§ 12.4. Dinamik tizimlarni ishlab chiqish usuli
Dinamik tizimlarni ishlab chiqish usuli (Dynamic Systems Development Method, DSDM)- ushbu usul tezkor dastur ishlab chiqish(Rapid Application Development, RAD) kontseptsiyasiga asoslangan. DSDM foydalanuvchining yoki iste’molchining foydalanish jarayonida uzoq muddatli ishtirokini ta’minlaydigan takrorlanuvchi va takomillashtirilgan yondashuv.
Usulning maqsadi - tugallangan loyihani qisqa vaqtda yetkazib berish va kam jamg`armali byudjet doirasida bo’lishi, ayni paytda loyihani ishlab chiqishda uning talablariga o’zgartirishlarni tartibga solishdir. DSDM dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda moslashuvchan uslubiyot oilasining bir qismiga kiradi, bundan tashqari ishlab chiqarilayotgan maxsulot axborot texnologiyalariga bog`liq bo`lmasligi kerak.
12.8-rasm. Dinamik tizimlarni ishlab chiqish usuli33.
33 Черников. Управление качеством программного обеспечения: Учебник - М.: ИД ФОРУМ: ИНФРА-М, 2012.
DSDM axborot tizimini qisqa vaqt ichida va kam harajat bilan ishlab chiqishga asoslanganligini qanday tushunsa bo`ladi? DSDMda axborot tizimi loyihalarida odatdagi xatoliklar, masalan, byudjet ortiqligi, yetkazib berish muddati kechikishi, loyiha ishlarida foydalanuvchilar va yuqori menejerlarning yetarli darajada ishtirok etmasligi haqida ko’rsatmalar mavjud. DSDM quyidagi ko`rinishga ega:
Uch bosqichdan: Loyiha boshlanishi, Loyihaning yashash sikli va loyiha so`ngi bosqichlari;
Loyihaning yashash sikli 5 ta bosqichdan iborat: texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy asoslash, funktsional modelni yaratish, loyihalashtirish va ishlab chiqish, amalga oshirish bosqichi.
9 ta prinsipdan tashkil topgan:
Foydalanuvchining jalb etilishi –bu samarali loyihani amalga oshirish uchun asos bo`lib xizmat qiladi, bu yerda ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilar bilan birga ish olib borishadi va shuning uchun qabul qilinadigan qarorlar aniqroq bo`ladi;
Jamoa loyiha uchun muhim qarorlar qabul qilish vakolatiga ega bo’lishi kerak;
“Kerakli narsani ertaroq qo`yish har doim yaxshi – oxirida o`ylab o`tirgandan ko`ra” qoidasini hisobga olgan holda natija versiyasini tez-tez yetkazib berish. O’tgan iteratsiya versiyalarining tahlili keyinchalik tahlil qilinadi;
Loyiha boshlanishidan oldin talablar yuqori darajada o`rnatilgan bo`ladi.
Sinov jarayoni ishlab chiqarishning yashash sikliga iteratsiyalashganligi.
Asosiy mezon bugungi bozor ehtiyojlariga javob beradigan dasturiy ta’minotni eng tez etkazib berishdir. Shu bilan birga, bozorning talablariga javob beradigan mahsulotni yetkazib berish, mahsulotning funktsional imkoniyatlari bilan bog’liq muhim muammolarni hal qilishdan ko’ra muhimroqdir.
Ishlab chiqarish – takrorlanuvchi(iterativ) va takomillashtirilgan(inkremental) bo`lishi kerak. Iqtisodiy jihatdan optimal echimga erishish uchun foydalanuvchilarning fikriga asoslanadi.
Ishlab chiqarish vaqtidagi har qanday o`zgarishlar – qayta tiklanishi mumkin.
Barcha ishlab chiqaruvchilar guruhi birgalikda faoliyat yuritishi va hamkorlik qilishi kerak. Bu ishlab chiqarilayotgan dasturiy maxsulot effektivligiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |