O‘zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt texnologiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Elektr tokidan foydalanish qoidalari



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/47
Sana10.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#439630
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
matematik hisoblashlarni orgatuvchi mobil ilovalar yaratish

Elektr tokidan foydalanish qoidalari. 
Elektr toki elektr zaryadlarining harakati 
boʻlib, elektr zaryadlarining bir turdagi manbasidan ikkinchi tur manbasi tomon 
harakatlanishidan vujudga keladi, deb qabul qilingan. Tabiatdagi barcha narsalarda,
xususan inson organizmida ham elektr zaryadlari mavjud boʻlib, ular oʻzaro 
muvozanatda turadi va hayot uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Bundan 


tashqari, inson tanasi a'zolarining faoliyati oʻta kuchsiz elektr signallari yordamida 
amalga oshiriladi va boshqariladi. Lekin inson organizmidan elektr toki oqib oʻta 
boshlaganda, bu muvozanat va zaryadlarning joylashish tartibi oʻzgaradi va juda 
qisqa vaqtda insonning yurak, miya kabi oʻta muhim a'zolarining tiklab 
boʻlmaydigan darajada ishdan chiqishiga, ya'ni inson oʻlimiga olib keladi. Inson 
hayoti uchun butun tana boʻylab, masalan bir qoʻldan ikkinchisi tomon yoki qoʻldan 
oyoqqa qarab oʻtadigan elektr toki eng xavfli hisoblanadi. Odatda, tok urganda elektr 
toki inson tanasi orqali erga oʻtib ketadi. Shu sababli informatika xonasini beton polli 
xonalarga yoki binoning ertoʻlalariga joylashtirish qat'iyan ta'qiqlanadi va sinf 
xonasining poli elektr tokini oʻtkazmaydigan qilib (masalan taxtadan) yasalishi va 
barcha kompyuterlarning korpuslari yerga ulanishi (yoki elektr ta'minotining 
yevroandozalarga moslab ulanishi) talab qilinadi. 
Inson tanasidan bor-yoʻgʻi 10 milliamper elektr toki oqib oʻtishi ayanchli 
voqealarga olib keladi, bu esa uyali telefondagi elektr tokidan bir necha marta,
choʻntak fonaridagidan bir necha oʻn marta kamdir. Uyali telefon va choʻntak 
fonarining inson hayoti uchun xavfsizligiga sabab, ulardagi elektr toki 
kuchlanishining kichikligidir (3-12 Volt). Inson tanasi orqali yuqori kuchlanishdagi 
elektr tokining oʻtishi va inson tanasining elektr tokiga qarshiligining kamayib ketishi 
hayot uchun eng xavfli omillardir. 
Yuqori kuchlanish (220 Volt) yuradigan simlarning barchasi, shu jumladan 
uzaytirgichlarning, kompyuter va boshqa elektr qurilmalarining elektr ta'minotiga 
ulanish simlarining ikki marta izolyasiya qilinganligi talab qilinadi. Kompyuter 
xonasida faqat ovoz kuchaytirish qurilmalari, skanerlar kabi elektr quvvatini kam 
iste'mol qiluvchi qurilmalar bitta izolyasiyali simlar bilan elektr tarmogʻiga ulanadi.
Shu sababli, ular boshqa elektr qurilmalaridan alohida turishlari va ularning oldiga 
oʻquvchilar kela olmasligi lozim. 
Inson tanasidan oqib oʻtadigan tok miqdori inson tanasining elektr tokiga 
qarshiligiga ham bogʻliq. Foydalanuvchilarning shamollab qolishi, isitmasining 
chiqishi, terlab turib kompyuterda ishlashi, barmoqlarining shilinishi yoki 
yaralanishi va hatto qoʻlni yuvib, yaxshi artmaslik ham inson tanasi qarshiligini 2-50 


marta kamaytirib, tok urish xavfini shuncha marta oshirib yuborishi mumkin. Shu 
sababli, informatika fanidan darslarni jismoniy tarbiya va mehnat ta'limi kabi 
fanlardan keyin dars jadvaliga qoʻyish mumkin emas. Oʻquvchilarni informatika 
xonasiga kiritishda ularni birma-bir koʻzdan kechirib chiqish, sogʻligʻi yomon va 
barmoqlarida muammolar boʻlgan oʻquvchilarga alohida e'tibor qaratish kerak. 
Kompyuterning va unga ulanadigan barcha qurilmalarning korpuslari tok 
oʻtkazmaydigan materiallardan yasaladi va metal ishlatilganda ham, ular tok 
oʻtkazmaydigan boʻyoqlar bilan qoplanadi. Bundan faqat kompyuterning orqa 
tomonidagi murvatlar va turli simlar ulanadigan uyalar istisnodir. 
Kompyuterning korpusida yuqori kuchlanishli elektr toki boʻlmasada, ular 
yerga ulanmagan yoki yaxshi ulanmagan va uzoq vaqt, masalan, kun boʻyi 
ishlayotgan boʻlsa, korpusda hayot uchun xavfli miqdordagi elektr zaryadlari yigʻilib 
qolgan boʻlishi mumkin. Shu sababli, sinfda kompyuterlarni devor boʻylab yoki 
xonaning oʻrtasiga ikki qator qilib joylashtirilishi kerak. Ayniqsa, sinfga qarab,
devor yonida oʻtiradigan oʻqituvchining kompyuterini oʻrnatishga jiddiy e'tibor berib,
uning orqa tomoniga oʻquvchilarning oʻta olmasliklarini ta'minlash kerak. 
Zamonaviy kompyuter texnikasida sistema blokining old tomonidagi tugma 
kompyuterni elektr tarmogʻidan butunlay uzmaydi. Buning uchun kompyuter 
korpusining orqa tomonidagi tugmadan foydalanish kerak. Agar kompyuter 
korpusida bunday tugma boʻlmasa, bunday tugmasi bor maxsus uzaytirgichlar orqali 
kompyuterni elektr tarmogʻiga ulash lozim. Bundan tashqari, sinfdagi barcha 
kompyuterlarni elektr tarmogʻidan uzuvchi yagona uzgich ham boʻlishi kerak. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish