Imkoniyatlarning kengayishi va ta’limdan teng darajada foydalanishni ta’minlash. Mobil telefonlar narxlari doimiy pasayib bormoqda, shuning uchun
koʻplab va koʻplab odamlar hatto eng kambagʻal hududlarda ham bunday qurilmalar
sotib olish imkoniga ega va ulardan foydalana olishadi. Hozirgi vaqtda turli
mamlakatlarda mobil texnologiyalardan foydalanish asosida zamonaviy oʻquv
materiallarini mobil aloqa yordamida barcha hohlovchilarga taklif etadigan koʻplab
loyihalar mavjud.
Ta’limni shaxsiylashtirish . Mobil qurilmalar qonun boʻyicha oʻz egalarining
shaxsiy mulki hisoblanib, sozlash uchun koʻplab funksiyalarga ega. Va aynan
shuning
uchun
mobil
texnologiyalar statsionar texnologiyalarga qaraganda
shaxsiylashtirishning kengroq imkonini yaratib beradi.
Javob olish va oʻqish natijalarini baholashning bir lahzada bajarilishi .
Mobil texnologiyalar oʻqish natijalarini baholash jarayonini tezlashtiradi va
oʻquvchilarga hamda oʻqituvchilarga erishilgan yutuqlarni tezroq kuzatib borish
imkonini beradi.