O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


o‗ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo‗jaligining  ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish; 



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
o‗ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo‗jaligining 
ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;

 
yetishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga 
mustaqil ravishda baho belgilash;

 
o‗zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni 
iste‘molchilarga o‗z xohishi bo‗yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf 
etish;

 
xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‗lanadigan fyuchers 
bitimlari tuzish;

 
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;


146 

 
qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va 
erkin savdoga mo‗ljallangan aksiyalarni sotib olish;

 
o‗z mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros 
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi 
savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo‗yish.
Qonunda shuningdek, dehqon xo‗jaligining 7 ta majburiyati ham 
alohida belgilab qo‗yilgan. Bular:

 
tomorqa yer uchastkasidan qat‘iy belgilangan maqsadda 
foydalanish;

 
tabiiy obyekt bo‗lmish yerga zarar yetkazmaslik;

 
tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va 
oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;

 
yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, agar qonun 
hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‗lmasa, bir yil ichida 
foydalanishga kirishish;

 
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va 
servitutlarga rioya etish;

 
dehqon xo‗jaligining majburiyatlari va qarzlari bo‗yicha to‗la 
javobgar bo‗lish;

 
xo‗jalik a‘zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta‘minlash.
―Dehqon xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi Qonunga o‗tgan yillar (2000, 2003 
yilda 2 marta, 2007, 2008, 2009-yilda 2 marta, 2010, 2013, 2015, 2016, 
2018) davomida jami 12 marotaba o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritildi. 
Ushbu tuzatishlarning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat: 
– dehqon xo‗jaliklarining xo‗jalik faoliyatiga, shu jumladan ular 
tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini 
tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‗nalishlarini 
aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va 
tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‗l 
qo‗yilmasligi belgilandi ; 
– dehqon xo‗jaligi yer uchastkasini olib qo‗yish tartibi 
takomillashtirildi; 
– dehqon xo‗jaligiga soliq solish tartibiga, ular faoliyatini 
muvofiqlashtirib borishga oid norma bekor qilindi; 
– dehqon xo‗jaligining boshlig‗i vaqtincha mehnat qobiliyatini 
yo‗qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‗lmaganda u o‗z majburiyatlarini 
bajarish vakolatini yuklash tartibi aniqlashtirildi; 
– dehqon xo‗jaligini tashkil etish tartibi soddalashtirildi va 
takomillashtirildi; 


147 
– dehqon xo‗jaligini davlat ro‗yxatiga olish tartibi takomillashtirildi; 
– dehqon xo‗jaligida suv iste‘moli bilan bog‗liq tartib-qoidalar 
belgilandi; 
– dehqon xo‗jaliklariga yer berish shartlari belgilandi (qishloq 
joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‗g‗risidagi talab qo‗llash 
mezonlari aniqlashtirildi, dehqon xo‗jaligi yuritish uchun beriladigan yer 
uchastkasining o‗lchamini aniqlash tartibi belgilandi, tomorqa yer 
uchastkasi berish bilan bog‗liq tartib soddalashtirildi); 
– dehqon xo‗jaligining mol-mulkka bo‗lgan huquqlari kengaytirilib, 
ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, 
ko‗paytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish 
huquqiga ega bo‗ldi; 
– dehqon xo‗jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‗urtasi 
bo‗yicha badallar to‗langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida mehnat 
daftarchasi belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga 
qo‗shilishi mustahkamlandi; 
– dehqon xo‗jaligi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik 
qilishga yer uchastkasi tuman fermer, dehqon xo‗jaliklari va tomorqa yer 
egalari kengashining hamda O‗zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) 
kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‗lgan yosh fuqarolarga 
ham berilishi belgilandi. Ilgari bunday uchastkalar faqat oilali va qishloq 
joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga berilgan va 
b.q. 
Dehqon xo‗jaligi faoliyatining muhim huquqiy asoslaridan yana biri 
bu – 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish