14.16 – rasm. Master0 jadvalidan satr o`chirish natijasi
6. After delete trigger
6.1. Master_ochirish_keyin triggerini yaratamiz;
14.17– rasm. Master_ochirish_keyin triggerini yaratish
Yaratgan triggerimizni ishlatamiz va natijasini master0 jadvalida ko’ramiz; yani biz trigger yordamida ID 1 ga teng satrni ham o’chirdik.
14.18 – rasm. Master0 jadvalidan satr o`chirish natijasi
7. drop trigger:
7.1. Oldingi misollarda yaratgan master_ochirish_oldin triggerini o’chiramiz;
14.19– rasm. Ma’lumotlar bazasidagi triggerni o’chirish
Vazifalar
1.Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variyantga muvofiq mavzu uchun MySQL da protseduralar yarating va undan foydalaning.
2.Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang (1-2-ilovalarga qarang).
Nazorat savollari
Triggerni yaratish qanday amalga oshiriladi ?
Protseduralarni yaratish qanday amalga oshiriladi?
Protsedurani chaqirish qanday amalga oshiriladi?
Delimiter belgisi nima uchun ishlanadi?
15-Amaliy ish. Dasturlash tillari va ma’lumotlar bazasi yordamida oddiy interfeys yaratish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: MSSQL da tashkil etilgan jadvallarni C++ dasturlash tiliga bog‘lash va oddiy interfeys yaratishni o‘rganish
Masalaning qo‘yilishi: C# dasturining ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan komponentalarni o‘rganish va ular ishtirokida ma’lumotlar bazasi ma’lumotlari bilan oddiy interfeys yaratish. Ma’lumotlar bazasi sifatida MSSQL va interfeys sifatida C# dasturlari o‘rtasida aloqa o‘rnatish.
Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar:
Visual Studio - bu Microsoft fermasining dasturiy platformasidir (IDE). U kompyuter dasturlarini, shuningdek veb-saytlarni, veb-ilovalarni, veb-xizmatlarni va mobil ilovalarni ishlab chiqish uchun ishlatiladi. Visual Studio – Microsoft dasturiy ta’minotini ishlab chiqish platformalaridan foydalanadi. Bunga misol sifatida Windows API, Windows Forms, Windows Presentation Foundation, Windows Store va Microsoft Silverlight platformalarini aytish mumkin. Dastur mahalliy kodni ham, boshqariladigan kodni ham ishlab chiqarishi mumkin.
C# dasturlash tilli hozirda rivjojlanib borayotgan ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘p paradigmali dasturlash tili – ko'p qirrali, o‘rganish juda oson va ob’ektga yo'naltirilgan tildir ham.
C# dasturlash tili – bu turli xil kasblarni qamrab oladigan keng ko‘lamli maqsad va vazifalarni bajarish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan zamonaviy, umumiy maqsadli dasturlash tilidir.
C# dasturlash tilida ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydigan DataGridView, DataSet, SqlConnection, SqlCommand, SqlDataAdapter, OleDbConnection, OleDbCommand, OleDbDataAdapter va boshqa shu kabi komponenta bo‘limlari mavjud. Ular orqali ma’lumotlar bazasi ustida amallar bajarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |