O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI
FILIALI
III BOSQICH AKT 11-20 GURUH TALABASI
AZAMATOV AZIZBEKNING
TESTOLOGIYA VA
PEDAGOGIK O’LCHOVLAR NAZARIYASI FANIDAN
1-AMALIY ISHI
Bajardi:
Azamatov A
Qabul qildi:
Tursunova S
Qarshi 2023
Reja:
1.
Pedagogik baholash. Baholash predmeti, obyekti va turlari
2.
Pedagogik o‘lchov vositalari va ularning tasnifi.
3.
O’zbekistondagi DTM faolliyati va xorijdagi test markazlarning tahlili
Pedagogik baholash. Baholash predmeti, obyekti va
turlari
Jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanib
kelinayotgan xalqaro baholash tizimlari — TIMSS (The Trends in
International Mathematics and Science Study) , TALIS (Teaching and
Learning International Survey) va PISA(Programme for International Student
Assesment)dan respublikamiz uzluksiz ta’limida ham foydalanish maqsadga
muvofiq. Buning uchun obyekt va jarayonlarning sifatini baholashga
mo‘ljallangan kvalimetriya fani haqida ma’lumot berilishi lozim.
Kvalimetriya — tabiatdagi barcha obyektlarning va jamiyatda sodir
bo‘ladigan jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning
sifatini baholash muammolari hamda metodologiyasini o‘rganuvchi fan. U
lotincha “quails” — sifat, qadimiy yunoncha “metros” — o‘lchov degan
ma’noni anglatib, obyekt, mahsulot, jarayonlar sifatini baholash metodlarini
o‘zida mujassamlashtirgan, turli metod va vositalar yordamida erishilgan
natijani belgilovchi fan tarmog‘idir.
Hozirgi zamon nuqtayi nazaridan kvalimetriyaning sifat ko‘rsatkichlari ikkita
yirik guruh — tabiiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ajratib o‘rganiladi.
Tabiiy ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, o‘rganilayotgan obyektning fizikaviy,
kimyoviy va biologik miqdor ko‘rsatkichlariga ajratiladi.
Ijtimoiy ko‘rsatkichlar jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi voqea-
hodisalar, ishlab chiqarish va iste’mol mahsulotlari, pedagogik jarayonlar,
shaxsning ijtimoiy va mustaqil hayotdagi mavqeyi va o‘rni, savodxonligi,
tarbiyalanganlik darajasi, shaxs kamolotiga nisbatan qo‘llaniladi.
Kvalimetriya yuqorida qayd etilgan har bir guruhning miqdor va sifat
ko‘rsatkichlarini yaxlit o‘rganadi va baholashning umumiy tartibini ishlab
chiqadi.
Obyekt va mahsulotlar sifatini tashxislash va miqdoriy baholash XV asrda
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dastlab hunarmandlar o‘z mahsulotlari sifatini
belgilaydigan ko‘rsatkichlarni aniqlagan va sifat belgilarini qo‘ya boshlagan.
Shu tariqa tovarshunoslik vujudga kelgan va 1549-yili Italiyadagi Paduan
universitetida dastlabki “Tovarshunoslik” kafedrasi tashkil etilgan.
XX asr boshlarida AQSh va Yevropa mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni
ballar vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga qo‘yildi. Shu tariqa
boshqa mamlakatlarda ham sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va amaliyotda
qo‘llash borasida muayyan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu harakatlar
kvalimetriyaning ilmiy fan sifatida maydonga chiqishiga va tadqiqot ko‘lami
kengayishiga turtki bo‘ldi.
Kvalimetriyaning uchta — nazariy (umumiy), maxsus va amaliy tarmoqlari
mavjud.
Nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi (abstraksiyalanadi) va uning
sifat ko‘rsatkichlarining umumiy qonuniyatlari hamda matematik modellari
o‘rganiladi. Nazariy kvalimetriyaning tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish
mahsulotlari, obyekt va subyektlarning sifatini miqdoriy baholashning falsafiy
va metodologik asoslarini ishlab chiqish sanaladi.
Nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt va jarayonlarning
sifatini baholash metodikasi va nazariy asoslari umumiy xususiyatga ega.
Maxsus kvalimetriya turli maqsadda foydalaniladigan obyektning sifatini
baholashning aniq metodikasi va matematik modelini ishlab chiqadi. Maxsus
kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik-statistik, indeksli, kvalimetrik
taksonomiya kabi turlari mavjud.
Amaliy kvalimetriya texnika, ishlab chiqarish, inson faoliyati, turli loyiha va
jarayonlarning sifatini baholashni ishlab chiqadigan soha sanaladi. U boshqa
fanlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, texnik kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya,
pedagogik kvalimetriya, tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya kabi
tarmoqlari mavjud.
Pedagogik kvalimetriya yillar davomida to‘plangan tajribalar, dalillar asosida
vujudga kelgan va shakllangan ilmiy-nazariy fan bo‘lib, ta’lim-tarbiya
jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiya va unga bog‘liq holda
o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yaxlit o‘rganadi. Bunda pedagog
kadrlarning kasb malakasi va pedagogik mahorati taqqoslash orqali
aniqlanadi.
Pedagogik kvalimetriyaning metodologik muammolari shu kunga qadar ilmiy
tadqiqotchilar diqqat-e’tiboridan chetda qolgan va ular o‘z yechimini
kutmoqda.
Pedagogik kvalimetriyaning tadqiqot obyekti ta’lim-tarbiya jarayonining
sifati, ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi va
boshqarilishi, o‘qituvchi faoliyatini nazorat qilish va baholash sanaladi.
Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida shakllanishi hamda rivojlanish
tarixini shartli ravishda uch davrga bo‘lib o‘rganish mumkin:
1. Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish
davri.
2. XVI — XIX asr oxiri — ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bo‘yicha
dastlabki tasavvur paydo bo‘lgan davr.
3. Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri, ya’ni
ilmiy asoslangan, metodologik asoslari aniqlangan, nazariy, maxsus va amaliy
tarmoqlariga, ilmiy o‘lchov parametrlariga ega davri.
Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish
davrida ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi bilim oluvchilarning ongiga
falsafiy-diniy mazmundagi bilimlarni yetkazish bo‘lgan. Asosiy e’tibor
jamiyatni barqarorlashtirish, odamlarning diniy savodini chiqarishga
qaratilgan. O‘sha davrdagi ta’lim muassasalarida ixtiyoriy ravishda san’atning
7 yo‘nalishi o‘rgatilgan.
San’atni o‘rganish jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy
rivojlanishi, estetik didi, ekologik qarashlari vujudga kelishiga zamin
tayyorlagan.
XVI asrdan XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrda ta’lim-tarbiya jarayonining
yakuniy natijasi va o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatini baholash yuzasidan
muayyan izlanishlar olib borilgan, lekin mazkur izlanishlar ko‘zlangan
samarani bermagan.
Atoqli pedagog Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarida asosiy
didaktik kategoriyalar, o‘qitish maqsadi, ta’lim mazmuni, bilimlarni nazorat
qilish, ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini belgilash didaktik jihatdan
asoslangan. Olim pedagogika faniga “bilimlarni nazorat qilish va baholash”,
“imtihon”, “kollekvium”, “diktant” kabi yangi atama va tushunchalarni kiritdi.
Yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish
maqsadida oliy ta’lim muassasalarida besh ballik
baholash tizimi
yo‘lga
qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |