O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


III bob. DAVLAT TUShUNChASI, MOHIYATI, BELGILARI VA TIPLARI



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

III bob. DAVLAT TUShUNChASI, MOHIYATI, BELGILARI VA TIPLARI 
 
1-§. Davlat tushunchasi va mohiyati 
Davlat haqidagi fan tarixi murakkab, serqirra jarayondir. Ushbu fan doirasida 
davlatchilik tabiati, tuzilishi va funksiyalari haqidagi, davlatning paydo bo’lishi va 
evolyutsiyasi to’g’risidagi bilimlar to’planib, boyib boradi. Davlat tushunchasi va mohiyatini 
ko’rib chiqishga kirishishdan oldin, ularning talqini turlicha bo’lib kelginiga e’tiborni qaratish 
joiz. Davlat mohiyatini o’rganishga turlicha metodologik yondashuvlarning mavjudligi 
buning asosiy sababidir. Chunonchi, sho’rolar davridagi adabiyotlarda davlat yagona sinfiy 
nuqtai nazardan tushuntirilgan, ya’ni unga hukmron sinfning cheklanmagan hokimiyati, 
diktatura quroli sifatida qaralgan. 
Davlat mohiyatini ta’riflashga aynan shunday yondashuv Aflotun va Arastudan 
tortib, to ularning g’arbiy Ovrupadagi bugungi izdoshlarigacha bo’lgan nomarksistik 
ta’limotlarni asossiz ravishda idealistik, noilmiy qarash sifatida rad etib keldi. O’zaro 
farqlariga qaramay, ularning aksariyati davlatni ijtimoiy murosa va umumiy ezgulik yutug’i 
sifatida tushunishlari bunga sabab bo’lgan. 
Davlatchilik tarixida uni qanday tushunish lozimligini aniqlashni Aflotun va Arastudan 
boshlash maqsadga muvofiqdir. Ular tasavvuriga ko’ra, davlat siyosiy aloqa-lar vositasida 
muayyan bir tarzda birlashgan va o’zaro bog’liq odamlar jamoasidir. «Insonning o’ziga 
o’xshagan va ozod kishilar ustidan hukmronligini o’rnatuvchi hokimiyat»
1
shu aloqalar 
asosini tashkil etadi, deb hisoblardi ular. 
Davlat umumiy qiyofasini yagona fuqarolik jamoasi, siyosiy uyushma sifatida 
tushunish Ovrupa huquqshunoslik fanida uzoq vaqt mustahkam o’rin egallab keldi. 
Umuman, bu borada Aflotun va Arastu izdoshlari ko’pchilikni tashkil etadi. 
Ular orasidan eng buyuklari - G.Grotsiy, J.Lokk va I.Kantlar nomini keltiramiz. 
«Urush va tinchlik huquqi to’g’risida»gi asarida G.Grotsiy davlatni «huquqqa rioya 
yetish va umum manfaati yo’lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi»
2
sifatida 
ta’riflaydi. 
J.Lokk ham davlatni qariyb xuddi shunday tushunadi. «Hukmdorlik to’g’risida ikki 
risola» asarida u o’z nuqtai nazarini shunday ifoda etadi: «Davlat deganda men hamisha 
demoqratiya Yoki boshqaruvning u Yoki bu shaklini emas, balki lotincha «civitas» so’zi 
bilan ifodalagan har qanday mustaqil uyushmani nazarda tutaman, bizning tilimizda ushbu 
so’zga «davlat» «commnwealtx» so’zi mos keladi, u kishilarning shunday uyushmasini 
anglatadigan tushunchani Yanada aniqroq ifodalaydi»
3

I.Kant ham davlatga bo’lgan o’z qarashlarida shundek fikr yuritadi. «Abadiy tinchlik 
sari» asarida u shunday yozadi: «Davlat o’zi joylashgan yerning o’ziday mulk emas. Davlat 
- kishilarning o’zi xo’jayinlik qilib, o’zi boshqaradigan jamiyatidir»
4
. «Huquq haqidagi 
ta’limotning metafizik asoslari»da ham davlat to’g’risidagi shunga o’xshash ta’rifni 
uchratamiz: 
«Huquqiy 
qonunlar 
himoyasida 
bo’lgan 
ko’pchilik 
odamlarning 
birlashmasidir»
5

Albatta, davlatni hamisha va hamma aynan shunday tushungan ekan, deb o’ylash 
mumkin emas. Jumladan, qadimgi hind siyosiy ongida davlat (podsholik) tushunchasi 
davlat-panohining, hukmdorning «jismi»ni bildirgan. XVI-XVIII asrlardagi g’arbiy Ovrupoga 
qaytadigan bo’lsak, bu yerda davlatchilikni tushunish keskin ravishda o’zgargan. Davlat 
1
Аристотелъ. Политика. 2-tom (С.А.Жебелев таржимаси). 
2
Гроций Г. «0 праве войни и мира», М., 1956, 74-bet. 
3
Локк.Дж. Соч. 3-tomник. М., 3-tom, 388-bet. 
4
Каnt I. Sehчiften zur Sechtsphilosophlie. Вегlin, 1988, S. 290. 
5
Ibid S. 127. 


39 
deganda tobora ko’proq hukmdor va uning yaqinlari, xalq hokimiyati organlari, amaldorlar, 
mansabdor shaxslar qatlamlari va shu kabilar birgalikda tushuniladigan bo’ldi. Davlat 
mohiyatini tushunishdagi bunday o’zgarishlarning, albatta, o’z sababi, o’z targibotchilari 
bor edi. 
Ular orasida J.Boden o’zining «Davlat to’g’risida olti kitob» asarida davlatni «suveren 
hokimiyat vositasida ko’plab oilalar va ularga tegishli narsalar»
6
ustidan adolatli hukmronlik 
sifatida tushunishni taklif etgandi. Atoqli fransuz davlatshunosi, Arastu singari, davlat 
deganda odamlarning muayyan birligini qayd etsa-da, bu birlik endi davlatning asosiy, 
tizimlar tashkil etuvchi qismi sifatida maydonga chiqmaydi. U faqat davlat tomonidan 
harakat ob’yekti sifatidagina namoyon bo’ladi. Davlat esa, uning ta’kidlashicha, suveren 
hokimiyatning odamlar jamoasi ustidan amalga oshiradigan rahbarligidir. J.Bodengacha 
hech kim davlatni shunday tushunmaginini qayd yetish joiz. 
«Suverenitet», «suveren hokimiyat» uning nazariyasidagi muhim so’zlardir. Uning 
fikricha, suverenitet «davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir». Ayni paytda uning bu 
nazariyasining o’ziga xos tomoni shundaki, odamlarning butun jamoasi suveren 
hokimiyatning eng yaqin va bevosita amalga oshiruvchisi bo’lolmaydi, bu vazifani 
hammaning ustidan hukmron bo’lgan davlatpanoh (Yoki oliy organ) bajarishi mumkin. Shu 
tariqa u xalq suverenitetini keyingi o’ringa surib, uni davlatpanoh suverenitetiga 
almashtiradi. 
J.Boden davlatning shubhasiz muhim belgisini alohida ajratib, munosib baholay 
olganligini ta’kidlash kerak. Lekin mazkur tamoyil, muallifning bunday talqini ba’zi 
e’tirozlarga sabab bo’lmasligi mumkin emas. Zero, bu suverenitet egasini ijtimoiy yahli 
tlikni tashkil etuvchi odamlar jamoasidan keskin ajratib qo’yish degan gap edi. Chunki 
dahshatning o’zi ham, unga suverenlik huquqini baxsh etuvchi ham ana shu yahli tlikning 
qismlaridir. Shu nuqtai nazarni T.Gobbs ham qo’llab-quvvatlab rivojlantiradi. Darvoqe, 
buning uchun u birmuncha boshqacha dalillardan foydalanadi. 
Odamlarni qo’rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka yo’naltirishga, deydi T.Gobbs, 
faqat barcha alohida imtiyoz va kuchlarni bir odam qo’lida Yoki bir qancha kishilik jamoat 
qo’lida jamlash orqaligina erishish mumkin. Agar shu tariqa ko’pchilik odamlarning 
birlashuvi ro’y bersa, bu davlat deb ataladi. Monarx (ya’ni, podsho) davlat timsolida 
namoyon bo’ladi. Davlat mohiyati faqat ana shu odamda (Yoki tegishli shaxslar 
yig’inida)gina mujassamlashgan bo’ladi, deb hisoblaydi T.Gobbs. Suverenitet sohibi aynan 
shu davlatning o’zidir, uning zimmasiga «qo’l ostidagilarga tinchlik-osoyishtalikni baxsh 
yetish, ular xavfsizligini ta’minlash yuklatiladi»
7

Bunday qarashlar dunyo miqyosida ancha keng tarqalgan Anarxistlar ham, 
sotsialistlar ham, liberallar ham ularni qo’llab-quvvatlashgan. Chunonchi, misol uchun rus 
anarxisti M.Bakunin, davlatni jamiyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan tashkilot deb 
hisoblaydi. Uning fikricha, davlat «uch yaramas narsaga - burokratiya, politsiya va 
armiyaga taYanadi.-...bu imtiyozli sinflar ezuvchi va aqidaparast idrokining ko’zga tashlanib 
turuvchi tana jismidir»
8

Shunday qilib, biz davlat mohiyatining marksizm asoschilari tomonidan talqini 
masalasiga yetib keldik. Uni alohida izohlamoqchimiz. Zero, davlatchilik nazariyasi va 
amaliyoti taraqqiyotida ular alohida salbiy ahamiyat kasb etgan. 
K.Marks va F.Engels uchun davlat, birinchi navbatda, «bir sinfning ikkinchi sinf 
tomonidan bostirilish mashinasidan boshqa narsa emas». Marks va Engels, burjua 
jamiyatidagi davlat «faqat butun burjuaziya sinfi umumiy ishlarini boshqaruvchi qo’mitadir, 
xolos», deb uqtirishgan («Kommunistik partiya manifesti»), Lenin ham davlat timsolida 
6
“LL persiero politico dalle oruginial nostri Giorni” Roma, 1966, Р. 356. 
7
Гоббс Т. Соч. В 2-х tomах. М., 1992, 2-tom. 133-bet. 
8
Бакунин М. Избр, соч. М., 1992, 2-tom. 262-bet. 


40 
«bir sinfning boshqasi ustidan hukmronligini saqlab turuvchi» mashinani ko’rgan. «Davlat - 
muayyan sinfning hukmronlik organi dir, - deydi u. - U o’z muxoliflari bilan (o’ziga qarama-
qarshi sinf bilan) murosaga kelishi mumkin emas». 
Bunday yondashuv davlat to’g’risidagi tasavvurlarni qashshoqlashtirar va hatto buzib 
ko’rsatardi, uning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini jo’n va bir tomonlama tushunishga olib 
kelar, mazkur hodisaning majburlovchi, zo’ravonlik tomonlari ustuvorligini tan olishga 
da’vat yetardi. 
Biroq, shuni ham ogohlantirish joizki, har qanday yondashuvni, shu jumladan, sinfiy 
yondashuvni ham bir yo’la rad etib bo’lmaydi. Davlat rivojida shunday paytlar bo’ladiki, 
unda mazkur yondashuv ham (barcha nuqsonlariga qaramay) ish berishi mumkin. 
Masalaning mohiyatini oydinlashtirishga harakat qilamiz. 
Ma’lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan darajaga yetib, ijtimoiy ne’matlarni 
teng taqsimlashning avvalgi tizimi yashay olmay qolgan hamda jamiyatning bundan 
keyingi rivoji uchun Sharq jamiyatida bo’lginidek, siyosiy sohada yoxud Ovrupodagidek 
siyosiy va iqtisodiy sohada bosh-qaruv bilan shugullanadigan elitar qatlamni ajratish za-
ruratga aylanganda davlat dunyoga keladi. Bu - jamiyatni tabaqalanishga olib keldi va 
shunda dastlab (ibtidoiy jamoa tuzumida) jamiyatning barcha a’zolariga tegishli bo’lgan 
hokimiyat siyosiy mazmun kasb etdi, ya’ni u eng avvalo imtiyozli ijtimoiy guruhlar, sinflar 
manfaatiga xizmat qila boshladi. Binobarin, davlatning paydo bo’lishi hamisha 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish