikishga sarflasa 5 ta qo’lqop tikishi mumkin. Tikuvchi bir kunda 8 soat mehnat
qilishi ma’lum bo’lsa, tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini
grafikda aks ettiring va ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasini aniqlang.
Yechimi:
Mahsulot ishlab chiqarish variantlarini aniqlaymiz: Tikuvchi 8 soat davomida
paypoq tikish bilan mashg’ul bo’lsa u holda 80 ta paypoq tika oladi, lekin qo’lqop tika
olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini qo’lqop tikishga sarflasa 70 ta paypoq va 5 ta
qo’lqop tikadi. Tikuvchining bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda
keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |