1). Ekstensiv iqtisodiy o’sish usuli – iqtisodiy o’sish qo’shimcha resurslar sarflash hisobidan ta’minlanishini bildiradi. Bu usul yaratiladigan tovarlar va xizmatlarni resurslarni ishlab chiqarishga ko’proq jalb etish hisobidan ko’paytirish demakdir. Ko’proq yangi erlar ochiladi, konlar, yngi zavod, fabrikalar ko’paytiriladi, ishchilar soni ortadi, ammo mehnat unumdorligi oshmaydi. Ekstensiv usulning istiqboli yo’q, chunki bu usulda ehtiyojlar to’laroq qondirilmaydi, resurslar ishlab chiqarish uchun etishmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |