Fermer xo„jaliklarining 2018-yil 1-yanvar holatiga
ko„ra, umumiy soni 153385 tani, shu jumladan ixtisosligi:
paxta-g„allachilik 50651 ta, g„allachilik 7914 ta, chorvachilik 8915 ta,
bog„dorchilik 48159 ta, uzumchilik 13441 ta, sabzavotchilik-polizchilik 6772 ta,
tutchilik 3372 ta hamda boshqa yo„nalishda 14161 tani tashkil qildi.
Respublikamizda 2018 yil 1 yanvar holatiga ko„ra , ularga ajratib berilgan
umumiy yer maydoni 6839,4 ming gektarni, shu jumladan, ekin yerlar 3400,9
ming gektar, ko„p yillik daraxtzorlar 290,2 ming gektar, bo„z yerlar 32,7 ming
gektar, yaylov va pichanzorlar 2522,9 ming gektar hamda boshqa qishloq
xo„jaligida foydalanilmaydigan yerlar 592,7 ming gektarni tashkil qildi.
13
E‟tibor bering!
Qishloq xo‗jaligi tarmoqlariga investitsiyalarni, ayniqsa, to‗g‗ridan-
to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish zarurligi ham alohida
ta‘kidlandi.
14
Shuningdek, davlatga paxta va bug‗doy yyetishtirib berish, qishloq
xo‗jalik va chorvachilik oziq-ovqat mahsulotlari bilan fermer xo‗jalik
jamoasi a‘zolari extiyojini ta‘minlash, ular daromadi va turmush darajasini
oshirish ustuvor maqsad qilinib, iqtisodiy barqaror rivojlangan fermer
xo‗jaligini shakllantirishga dehqonchilik va chorvachilik tizimlari
13
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslarining holati to‗g‗risida Milliy hisobot. Toshkent, 2018 yil.
14
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida 2018-yil 31-oktyabr kuni qishloq xo‗jaligini
kompleks rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotlar eksportini oshirish
masalalariga bag‗ishlangan yig‗ilishdagi nutqi.//Xalq so‗zi, 2018-yil 1-noyabr.
27
uyg‗unlashtirildi. Fermer xo‗jaligining tuproq, suv va tabiiy-iqlim
sharoitlari o‗rganilib, qishloq xo‗jalik ekinlarini optimallashtirish tizimi
shakllantirilganligi ham ijobiy holdir.
Endilikda, qishloq xo‗jaligini isloh qilish bo‗yicha aniq maqsadga
qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda
qishloq xo‗jaligida tarkibiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda. Fermer xo‗jaliklari,
o‗z mohiyatiga ko‗ra, qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishning asosiy shakliga,
sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta‘minlaydigan etakchi kuchga
aylandi. Eng muhimi, qishloqda haqiqiy mulkdor – yer egasi paydo
bo‗lmoqda.
Qishloq xo‗jaligida olib borilayotgan tub islohotlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadida, bir qator qonunlar
hamda farmon va qarorlar qabul qilinganligini ta‘kidlab o‗tish joiz.
Natijada, qishloqda agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga
ancha mos keladigan yangi xo‗jalik strukturasi shakllandi. Qishloqda
davlatga qarashli bo‗lmagan sektor keng rivojlandi, qishloq xo‗jalik ishlab
chiqarishining strukturasi jiddiy o‗zgardi va umuman olganda, boshqarish
tizimi va xo‗jalik yuritish usullarida jiddiy o‗zgarishlar yuz berdi.
Yuqoridagilar asosida ta‘kidlash mumkinki, demak qishloq
xo‗jaligini davlat tomonidan tartibga solish deganda iqtisodiyotning agrar
sektorida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan davlat
boshqaruvi organlari faoliyati tushuniladi.
Qishloq
xo‗jaligini davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy maqsadi aholini sifatli qishloq xo‗jalik mahsulotlari bilan
ta‘minlash, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va aholining
ijtimoiy holatini yaxshilashdan iboratdir.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari
oldida ma‘suliyatli vazifa va yo‗nalishlarni belgilashni taqozo etadi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, bugungi kundagi qishloq xo‗jaligini davlat
tomonidan tartibga solish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat
yo‗nalishining xilma-xilligi, murakkabligi va mazmun-mohiyati bilan
sobiq sotsialistik qishloq xo‗jalik ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish
yuzasidan davlat boshqaruvidan tubdan farq qiladi. Sobiq Ittifoq
agrosanoat majmuini boshqarishda markazlashgan davlat boshqaruv
organlari tizimi orqali ma‘muriy buyruqbozlik chora-usullari asosida
to‗g‗ridan-to‗g‗ri amalga oshirilar edi. Bu holat esa o‗z navbatida qishloq
xo‗jalik korxonalarining mustaqilligini cheklash, tadbirkorlik faoliyatiga
noqonuniy aralashish, qishloq xo‗jalik korxonalarining iqtisodiy
28
manfaatdorligining pasayishi va qishloq xo‗jalik mahsulotlarini o‗sishiga
salbiy ta‘sir ko‗rsatishi kabi oqibatlarga olib kelardi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning mazmun
-
mohiyati davlat boshqaruv organlarining iqtisodiyotning agrar sektorini
tartibga solish chora-tadbirlari bilan bir qatorda asosan iqtisodiy chora va
usullarni qo‗llanishini ham talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |