Bitiruv malakaviy ishi obekti.
Toshkent axborot texnologiyalari
universiteti Urganch filiali qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazi.
Bitiruv malakaviy ishi predmeti.
Axborot tizimini yaratishda matn
muxarriri Notepad++ dan, dizaynni yaqqol ko‘rinishi uchun brauzerlardan
foydalanildi. PHP 5, HTML 5, CSS, tillaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi.
Elektron hukumat o‘quv markazi axborot
tizimi foydalanuvchilarga markaz haqida batafsil ma’lumot berish va undagi
interaktiv xizmatlardan tarmoq orqali hohlagan joydan turib xizmat ko‘rsatish,
tizimni joriy qilishdagi yangilik va o‘zgarishlar bilar foydalanuvchilarni xabardor
qilib turish. Bundan tashqari markaz binosiga kelmay turib online tarzda o‘qish
uchun ariza berish va mavjud o‘quv jarayoni bilan joida turib tanishish.
Bitiruv malakaviy ishi vazifalari.
Elektron hukumat o‘quv markazi
axborot tizimi foydalanuvchilarga markaz haqida batafsil ma’lumot berish,
avvaldan o‘qigan o‘quvchilarni sertifikatlarini tekshirish, Online test topshirish,
Online ariza xizmatlari.
Natijalarni amaliyotga joriy etish ko‘lami.
Elektron hukumat o‘quv
markazi axborot tizimi TATU Urganch filiali Elektron hukumat o‘quv markazi
rasmiy Veb sayti sifatida joriy etish.
Bitiruv malakaviy ishi tuzilmasi tasnifi .
Bituruv malakaviy ishining
tuzilmasi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
. BOB. ELEKTRON HUKUMAT O‘QUV MARKAZI AXBOROT TIZIMI
TAHLILI
1.1-§. “Elektron Hukumat” o‘quv markazi faoliyatini tahlil
qilish
“Elektron hukumat” bugungi kunda jahonda, shu jumladan O‘zbekistonda
keng rivojlanayotgan tizim bo‘lib, u fuqarolar, biznes vakillari, davlat hokimiyati
organlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini
ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi hamda davlat va arizachi o‘rtasidagi shaxsiy aloqani
minimallashtirib, axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalanishni
ko‘zda tutadi. Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar
o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes jarayonlarini samarali
rivojlantirishni ta’minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet
orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.
Mamlakatimizda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga
davlat organlari veb-saytlari va respublika hukumati portali or-qali taqdim etish
uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Ana shu maqsadda 2007 yildayoq 49 ta bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri
(BIDXR) tasdiqlangan. Ayni paytda esa u 195 dan ziyod ko‘rinishni o‘zida
qamrab olgan. Hozirgi kunga qadar “elektron hukumat”ning 20 dan ortiq loyihasi
samarali amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining
«Gov.uz» portali tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi elektron
axborot munosabatlarining samarali dastagi hisoblanadi. Har bir fuqaro yoki
yuridik shaxs vakili mazkur portaldan O‘zbekiston davlat hokimiyati haqida to‘liq
ma’lumot olishi, shuningdek, u orqali muayyan hukumat organiga elektron shaklda
bevosita rasmiy so‘rov yuborishi mumkin.
TATU qoshida tizimli o‘qishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan “Elektron
hukumat” o‘quv markazini tashkil etish, hamda universitet filiallarida Markaz
bo‘limlarini tashkil etish masalalari bilan bog‘liq vazifalar keltirilgan. Bundan
tashqari TATU va uning filiallari tegishli ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari)da
“Elektron hukumat” o‘quv predmetini kiritish, 2014-2015 o‘quv yilidan boshlab
“Elektron hukumat” yangi magistratura mutaxassisligini kiritish bo‘yicha
takliflarni o‘rnatilgan tartibda kiritish vazifalari yuklatilgan. 366-sonli buyruq
bilan Markazning tashkiliy tuzilmasi va “Elektron hukumat” o‘quv markazi
to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Albatta, bundan buyon ham AKTning davlat hokimiyati va boshqaruvida
keng qo‘llanilishi davlat faoliyatining samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.
Elektron hukumatning milliy o‘zbek modeli davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarini yangi informatsion texnologiyalar bilan ta’minlash bilangina cheklanib
qolmay, balki hokimiyat va aholi munosabatlarini isloh etishni ham ko‘zda tutadi.
Bu konsepsiya davlatning fuqarolar va biznes bilan munosabatini tubdan
o‘zgartiradi, hukumat fuqarolarga taqdim etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar hajmini
sezilarli darajada oshiradi, turli ma’lumotlar bazasi ochiqligini ta’minlaydi, davlat
organlarida izchil ravishda elektron hujjatlar aylanishi va boshqa innovatsiyalarni
joriy etadi.
Albatta, AKTning davlat hokimiyati va boshqaruvida keng qo‘llanilishi
davlat faoliyatining samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.
“Elektron hukumat” fuqarolarning hokimiyat, turli ijtimoiy xizmatlar,
qo‘mitalar va idoralar, oxir-oqibat istalgan daraja va maqomdagi rahbar bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq dialogni ta’minlashi kerak, bu esa davlat hokimiyatini
nafaqat ochiq, balki interfaol qiladi. Mohiyatiga ko‘ra, «elektron hukumat» tuzish
— bu sub’ektiv omilning ta’sirini susaytirgan holda amaldorni fuqaroga
yaqinlashtirishdir. «Elektron hukumat» tuzishning maqsadlaridan biri nazorat
ostidagi va fuqaroning masalasi qay tarzda echilishini kuzatish imkoniyatini
yaratadigan amaldor va fuqaroning muloqotidir.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda “elektron hukumat”
tizimini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Buni mamlakatda
davlat boshqaruvining barcha jabhasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
izchil joriy etishga doir amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar taqozo
etmoqda.
Ayni paytda davlat hokimiyati organlari tomonidan veb-saytlar va
O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida (www.gov.uz) 400 dan ortiq interfaol
xizmatlar ko‘rsatilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
2015-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni
(mobil internet foydalanuvchilari soni bilan qo‘shib hisoblaganda) salkam 10
millionga etdi.
Mamlakatda “elektron hukumat”ni shakllantirish uchun izchil harakatlar
qilinmoqda, eng muhimi, siyosiy xohish ham bor. Xo‘sh, ular nimalarda ko‘rinadi?
O‘zbekiston prezidenti bu borada o‘zining siyosiy xohishi jiddiy ekanligini
bir necha farmon va qarorlarida isbotlab berdi. Avvalo, ushbu sohada xorij
mutaxassislarini davlat boshqaruviga keng jalb eta boshladi. Ularning yirigi,
shubhasiz, koreyalik mutaxassisning vazir o‘rinbosari darajasidagi lavozimga
tayinlanishidir. Ilgari Koreya Respublikasining davlat boshqaruvi va xavfsizligi
vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Kim Nam Sokga O‘zbekiston aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi
o‘rinbosari maqomi berilgan.
Koreyalik mutaxassis boshchiligidagi guruh O‘zbekiston Respublikasida
“elektron hukumat”ni shakllantirishga ko‘maklashadi. Bunday qaror O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Koreya Respublikasiga 2012 yil sentabr oyida qilgan
tashrifida erishilgan kelishuv asosida qabul qilingan. Koreya Respublikasi dunyo
miqyosida elektron hukumatni joriy etish bo‘yicha peshqadam davlatlardan
hisoblanadi. O‘zbekiston esa 193 mamlakat ichida 91 o‘rinda qayd etilgan. Bu
ham O‘zbekiston bu borada izchil maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yganligidan darakdir.
Shu bilan bir qatorda, hukumat “Elektron hukumat”ni shakllantirish
bo‘yicha amaliy qadamlarni tashladi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22
noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, davlat organining rasmiy saytiga
joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlar ro‘yxati belgilab qo‘yildi. Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, hozirgi kunda 102 ta
yo‘nalishda axborot Hukumat portaliga taqdim etib boriladi. Garchi amaliyotda
gov.uz sayti juda foydali bo‘layotgan bo‘lsa-da, hududiy masalalarda “elektron
hukumat”ni shakllantirish og‘riqli mavzu bo‘lib qolmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan chora-tadbirlar dasturi bandlarida keltirilgan
topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’limi vazirligining 2013 yil 30 sentabridagi 364-sonli buyrug‘i;
shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi
aloqa,
axborotlashtirish
va
telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat Qo‘mitasining 2013 yil 30 sentabrdagi
“Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida “Elektron hukukmat” o‘quv
markazini tashkil etish to‘g‘risida” gi 366-sonli buyrug‘i tasdiqlandi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Elektron hukumat” o‘quv
markazida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va uning samarali faoliyat
yuritishi bo‘yicha davlat organlari xodimlari uchun tashkil etilgan dastlabki o‘quv
kursi ochildi.
Ularga asosan, TATU qoshida tizimli o‘qishni yo‘lga qo‘yishga
yo‘naltirilgan “Elektron hukumat” o‘quv markazini tashkil etish, hamda universitet
filiallarida Markaz bo‘limlarini tashkil etish masalalari bilan bog‘liq vazifalar
keltirilgan. Bundan tashqari TATU va uning filiallari tegishli ta’lim yo‘nalishlari
(mutaxassisliklari)da “Elektron hukumat” o‘quv predmetini kiritish, 2014-2015
o‘quv yilidan boshlab “Elektron hukumat” yangi magistratura mutaxassisligini
kiritish bo‘yicha takliflarni o‘rnatilgan tartibda kiritish vazifalari yuklatilgan.
Vazirlar mahkamasining 366-sonli buyruqi bilan Markazning tashkiliy tuzilmasi
va “Elektron hukumat” o‘quv markazi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish jamiyatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning muhim omilidir. Mamlakatimizda axborot tizimlari va
“Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazalari, jumladan, milliy ma’lumotlar
bazasi, ma’lumotga ishlov berish, idoralar axborot tizimlarini o‘zaro
integratsiyalashtirish bo‘yicha idoralararo markazni tashkil etishga doir izchil
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada davlat xizmatchilarini tayyorlash va
bilimini oshirishga alohida e’tibor berilayotir.
“Elektron hukumat” tizimini yanada joriy qilish, uni qo‘llashda ishtirok etadigan
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish
maqsadida Prezidentimizning 2013 yil 27 iyundagi O‘zbekiston Respublikasida
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qaroriga asosan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining
“Elektron hukumat” o‘quv markazi tashkil qilindi.
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishga ko‘maklashish, uni qo‘llashda
ishtirok etadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xodimlarini o‘qitish,
malakasini oshirish markazning asosiy vazifalaridir.
Markazda bu boradagi ishlar doirasida davlat organlari xodimlari uchun “Elektron
hukumat” tizimini joriy etish va uning samarali faoliyat yuritishi masalalari
bo‘yicha o‘quv kursi tashkil qilindi. 68 vazirlik va idora 850 nafardan ortiq
xodimining bilim va ko‘nikmasini oshirishni so‘rab ariza bergan. O‘quv markaziga
malakali pedagoglar, shuningdek, soha mutaxassislari va xorijiy ekspertlar jalb
etilgan. Janubiy koreyalik mutaxassislar tomonidan “Elektron hukumat”ni joriy
etish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilgan.
Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan dastlabki seminarda 38 tinglovchi
qatnashdi. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, boshqa
shaharlardagi davlat boshqaruvi organlarining 250 nafardan ziyod vakili
masofadan turib o‘qitildi.
Seminarda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish davlatning aholi va
xo‘jalik sub’ektlari bilan o‘zaro munosabatini yanada mustahkamlash, davlat
tomonidan fuqarolarga taqdim etilayotgan zarur axborot hajmini ko‘paytirish, turli
ma’lumotlar bazasining ochiqligini ta’minlash, davlat organlarida elektron hujjat
aylanishini izchil rivojlantirish, boshqa muhim innovatsiyalarni tatbiq etish va
tadbirkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Ishtirokchilarga jamiyatni
axborotlashti-rishning dolzarb masalalari va “Elektron hukumat” tizimini joriy
etishning ahamiyati to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qildi. Yagona interfaol davlat
xizmatlari portali faoliyati va xizmatlari haqida batafsil axborot berildi.
«
El
ekt
ro
n
hu
ku
ma
t
to‘
g‘r
isi
da
»g
i
Qo
nu
n
lo
yi
hasining birinchi tahriri jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |