Xarajatlarni kamaytirish: o'tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;
Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog'onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo'lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi:tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
Axborot texnologiyalari bo'limining samaradorligini oshirish: VLAN tarmog'i tarmoqni boshqarishni soddalashtiradi. Yangi kommutatomi
ekspluatatsiyaga kiritishda ko'rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom bilan tarmoqni funktsiyasini tezda aniqlashadi.
Har bir VLAN tarmoqda qaysidir bir IP tarmoqqa tegishli bo'ladi. VLAN ni loyihalashda tarmoq adreslashining ierarxik tizimini amalga oshirishni inobatga olish lozim. Ierarxik adreslash degenda tarmoqni to'liq ishlashida VLAN tarmog'i yoki IP tarmoqning segmentlarini tartibli berilgan raqamlanishi tushiniladi.
Vlan tarmoqlari asosan 2 xil diapazoda bo'ladi: l.Standart - 1 dan 1005 gacha 2.Kengaytirilgan - 1006 dan 4094 gacha
Kommutator portlari VlAN 1 ga oldindan biriktirilgan bo'ladi (default vlan, native vlan = 1)
rasm. VLAN 1 ga biriktirilgan portlar ro‘yxati
1 topshiriq bo'yicha laboratoriya ishini bajarish tartibi rasmda ko'rsatilgan topologiya bo'yicha Sw1, Sw2 kommutatorlar uchun asosiy konfiguratsiyalarni sozlang.