O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Qishloq xo„jaligi kooperativi (shirkat xo„jaligi)ning mol-mulki



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

4-§. Qishloq xo„jaligi kooperativi (shirkat xo„jaligi)ning mol-mulki
Qishloq xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) mustaqil 
balansida aks ettiriladigan asosiy jamg‗armalar, aylanma mablag‗lar 
hamda boshqa boyliklar shu kooperativning (shirkatning) mulkidir.
Kooperativning (shirkat xo‗jaligining) mustakil balansida aks 
ettiriladigan asosiy jamg‗armalar, aylanma mablag‗lar, ushbu mol-mulk 
o‗z tarkibi bo‗yicha (vujudga kelish manbalari nuqtai nazaridan) 
quyidagicha turlarga bo‗linadi : 

asosiy jamg‗armalar qiymati; 

yetishtirgan mahsuloti, uni sotishdan tushgan daromadlar; 

kooperativ a‘zolarining pul va moddiy badallari; 

bank 
kreditlari, 
qimmatli 
qog‗ozlar 
hisobidan 
hamda 
kooperativning ustavlarida nazarda tutilgan boshqa faoliyat natijasida va 
qonunda ta‘qiqlanmagan boshqa manbalardan olingan daromadlar. 
Kooperativ (shirkat) mol-mulkini shakllantirishda yuridik va 
jismoniy shaxslar shartnoma asosida pul va moddiy badallar kiritish yo‗li 
bilan ishtirok etishlari mumkin.
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) tomonidan tashkil 
etiladigan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek 
xo‗jaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki ularning ulushli 
ishtirokiga muvofiq shu kooperativning (shirkatning) mulki hisoblanadi. 
Tarkibiga 
qishloq 
xo‗jaligi kooperativlari (shirkat xo‗jaliklari), 
mulkchilikning turli shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan 
uyushmalarning mol-mulki ularning umumiy (ulushli) mulki hisoblanadi. 
Tarkibiga faqat kooperativlar (shirkatlar) kirgan uyushmalarning mol-


122 
mulki, agar uyushmalarning ta‘sis hujjatlarida yoki qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‗lmasa, shu kooperativlarga 
(shirkatlarga) umumiy (ulushli) mulk huquqi asosida qarashli bo‗ladi. 
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) yuridik va jismoniy 
shaxslardan mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish, 
ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Pay va bo‗linmas jamg‗armalarning miqdorlari qishloq xo‗jaligi 
kooperativining (shirkat xo‗jaligining) ustavida belgilab qo‗yiladi.
Pay jamg‗armasi qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) 
a‘zolari o‗rtasida mulkiy paylarga taqsimlanishi lozim. Mulkiy pay qishloq 
xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) har bir a‘zosining kooperativ 
(shirkat) pay jamg‗armasi qiymatidagi ulushini belgilaydi va kooperativ 
(shirkat) a‘zosiga kooperativning (shirkatning) yakuniy daromadidan 
(foydasidan) dividendlar tariqasida tegishli ulushni olish huquqini beradi. 
Qishloq xo'jalik kooperativi 
(shirkat xo'jaligi) Ustav 
jam
g
'armasi (kapitali) 
Pay jamg‘armasi 
Bo'linmas jamg'arma
Qishloq xo'jalik kooperativining 
(shirkat 
xo'jaligining) 
pay 
jamg'armasi 
uning 
asosiy 
jamg'armalari 
qiymatining
hamda majburiyatlaridan holi 
boshqa aktivlari qiymatini o'z 
ichiga 
oladi, 
bo'linmas 
jamg'armani 
shakillantirishga 
yo'naltiriladigan 
mablag'lar 
bundan mustasno 
Umumiy ulushli mulk
Umumiy birgalikdagi 
mulk 
Tuproq 
unumdorligini 
oshirish 
tadbirlarini 
o'tkazish, 
irrigatsiya 
inshootlarini saqlash, yangi 
irrigatsiya-melioratsiya 
tarmoqlarini loyihalash va 
qurish, 
texnika 
olish, 
ijtimoiy va ishlab chiqarish 
tuzulmasini 
rivojlantirish
boshqa umumiy ijtimoiy va 
xo'jalik vazifalarini hal etish 
uchun mo'ljallangan


123 
Mulkiy pay miqdorini aniqlash, paylar bo‗yicha dividendlar to‗lash 
tartibi, shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) har bir a‘zosi mulkiy payining aniq miqdori 
kooperativning (shirkatning) a‘zosiga mol-mulkning muayyan ulushiga 
hamda xo‗jalik oladigan umumiy daromadning (foydaning) tegishli 
qismiga bo‗lgan uning huquqini mustahkamlab qo‗yuvchi, nomi yozilgan 
guvohnoma berilgan holda kooperativning (shirkatning) yuqori boshqaruv 
organi qarori bilan belgilanadi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) daromadining 
(foydasining) paylar bo‗yicha dividendlar to‗lash uchun mo‗ljallangan 
qismi yil yakunlariga ko‗ra taqsimlanadi va mulkiy payning miqdoriga 
mutanosib ravishda to‗lanadi. Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat 
xo‗jaligi) a‘zoligidan chiqish fermer xo‗jaligi yoki yangi qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan 
hollarda mulkiy paylar qonun hujjatlariga muvofiq ajratib beriladi. Qishloq 
xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) a‘zosining mulkiy payini meros 
qilib olish fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda faqat uning 
qiymatidagi ifodasida amalga oshiriladi.
Qishloq xo‗jaligi kooperativlarining (shirkat xo‗jaliklarining) yer 
uchastkasiga bo‗lgan huquqi ular uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va 
boshqa birlashmalar tarkibiga kirganida ham saqlanib qoladi. Qishloq 
xo‗jaligi kooperativining (shirkat xo‗jaligining) yerdan foydalanish 
sohasidagi huquq va majburiyatlari Yer kodeksida belgilanadi. Qishloq 
xo‗jaligi kooperativiga (shirkat xo‗jaligiga) berilgan yer uchastkalarini olib 
qo‗yish belgilangan kafolatlarga rioya etilgan holda Yer kodeksida nazarda 
tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qishloq xo„jaligi kooperativlariga (shirkat xo„jaliklariga) qishloq 
xo„jaligiga mo„ljallangan yerlar tovar qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishini 
yuritish uchun 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish