II bob. Kengashning maqsad va vazifalari
10. Kengashning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni xalqimizga xos odob-axloq meʼyorlariga mos, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli qilib tarbiyalash, pedagogik maʼrifiy ishlarni keng amalga oshirish, milliy tarbiya uslub va shakllarini, milliy gʼoya va maʼnaviyatni izchil targʼib qilish orqali yuksak maʼnaviyatli yoshlarni tarbiyalashga koʼmaklashish, pedagogik jamoalarda, umuman universitetda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʼlomlashtirish hamda uning mustahkamligini taʼminlash, talabalar va yosh mutaxassislardagi mafkuraviy immunitetni oshirishga doir ishlarni tashkil qilish va nazorat qilib borishdan iborat.
U rivojlangan davlat qurishdagi eng muhim omil hisoblangan yoshlar tarbiyasini rivojlantirish maqsadida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan davlat va nodavlat tashkilotlariga taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning huquqiy, siyosiy madaniyatini oshirishning samarali tizimini yaratish, mamlakatimizning har bir yigit-qizida vatanparvarlik, yuksak axloqiy fazilatlar, mustahkam iroda, mafkuraviy immunitet, daxldorlik va oʼzlariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish, mamlakat taqdiri, uning mustaqilligini mustahkamlashda masʼullik tuygʼularini shakllantirish ishlariga rahbarlik qiladi;
yoshlar tarbiyasi, maʼnaviyati, maʼrifati va madaniyatiga doir ishlarning samaradorligi va natijadorligini yanada oshirishga, tizimdagi maʼnaviy yuksalishni taʼminlashga koʼmaklashadi.
11. Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish, natijadorligini taʼminlash va professor-oʼqituvchilar hamda talaba-yoshlar orasida yuksak axloqiy fazilatlarni targʼib qilishda uslubiy-amaliy yordam koʼrsatish;
yoshlarda, ayniqsa, talabalar qatlamida insonparvarlik va mehr-oqibat asosida oʼzaro hurmatni yanada oshirish, ijtimoiy, siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning ijtimoiy pedagogik shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy qilishga koʼmaklashish, umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish;
universitetda taʼlim-tarbiya jarayonlarining samarali ishlashini taʼminlash, natijadorligini oshirishga oid nazariy va amaliy seminarlar, konferentsiyalar, oʼquv treninglar tashkil qilish, konsultativ xizmatlar koʼrsatish va bunda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish;
pedagoglar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha masʼullarning tarbiyaviy ishlar metodikasiga oid kasbiy malakasini oshirish yoʼnalishida faoliyat yurituvchi tashkilotlar bilan doimiy aloqalar bogʼlash;
jahon va davlatimizning milliy gʼoya targʼiboti va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda milliy tarbiya sohasidagi ilgʼor tajribalarini oʼrganib, universitetda tatbiq etishga koʼmaklashish;
yosh mutaxassislarning pedagoglar sulolalari, darsliklar va qoʼllanmalar mualliflari, olimlar, adiblar bilan ijodiy muloqotlarni tashkil qilib borish;
milliy maʼnaviyat, tarix, sanʼat, urf-odatlar va anʼanalarni ommalashtirishga bagʼishlangan fan olimpiadalari, turli koʼrik-tanlovlar, talaba yoshlar spartakiadasini tashkil etish va oʼtkazishdagi faollikni taʼminlash;
malakali, katta mehnat stajiga ega boʼlgan maʼnaviyat va maʼrifat xodimlari, ustoz-murabbiy, oʼqituvchilar bilan yosh pedagoglar oʼrtasida oʼzaro tajribalar almashish ishlarini amalga oshirish;
yurtimizda taʼlim-tarbiya, milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimizga, milliy gʼoya targʼiboti va mafkuraviy jarayonlarga taalluqli islohotlarning keng miqyosda targʼib qilinishini, ushbu islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalar qalbi va ongiga singdirishda zarur uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil etish;
murabbiylarning yoshlar tarbiyasi oldidagi masʼuliyatini oshirishga qaratilgan dolzarb mavzulardagi konferentsiyalar, simpoziumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa turli tadbirlar uyushtirish;
yoshlar hayoti, boʼsh vaqti va faoliyatini oʼrganish va tahlil qilish, ilgʼor tajribalarni ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli gʼoyalar va loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;
talabalarning ijtimoiy, maʼnaviy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan zarur sharoitlar yaratish, yoshlarni ilm olishga, kasb-hunarga yoʼnaltirishga uslubiy va amaliy yordam koʼrsatish;
tashqi va ichki tahdidlar hamda turli buzgʼunchi gʼoyalar taʼsiriga qarshi turuvchi milliy axloq-odob meʼyorlari, ularga amal qilinish holatlari boʼyicha sotsiologik tadqiqotlar oʼtkazish, shuningdek, mental xususiyatlarimizni muttasil rivojlantirishga qaratilgan kontseptsiyalar, takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish hamda tegishli davlat hokimiyati idoralariga, nodavlat tashkilotlariga, OAV hamda nashrlar muassislariga takliflar kiritish ishlariga umumiy rahbarlik va tashabbuskorlik qilish;
talabalarning ijtimoiy-maʼnaviy, axloqiy-mafkuraviy, ilmiy-madaniy saviyasini yanada rivojlantirishga, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatiga ega boʼlgan boshqa dasturlar va loyihalarga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga har tomonlama koʼmaklashish;
Kengashning Nizom faoliyati doirasida boshqa vazirlik, idora va muassasalar hamda jismoniy shaxslar bilan hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, ular bilan hamkorlikda qoʼshma dastur va loyihalarni ishlab chiqish, ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |