Qo`shimcha vositalar
Axborot qurilmasini dasturiy texnikaviy vositalari
Ichki vosita
Tarmoqlararo ekran
Ximoyalangan virtual tarmoqni yaratish vositalari
Kirishni boshqarish va autentifikatsiya vositalari
Ruxsatsiz kirishni aniqlash va oldini olish vositalari
Ximoyalanishni taxlil vositalari
Virusga qrshi ximoya vositalari
Elektron pochta va WEB
trafiklarni taxlil qilish
Kriptografik vositalar
Ochiq kalitlar infratuzilmasini yaratish
Xavfsizlikni boshqarish vositalari
Dasturiy vositalari Operatsion tizim
Aktiv tarmoq va telekommunikatsi
Kabel`
tarmog`ining
tuzilishi
Texnikaviy
vositalar
Ma`lumotlar bazasini boshqarish
Ilova vositalari
2.2-rasm. Axborot qurilmasini dasturiy texnikaviy vositalari
Tarmoqlar oralig’i ekranlari
Bugun ko`pgina kompaniyalar internetga lokal tarmoqqa ruxsat etilmagan murojaat qilishga to`sqinlik qiladigan maxsus dastur ta`minoti bilan ta`minlangan komp`yuterlar – brandmauerlar
( tarmoqlararo ekranlar yoki fire Wall) orqali ulanmoqdalar.
Lokal tarmoqda brandmauerli o`rnatilishning asosiy sababi uning har doim chaqirilmagan maexmonlardan himoya qilinishidir. Yomon niyatli odam tomonidan olingan axborot korxonaning raqobatbardoshligini va uning klientlarini ishonchini jiddiy buzib qo`yishi mumkin. Ichki tarmoqlar uchun eng extimolli xavflarni bartaraf etish bo`yicha bir qator masalalarni brandmauerlar hal qilish qobiliyatiga egadirlar. Komp`yuter muxitidan tashqarida yonmaydigan materiallardan va yong`inni tarqalishiga to`sqinlik qiladigan devorni brandmauer (yoki fire Wall) deb ataladi. Komp`yuter tarmog`i muxitida tarmoqlararo ekran figurali yong`indan yomon niyatli odamlarni ichki tarmoqqa, axborotni nusxalash, o`zgartirish yoki o`chirish uchun yoki bu tarmoqda ishlayotgan komp`yuterlar xotirasidan yoki hisoblash quvvatidan foydalanish uchun kirib olishga intilishi tushuniladi (2.3-rasm) .
Ички тармоқ
Тармоқ экрани
2.3-rasm. Tarmoqlararo ekranni o`rnatish chizmasi
Tarmoqlararo ekran (TE) – tarmoqlararo himoya qilish tizimi bo`lib, u umumiy tarmoqni ikki va undan ortiq qismlarga ajratishga va ma`lumotlar paketlarini chegara orqali umumiy tarmoqning bir qismidan boshqa qismiga o`tish shartlarini aniqlaydigan qoidalar to`plamini amalga oshirishga imkon yaratadi. Qoidaga ko`ra, bu chegara korxonaning korporativ (lokal ) tarmog`i va Internet global tarmog`i o`rtasida o`tkaziladi, biroq uni korxonaning korporativ tarmog`i ichida ham o`tkazish mumkin. TE o`zi orqali har bir o`tayotgan paket uchun qarorni, uni o`tkazish kerakmi yoki tashlab yuborish kerakmi, qabul qilgan holda butun trafikni o`tkazadi. TE buni amalga oshira olish uchun u fil`trlashning qoidalar to`plamini aniqlab olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |