PRI ning ikkinchi standarti 1544 kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 1544 (yoki DS1)-6312 (yoki DS2)-32064 (yoki DSJ3)-97728 (yoki DSJ4) kbit/s ketma-ketligini (1,5-6-32-98 Mbit/s taqribiy kattaliklar qatorini) tashkil qiladi. Ushbu standart uchun multipleksirlash koeffisientlari tegishli ravishda n=24, m=4, I=5, k=3ga teng. Bu ierarxiya DS0 (yoki ARK)ning 24, 96, 480 va 1440 kanallarini tashkil qilishga imkon beradi. Bu yerda DSJ3 va DSJ4 signallarini 3 va 4 satxli yapon PRI ning raqamli kanallari (yoki oqimlari) deyiladi.
PRI ning uchinchi standarti 2048kbit/s tezlikka ega bo‘lib, u 2048 (yoki E1: birlamchi raqamli kanal-oqim)-8448 (yoki E2: ikkilamchi raqamli kanal-oqim)-34368 (yoki E3: uchlamchi raqamli kanal-oqim)-139264 (yoki E4: to‘rtlamchi raqamli kanal-oqim)-564992 (yoki E5: beshlamchi raqamli kanal-oqim) kbit/s ketma-ketligini yoki 2-8-34-140-565 Mbit/s taqribiy ketma-ketligini hosil qiladi, bu n=30, m=I=k=4ga teng multipleksirlash koeffisientlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu standart tegishli ravishda 30, 120, 480, 1920 va 7680 ARK ni uzatishga imkon beradi, ular odatda IKM-30, IKM-120, IKM-480 va IKM-1920raqamli uzatish tizimlari nomi bilan ataladilar. PRI ning uchta turli standartlarining parallel ravishda rivojlanishi jahon bo‘ylab ulkan telekommunikasiya tarmoqlarining rivojlanishini to‘xtatib turganligi uchun, telekommunikasiyalar bo‘yicha xalqaro elektr aloqa ittifoqi XTI tomonidan ularni bir xillashtirishga va imkon qadar birlashtirishga oid qadamlar qo‘yildi.
IKM-30 raqamli uzatish tizimi
Umumdavlat birlamchi tarmoqlarda XTI (Xalqaro telekommunikasiya ittifoqi) taklifiga javob beruvchi, Yevropa ierarxiyasining birlamchi pag‘ona tizimlari uchun 30 ta kanalga mo‘ljallangan birlamchi RUT lari qo‘llaniladi. Ularga ATS va AMTS lar orasini, shaharlararo va shahardan tashqari ATS larni bir-biriga ulovchi liniyalarni hosil qiluvchi IKM-30 uzatish tizimi va qishloq aloqa tarmoqlarida qo‘llaniladigan IKM-30 S tizimlari kiradi. Bu RUT larining tuzilish prinsipi bir xil.
IKM-30 raqamli uzatish tizimi. Bunday uzatish tizimi shahar, shahar atrofi ATSlari, AMTS va ATSlar orasida, 0,5; 0,6; 0,7 mm diametrli simga ega bo‘lgan polietilen izolyasiyali (TPP turidagi) yoki qog‘ozli past chastotali juftliklar (T turidagi) orqali 30 ta tovush chastotali kanalni tashkil qilgan holda ulovchi liniyalar majmuasini olish uchun hizmat qiladi. Shuningdek IKM-30 ancha yuqori tartibli raqamli uzatish tizimlari uchun kanal hosil qiluvchi uskuna sifatida ham qo‘llaniladi. Tizim bir va ikki kabelli ko‘rinishda tuzilishi mumkin. Bir kabelni qo‘llaganda qarama-qarshi uzatish yo‘nalishidagi regeneratorlar bir kabelning turli juftliklariga ulanadi, ikki kabelida esa turli kabel juftliklariga ulanadi. Shuniyam aytish joizki, birinchi holatda o‘zaro o‘tuvchi so‘nish qiymati bo‘yicha juftliklarni tanlash amalga oshadi. Ikki kabelli tizimda raqamli liniya trakti amalda kabelning barcha juftliklarida tashkil qilinishi mumkin. Bu kabel hajmini 13-14 barobar oshishiga olib keladi. Bir kabelli tizimda esa kabel hajmining 1/3 qismi qo‘llaniladi.
IKM-30 uzatish tizimining asosiy parametrlari
Kanallar soni 30
Siklning ta’qib chastotasi 8 kGs
Chiqish oqimlarining uzatish tezligi 2048 (1 3*10-5) kbit/s
Liniya signalining kod turi QNNO‘I
Siklli sinxronizmning o‘rtacha tiklanish vaqti 2 ms
Kabel turi TPP (KSPP)
Regeneratsiyalash uchastkasining uzunligi 2.7 (3.8) km
MT seksiyasining maksimal uzunligi 43 (110) km
Aloqaning maksimal uzunligi 85 (440) km
XTQRPlari orasidagi XTqRP lar soni 20 (28) ta
Do'stlaringiz bilan baham: |