O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

8.O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi 
“O„zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini 
tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”
48
gi PQ-4241-son
qaroriga 
asosan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiya
tashkil etildi.
Mazkur qarorga ko‗ra quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari 
etib belgilandi: 
46
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi 
huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida.//Xalq so‗zi,2018 yil 12 oktyabr. 
47
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 32-son, 793-modda. 
48
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019-y., 07/19/4241/2773-son. 


103 
a) qishloq va suv xo‗jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya 
etilishi holati; 
paxta va don ekinlari urug‗larini davlat tomonidan buyurtma qilish, 
tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‗yicha talablarga rioya 
qilinishi; 
davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq 
hajmlarda qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini 
shakllantirish bo‗yicha talablar bajarilishi; 
don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗lari, 
shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining 
sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli 
saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta‘minlanishi; 
qishloq xo‗jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‗lari 
sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga 
muvofiq urug‗larni sertifikatlash, urug‗ hamda ko‗chat materiallarining 
sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‗yicha ishlarning amalga oshirilishi; 
qishloq xo‗jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza 
qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida qonunchilik 
talablariga so‗zsiz rioya etilishi; 
sun‘iy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi 
hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi; 
idoraviy bo‗ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat‘i nazar barcha 
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik 
ishlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga 
rioya etilishi; 
qishloq xo‗jaligi, melioratsiya va yo‗l-qurilish texnikalarining 
texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, 
servis va ta‘mirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish; 
b) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari, 
paxta xomashyosi, qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗lari va ulardan qayta 
ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‗tkazish; 
v) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va 
shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‗rish borasida kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
g) 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
ma‘muriy 
huquqbuzarliklar to‗g‗risidagi ishlarni yuritish,-deb ko‗rsatilgan.
Demak yuqorida ko‗rsatilganlar asosida agrar qonunchilik talablarini 
buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlikning quyidagi xususiyatlarini 
alohida ajratib ko‗rsatishimiz mumkin:


104 
1)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik bu 
boradagi jamiyatda qaror topgan huquqiy tartibotni saqlashning muhim 
vositalaridan biri; 
2)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
davlat majburlovi bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, huquqbuzarning hohish-
irodasidan qat‘i nazar qo‗llaniladi; 
3)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik o‗z 
huquqiy asoslariga ega; 
4)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
faqat MJTK tegishli bandlarida ko‗zda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan 
taqdirdagina yuzaga keladi;
5)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
faqat huquqbuzarlikning barcha elementlari bo‗lgan holdagina qo‗llaniladi; 
6)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlikning 
subyekti MJTKda nazarda tutilgan tegishli huquqbuzarliklarni sodir etgan 
fuqarolar va mansabdor shaxslar bo‗ladi; 
7)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
natijasida aybdor shaxsga tegishli tartibda ma‘muriy jazo chorasi (asosan 
jarima) qo‗llaniladi;
8)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
natijasida jinoiy javobgarlikdan farqli ravishda, sudlanganlik, lavozimdan 
ozod etish kabi huquqiy oqibatlar kelib chiqmaydi;
9)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
intizomiy javobgarlikdan farqli ravishda, xizmat buysunividan qat‘i nazar 
qo‗llaniladi;
10)
agrar qonunchiligini buzganlik uchun ma‘muriy javobgarlik 
davlat ayblovi bilan bog‗liq bo‗lib, huquqbuzar xulqiga ta‘sir etishida 
namoyon bo‗ladi.
Umuman olganda, agrar sohasidagi huquqbuzarliklar uchun 
ma‘muriy javobgarlik bu-Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksda 
belgilangan, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga tajovuz qiluvchi, 
huquqqa xilof, aybli ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik agrar-
ma‘muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan vakolatli davlat 
organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ma‘muriy-protsessual 
tartibda qo‗llaniladigan yuridik javobgarlik turi sifatida ahamiyatlidir. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish