O’zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi



Download 179,22 Kb.
bet95/99
Sana02.07.2021
Hajmi179,22 Kb.
#107006
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Bog'liq
Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunika

Trenajor xaqida tushuncha.


Trenajor xaqida tushuncha ta‘lim vositalarida turlicha bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.

  • O‘qitish jarayonida ularning maketlari, modellari, rasmlari namoyish qilinadi. Texnologik jarayonlar, inshootlar, mashinalarning tuzilishi va ishlashi diafilmlar, kinofilmlar, videofilmlar orqali tushuntiriladi. Turli tovushlar, masalan, sozlangan dvigatel yoki sozlanmagan dvigateldan chiqadigan tovushlar magnitofonga yozib olinib, ularning farqi tinglovchilarga eshittiriladi. Shunday eshittirishlar bir necha marta takrorlangandan so‘ng ular tovushga qarab dvigatellarning qaeri ishdan chiqqanini aytib bera olishlari mumkin);bosma vizual vositalari. Bular chop etilgan darsliklar, ma‘lumotnoma, lug‘atlar, metodik ko‘rsatma va metodik qo‘llanmalar.

Ta‘limning texnik vositalari ta‘lim vositalari mazmunini o‘quvchilarga etkazib beruvchi o‘qitish qurolidir.

Bu texnik vositalar ta‘lim vositalari bilan birgalikda ishlatiladi. Agar ta‘lim vositalari bo‘lmasa, ko‘p sonli ta‘lim texnik vositalaridan hech qanday naf bo‘lmaydi, aksincha, ta‘lim texnik vositalarisiz ular uchun mo‘ljallangan ta‘lim vositalarini ham ishlatib bo‘lmaydi.

Ta‘limning texnik vositalari - o‘quv informatsiyasi bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan ma‘lumotlarni etkazib beruvchi texnik vositalardir. Informatsion texnik vositalarga turli elektro-mexanik asboblar, o‘lchov asboblari, turli xil namoyish stendlari, shuningdek, magnitofonlar, diaproektorlar, grafoproektorlar, videoproektorlar, televizor va videomagnitofon apparatlarini kiritish mumkin.

Informatsion texnik vositalar informatsiyani lo‘nda, tushunarli, ortiqcha ikkinchi darajali informatsiyalarsiz o‘quvchilarga etkazib berishi hamda ko‘rish maydonining etarliligini, tasvirning yaxshi va aniq ko‘rinishini ta‘minlashi zarur.

Informatsion texnik vositalarning asosiy vazifasi, maqsadi - o‘quv materiallari mazmunini o‘quvchilarga tushunarli qilib etkazish. Ma‘lumki, o‘quv informatsiyasi, asosan, og‘zaki va ko‘rsatish orqali uzatiladi. SHu bois

informatsion texnik vositalar ovoz beruvchi (audio), tasvir beruvchi (video) va ham tasvir ham ovoz beruvchi (audio-video) vositalarga bo‘lindi.

Ovoz beruvchi audio texnik vositalari, asosan, til o‘rganishda keng qo‘llanadi. Ular jumlasiga ovoz beruvchi va ovoz eshittiruvchi apparatlar - elektroproigrivatel, radio, magnitofonlar kiradi. Ovoz grammplastinkaga, magnitafon plyonkasiga, kinoplyonkaga yozib olinadi. Ovoz eshittirish elektromexanik, magnit, fotooptik usulda maxsus apparatlar yordamida amalga oshiriladi.

Tasviriy informatsiya beruvchi video texnik vositalari o‘quv materiallarini chuqurroq o‘rganishga, ko‘proq ma‘lumot berishga va idrok qilish vaqtini qisqartirishga yordam beradi. Tasvir beruvchi texnik vositalar, o‘z navbatida, statik (qo‘zg‘almas) va dinamik (harakatlanuvchi) vositalarga bo‘linadi.

Ushbu yo‗nalishlar bo‗yicha zamonaviy O‗KMda o‗qituvchi va talabaning faoliyat yuritishiga o‗xshash bo‗lgan o‗qituvchi va talabaning modellari, ularning negizida o‗quv dasturlar va rejalar ishlab chiqilgan va tadqiq qilingan bo‗lishi kerak. Bunday harakatlarning prototipi bo‗lib Rossiya davlat ochiq ta‘lim instituti (RGIOO)da, M. SHoloxov nomidagi Moskva davlat osiq pedagogik universitetida (MGOPU) va boshqalarda tarmoq tizimini shakllantirish yo‗nalishida oliy maktab o‗qituvchilarini qayta tayyorlash tarmoq tizimini shakllantirish yo‗nalishida birinchi qadam bo‗lib xizmat qilishi mumkin.

O‗quv jarayon ishtirokchilarining kunduzgi muloqatining cheklanishi bilan yuzaga kelgan tarbiyaviy muammolar.

Ushbu muammoning dolzarbliligi shubha uyg‗otmaydi. Tarbiya pedagogikaning asosiy taoifasi hisoblanadi. Biroq ushbu atama pedagogikaga oid adabiyotda beshta turli tushunchalar bilan belgilanadi:



  1. Ijtimoiy tuzum va atrof muhitning insonga ta‘sir etishi;

  2. To‗plangan jamoat-tarixiy tajribani yangi avlodga berish;

  3. Ta‘lim muassasida o‗quv-tarbiyaviy jarayon;

  4. Muayyan ishonch va qarashlar tizimini shakllantirish uchun maxsus tarbiyaviy ish;

  5. Alohida sifatlarni shakllantirish.

Pedagogika predmeti chegarasining noaniq belgilanishi bilan bunday holat (tarbiya to‗g‗risidagi fan bo‗lib hisoblanadigan) unda rivojlanadigan inqirozlar sabablaridan biri hisoblanadi:

  • «tarbiya» atamasining sanab o‗tilgan tushunchalaridan biri sotsiologiyani tadqiq qilish ob‘ekti hisoblanadi;

  • ikkinchisi falsafiy xususiyatga ega;

  • uchinchisi «ta‘lim jarayoni» atamasiga sinonim hisoblanadi (tarbiya va o‗qitish kiradigan ta‘lim to‗g‗risidagi fan bo‗ladigan pedagogika);

  • natijada, to‗rtinchi tushuncha («ta‘lim muassasalarda» cheklanishni qo‗shgan holda) maktab pedagog-tarbiyachilari yoki tarbiyalanuvchilarda ahloqiy sifatlar bo‗lishiga yo‗naltirilgan oliy o‗quv yurtlari rahbar va o‗qituvchi tarkibining o‗ziga xos xususiyatiga ega faoliyatga kirgani kabi «maktab o‗quvchisining tarbiyasi»,

«talabaning tarbiyasi» tushunchasiga kirishiga mos keladi.

Ko‗p hollarda pedagogikaga oid adabiyotda «tarbiya» atamasining qaysi tushunchasi to‗g‗risida so‗z yuritilayotganligi ko‗rsatilmaydi: tushuncha

kontekstdan oson aniqlanadi. Albatta, bu mumkin. Umuman pedagogikaning ilmiy yo‗nalishi predmeti to‗g‗risida so‗z borgan holatda.

Ijtimoiy normalarni o‗zlashtirish jarayonlari shaxsda bolalik davrida boshlanadi, muayyan jamiyatda hayotning xususiyatlarini yanada turli-tuman anglab olish butun yashash vaqtida davom etadi. O‗z mohiyati bo‗yicha shaxsning vujudga kelishini ta‘minlaydigan ushbu barcha jarayonlar «sotsializatsiya» atamasi belgilanadigan natija hisoblanadi.

Oliy maktabda tarbiya, talabalarda ta‘lim olish jarayonida ko‗zda tutilgan dunyoqarash tizimini, ahloqiy normalar va umummadaniy sifatlarni vujudga kelishiga yo‗naltirilgan oliy o‗quv yurtlari xodimlarining maxsus ishi hisoblanadigan ta‘rifning asosi sifatida qabul qilgan holda, o‗qishning kunduzgi shaklida an‘anaviy oliy o‗quv yurtlarida ushbu yo‗nalishda ish hajmida ko‗rish mumkin. Virtual oliy o‗kuv yurtlarida talabalar bilan nima qilish kerakligni belgilaydigan ishlar, afsuski, kam.

SHubhasiz, zamonaviy axborot-ta‘lim muhitida talabalarni talab etiladigan bilim va ko‗nikmalar bilan ta‘minlash mumkin. Internet tarmog‗ida O‗qish bu oddiy insoniy muloqatdan uzilgan holda mustaqil ishning katta bosqichidir. Biroq, sovet jamiyatida «kommunistik» tarbiya bo‗yicha keng ko‗lamli, kundalik ish kutilgan natijalarga olib kelishini, SSSRdagi miqdor dunyoda ahamiyatliligini ko‗rish mumkin.

1. Valeologik muammo. Valeologiya sog‗liq, inson sog‗lig‗i to‗grisidagi fan kabi ko‗rib chiqiladi. "Valeo" so‗zining o‗zi (sog‗lom bo‗lish) birinchi marta 1980 yilda I.I.Brexmanning nashrlarda paydo bo‗ldi (12).

Har qanday jamiyatning ijtimoiy qimmatliliklari va ustuvorliklari tizimlarida inson sog‗lig‗i muhim o‗rinda turadi. Jamoat taraqkiyoti ko‗rsatkichlaridan biri va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hotirjamlikning o‗ziga xos oynasi bo‗lib sog‗liq har qanday jamiyatning kuchli ijtimoiy, mudofaa, madariy va ruhiy potensiali hisoblanadi. Sog‗liq – inson, tomonidan to‗liq hajmda bajarishni, mehnat, psixik va biologik funksiyalarni ta‘minlaydigan fizik, ruhiy va ijtimoiy hotirjamlikning dinamik holati.



Download 179,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish