O‘zbekiston respublikasi axborot texn ologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al -xorazmiy nomidagi toshkent axborot texn ologiyalari universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi H



Download 1,87 Mb.
bet61/96
Sana08.02.2023
Hajmi1,87 Mb.
#909171
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96
Bog'liq
O

Birinchi masala shundan iboratki, inson kompyuterga gapirganda u tushunishi, ya’ni inson nutqidan foydali axborotni ajrata bilish kerak. Hozircha bu masala nutqdan ma’noli qism, matn (bunday tashkil etuvchilarni tushunish, masalan: intonatsiya hozircha umuman qaralmaydi) ajratib olinadi, ya’ni bu masala klaviaturani mikrofonga almashtirishga keltiriladi.
Ikkinchi masala aytilgan fikrni kompyuter qabul qilishdan iborat bo’ladi. Nutqiy axborot kompyuter tushunuvchi buyruqlarning standart naboridan iborat bo’lar ekan, bunda uni amalga oshirish qiyinchilik tug’dirmaydi. Lekin bunday yaqinlashish xuddi shu buyruqlarni klaviaturadan YOKI sichqoncha yordamida kiritishdan osonroq bo’lmasa kerak. Balkim, sichqoncha bilan ilova - tugmachani bosish, atrofdagilarga halaqit bermasdan aniq qilib: «Start! Asosiy menyu! Vord!» deb aytishga qaraganda osonroqdir. Kompyuter insonning haqiqiy nutqini aniq anglashi va tushunishi, masalan, «Etadi!» va «Ishni to’htat!» so’zlari bir va undan ziyodda turli tushunchalarni anglatsa, boshqasida bir xil tushunchani anglatadi.
Uchinchi masala shundan iboratki, kompyuter axborotni o’zi qo’llaydigan inson tushunadigan nutqiy tushunchaga almashtira olishi kerak. Hozircha yakuniy natija faqat uchinchi masala uchun mavjud. Mazmuni quyidagicha: nutq sintezi - bu aniq matematik masala, hozirda u eng yaxshi darajada yechilgan, va yaqin kelajakda uning texnik amalga oshirilishi yaxshilanadi. Allaqachon matnli faylni muloqotli oynada ovoz chiqarib o’qish, menyu punktlarida ovoz beruvchi turli turdagi dasturlar mavjud.
Ikkinchi masalaga kelsak, bu masala mutaxassislar fikricha, sun’iy intellekt tizimi yordamisiz yechilmaydi. Kvant kompyuterlari deb nomlanuvchi kompyuterlar yaralishiga katta umid bor. Agar bunaqa qurilmalar yaratilgan taqdirda ham, bu hisoblash texnologiyalarida sifatiy to’ntarilish yuz berishini anglatadi. SHuning uchun nutqiy interfeys faqatgina ovozli buyruqlarni takrorlashdan iborat va ular klaviatura YOKI sichqoncha yordamida kiritilishlari mumkin. Bu yerda esa uning imkoniyatlari shubhalidir. Lekin ko’pchilikni o’ziga jalb qiluvchi bir soha mavjud. Bu kompyuterga matnlarni nutqiy kiritish. Haqiqatdan ham, klaviatura orqali kiritilgandan ko’ra kompyuterga hamma narsani aytib turish qulayrokdir, u eshitganlarini matn fayliga yozish kerak. Bu yerda kompyuter eshitganlarini anglashi talab qilinmaydi, nutqni matnga almashtirish masalasi esa ozmi yoki ko’pmi yechilgan. Hozirda ishlab chiqariluvchi ko’pgina «nutqiy interfeys» li dasturlar ovoz kiritishga mo’ljallangan.
Nutqiy interfeys bir tomondan yangi emas, boshqa tomondan esa bu texnologiyaning faol rivojlanishi va uni qo’llash endi boshlanmoqda (nechanchi bor boshlanmokda). Bir tomondan nutqiy interfeysda ma’lum siljishlar amalga oshirildi, boshqa tomondan esa - yarim asr davomidagi qat’iy harakatlar qilingan bo’lsa ham nutqiy kiritish masalasi bosh mutaxacsislar oldiga qo’ygan kontseptual savollar o’z yechimini topgani
y°’q.
Fazodagi harakatlar bilan bog’liq buyruqlar berish uchun inson doimo tushuntirish harakatlaridan, ya’ni «qo’l-ko’z» tizimidan foydalangan va kelajakda ham foydalanadi. Bu printsip asosida zamonaviy grafikli interfeys qurilgan.
Nutqni tanish texnologiyasining rivojlanishini ob’ektiv baholash uchun 1976-yildagi loyixalar tizimining harakteristikalarini va bugungi kunda bozorga chiqarilayotgan tizimlarni solishtirish kerak. Ikkita savol tug’iladi. Nima uchun 20-yil oldingi ishlanmalarga mos qo’llanma yo’q va nima uchun Suhnday cho’zilgan davr mobaynida konkret tizim harakteristkasida ko’zga ko’ringan sifatiy o’zgarish yuz bermaydi? Birinchi savolga javob yuqorida ham aytib o’tilgan edi: asosiy muammo qo’llash sohasida. Shuni qo’shish mumkinki, marketing maqsadli qat’iy fikrga qarshi. Hisoblash resurslariga berilgan texnologiyaning yuqori talablari uning keng tarqalishiga muhim qarshilik emas. Grafik tizim yaratuvchilarida bir xil muammolarning paydo bo’lishi grafik apparatli tezlatgichlarni yaratilishiga va keng qo’llanishiga olib keldi, oynali interfeysdan voz kechilishiga olib kelmadi. SHu bilan birga ishlab chiqarilgan nutq adapterlari grafik adapterlardan oshib tushmaydi. Agar texnologiya amali tda qo’llanilmas ekan, u o’zini boqa olmaydi va o’sa olmaydi. 1969-yilda Bell Laboratories firmasi xodimi Dj. Piesning Amerikani Akustik jamiyati jurnaliga yozgan mashxur xatida yaqin kelajakda nutqni tanish texnologiyasida biror bir yengillik (progress) yuz berishi mumkin emasligi haqida yozgandi, chunki bu yaqin kelajakda kompyuterlarni aytib o’tilganlarni o’zida mujassamlashtirgan axborotni sintaktik, semantik va progmatik(ma’noviy) taxlil qila olmasligi bilan bog’liq. Mavjud tyasiq faqatgina sun’iy intellekt tizimining rivojlanishi bilan xal etilishi mumkin. 1970-yillarda yana bir qiyinchilikka uchragani va hozirgi vaqtda to’liq amaliy bog’lanishga to’qnashgani bilan bog’liq. Kelajakda nutqni kiritish qurilmalarning xususiyatlarini yaxshilanishiga ishonish qiyin. Sababi allaqachon 1970 - yillarda nutqni, ovozni tanib olish insonlardan ilgarilab ketgan edi. Berilgan vaqt bir qancha tajribalar seriyalari inson va kompyuterning xorijiy tilda aytilgan so’zlar va tushunarsiz tovushlar zanjirlarini tanishini taqqoslab, tasdiqlangan edi. Inson progmatik (ma’noviy), semantik va boshqa taxlil qiluvchilarni qo’shish imkoniyati bo’lmasa, u yutqazishi muqarrar. Yuqorida ko’rsatilganlarning muxokamasi uchun bir qancha mulohazalarni ko’rib o’tamiz va matnni nutqiy kiritish tizimini qo’llashning asosiy muammolari, ayniqsa, oxirgi vaqtda faol oldinga yunaltirilmoqda. Nutqiy interfeys inson uchun haqiqiydir va matnning naborida qo’shimcha qulayliklar yaratadi. Lekin professional diktorni ham bir necha soat davomida kam tushunuvchi va gung kompyuterga aytib turish unchalik xursand qilmasa kerak. Bundan tashqari, Suhnday o’xshash tizimlarni eksplutatsiya qila oladigan orperatorlarda ovoz tugunlarining og’rishi ehtimoli yuqoriligi qayd qilinadi, bu esa kompyuterga monotonli nutqda diktovka qilish bilan bog’liq.
Matnni nutqiy kiritishning qulayliklariga odatda oldindan o’rgatish zarurati yo’qligi kiradi. Biroq, nutqni tanish zamonaviy tizimlari eng zaif tomonlaridan biri - bu nutqning aniqligini sezuvchanligi - bunday qulaylikni yo’qolishiga olib keladi. Klaviaturada chop etishni operator o’rtacha 1-2 oyda o’rganadi. To’g’ri talaffus ko’nikmasini hosil qilish uchun esa bir necha yil ketishi mumkin. Bundan tashqari qo’shimcha hayajonlanish yuqoriroq aniqlanishga erishish uchun yengli va ong osti kuchlanishlar natijasi operatorning nutq aparatining normal ish rejasini saqlanishiga yo’l qo’ymaydi va kasbiy kasallik kelib chiqish tahdidi bor. Nutqiy kiritish tizimlari yaratuvchilari tomonidan atayin tilga olinmaydigan nohush cheklanishlardan yana biri bor.
Kompyuter bilan nutqiy interfeys orqali ishlovchi operator alohida ovoz o’tmaydigan xonada ishlashi kerak YOKI ovoz o’tkazmaydigan gilamdan foydalanishi kerak. Aks holda u, shu offisda ishlaydigan hamkasabalari faoliyatiga xalaqit beradi. Suhnday qilib, nutqiy interfeys jamoa mehnatiga mo’ljallangan korxonalarning zamonaviy tashkiliy tuzilmasiga zid chiqadi. Ish jarayonining masofaviy shakllarining rivojlanishi bilan ahvol yengillashadi. Biroq hali ancha muddat inson uchun foydalanuvchi interfeysining eng tabiiy va potentsial ommaviy shakli tor doirada qo’llanishga mahkum etilgan.
Tabiiy tilni qayta ishlash tizimlariga doir misollar
Bugungi kunda nutqni tanishni tijoratda qo’llanish loyihalaridan eng muvoffaqqiyatlisi AT& firmasining telefon tarmog’idir. Mijoz ixtiyoriy so’zlardan foydalanib, xizmatning 5 toifasidan birini so’rashi mumkin. U iboralarida 5 ta kalit so’zlardan biri uchragancha gapiradi. Hozirgi kunda ushbu tizim bir yilda milliardga yaqin qo’ng’iroqlarni qabul qiladi. Bunday xulosa turib qolgan hamda keng tarqalgan stereotiplar va kutilishlar bilan qarama - qarshi tomonda. Shunga qaramay, kompyuter o’yinlari sohasi, invalidlar uchun maxsus dasturlar, telefon va axborot tizimlari nutqni tanish tizimlarini qo’llash uchun kelajakdagi yo’nalishlardan hisoblanadi. SHu bilan birga bu ilovalar dastlabki o’zgartirishlarga qo’yilgan qattiq cheklanishlar bilan birga tinish lug’atining kengayishi juda past talablarni ko’rsatadi. Hattoki nomi ideal pragmatizm ma’nosini anglatuvchi Bill Geyts ham yig’ilgan tarixiy stereotiplardan holi bo’lmadi. 95-96 yillardan boshlab, u nutqni tanishning xususiy universal tizimini ishlab chiqarishni boshladi va nutqiy interfeysni qo’llashning mahalliy erasi boshlanganligini e’lon qildi. Nutq xom ashyosi toza offis operatsion tizimini kiritishni rejalashtirishmoqda. Lekin Microsoft boshqaruvchisi bir iborani takrorlashda charchamayapti: ”Yaqinda klaviatura va sichqoncha” ni esdan chiqarish mumkin bo’ladi. U Windows NT qutisi bilan birga harbiy uchuvchilar va “Formula 1” pilotlari qo’llovchi akustik shlemlar qo’shib sotishni rejalashtirayotgan bo’lsa ajab emas. Bundan tashqari, nahot Micrisoft yaqinda Word, Excel va boshqa dasturlarni ishlab chiqarishni to’xtatsa? Ovoz bilan qo’l yordamisiz ekrandagi grafik ob’ektlarni boshqarish qiyin ishdir.
Nutqiy interfeys haqida gapirganda, faqat nutqni tanishda to’xtalib, uning nutqiy sintezi haqida esidan chiqarib qo’yishadi. Bu yo’nalishda eng asosiy masalalardan biri xodisalarga mo’ljallangan tizimlarning, ya’ni komp’yuterga mo’ljallangan muloqit tizimining rivojlanishidir. Hali yaqin o’tmishda (30 yillar muqaddam) tanish tizimostilari va nutq tizimlari nutqiy interfeysning yagona kompleks qismi bo’lib hisoblanardi. Biroq sintezga qiziqish tez yo’qoldi. Birinchidan, ishlab chiqaruvchilar tanish tizimlarini yaratishdagi kabi qiyinchiliklarga uchramadilar. Ikkinchi dan, nutq sintezi tanishdan farqli ravishda kompyuterdan axborot chiqarishning boshqa vositalaridan unchalik farq qilmaydi. Amaliy jihatdan uning qimmatliligi nutqni kiritishni ko’paytirishdadir. Inson uchun monolog emas, muloqot tabiiy va ko’nikarliroq hisoblanadi.
Nutqiy interfeysning kelajagi zamonaviy ishlab chiqaruvchilarning nafaqat nutqni kiritishning texnologik asosini yarata olishiga, texnologik topilmalarni yagona mantiqan tugallangan “inson - kompyuter” tizimini garmonik biriktirishiga ham bog’liq.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish