7-§. Ipakchilik sohasini huquqiy tartibga solish
O‗zbekistonda ipak tolasini qayta ishlash va undan tayyor mahsulot
ishlab chiqarish hajmi yil sayin o‗sib, yangi ish o‗rinlari yaratilmoqda.
Sohani jadal rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar
samarasida xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etilib, 15 dan ortiq
loyihalar bajarilmoqda.
―O‗zbekipaksanoat‖ uyushmasi soha uchun kadrlar tayyorlash
tizimida ham ibratli ishlarni olib borib, oliy ta‘lim dargohlari bilan
hamkorlik qilmoqda. Ayni vaqtda soha uchun mutaxassislar tayyorlovchi
oliy o‗quv yurtlari-Toshkent davlat agrar universiteti, uning Nukus va
Termiz shaharlaridagi filiallari, Toshkent to‗qimachilik va yengil sanoat
instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va
uning Termiz filiali, Farg‗ona politexnika instituti, Namangan
muhandislik-texnologiya
institutlari
bilan
o‗zaro
aloqalar
mustahkamlanmoqda.
Xususan, chuqur malakali mutaxassislar sonini ko‗paytirish va
ularning bilimlarini yanada oshirish maqsadida Toshkent to‗qimachilik va
engil sanoat institutida ipakchilik kafedrasi tashkil etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martda qabul
qilingan ―O‗zbekipaksanoat‖ uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari
to‗g‗risida‖gi
qarorida
sohani
rivojlantirishda
sifat
menejmentining zamonaviy usullarini qo‗llash, kadrlarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish, oliy ta‘lim muassasalarida pillachilik tarmog‗i
uchun kadrlar tayyorlash yo‗nalishlari bo‗yicha o‗quv rejalari va
dasturlarini takomillashtirish hamda yangilash vazifalari belgilangan.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
12-yanvardagi
―Respublikada
pillachilik
tarmog‗ini
yanada
184
rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorida Toshkent davlat
agrar universiteti, Toshkent to‗qimachilik va yengil sanoat institutida
uyushma va tizim tashkilotlari bilan oliy ta‘lim muassasalari o‗rtasida
hamkorlik o‗rnatish vazifasi belgilangan.
Uyushmada ushbu vazifalar ijrosini ta‘minlash, ipakchilik sohasida
tashkil etiladigan yangi korxonalar uchun talab etiladigan oliy malakali
muhandis va texnik mutaxassislar tayyorlash maqsadida dastur ishlab
chiqildi. Bakalavr hamda magistrlar tayyorlashning o‗quv va fan dasturlari
tahlil etilib, yangilanmoqda. O‗tilayotgan fanlar zamonaviy texnologiyalar
asosida olimlar va mutaxassislar tavsiyasi asosida yangi innovatsion
materiallar bilan to‗ldirilmoqda.
Ta‘kidlash o‗rinliki, 2017-yil iyul oyida uyushma tizimida faoliyat
yuritayotgan 5 nafar mutaxassis Hindistonda, avgust-sentyabr oylarida
yana 29 nafar mutaxassis Xitoyning Szyansu va Shandon provinsiyalarida
zotli ipak qurti urug‗i etishtirish, ipak qurtini parvarishlash texnologiyasi
sifatli pilla ishlab chiqarish yo‗nalishlarida malaka oshirdi. Hozirda ular
joylarda ilg‗or xorijiy agrotexnologiyalar bo‗yicha ipak qurti boqish
yuzasidan seminarlar o‗tkazmoqda. Joriy yilda yana 55 ta mutaxassis
xorijga yuboriladi. Tizim korxonalarida 10 dan ortiq Xitoy va
Hindistondan taklif etilgan mutaxassislar ilg‗or usullarda ipak qurti boqish,
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‗yicha o‗qitish ishlarini olib
bormoqda.
E‘tiborli tomoni shundaki,yurtimizdagi qator ipakchilik ilmiy-
tadqiqot instituti olimlari hamda Xitoy fanlar akademiyasi professorlari
ipak qurtining Fibrina, tut daraxtlari zararkunandalari bo‗lgan tut
parvonasi hasharotiga qarshi kurashishning samarali vositalarini ishlab
chiqish borasida hamkorlik qilmoqda.
Ana shu hamkorlik doirasida ―O‗zbekipaksanoat‖ uyushmasi taklifi
bilan yurtimizga kelgan Xitoy fanlar akademiyasining ipakchilik sohasida
etakchi bo‗lgan uch nafar professor o‗qituvchisi Toshkent to‗qimachilik va
engil sanoat institutida uchrashuv o‗tkazadi. Unda sohadagi innovatsion
masalalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ipakchilikda ilg‗or
texnologiyalarni qo‗llash mavzularida suhbatlar bo‗lib o‗tadi.
Alohida ta‘kidlash joizki, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 20-martdagi qaroriga asosan Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti
uyushma tasarrufiga o‗tkazildi. Sohani innovatsion rivojlantirish
borasidagi ilmiy-tadqiqotlar hisobiga uyushma tarkibidagi korxonalarda
ipak qurti g‗umbagidan yog‗, qimmatbaho dorivor va farmakologik
185
vositalar, kosmetolgiya yo‗nalishidagi mahsulotlar ishlab chiqarish
rejalashtirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |