O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Birinchidan, 
muayyan tarixiy shart-sharoitni e’tiborga olish kerak. Jamiyatdagi 
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy dunyoqarashning rivojlanish darajasi, ochiqroq qilib aytganda, 
iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy kuchlarning bir-birlari bilan munosabat darajasi, sinfiy 
ziddiyatlar, hur fikrlilik kabilarni e’tiborga olgan holda rivojlanish maqsadga muvofiq 
bo’ladi. 
Ikkinchidan, 
odamlarning dunyoqarashlari, ruhiyati kabi omillar jamiyat 
taraqqiyotini tartibga solishda katta rol o’ynaydi. Masalan, jamiyat hayotida ro’y 
berayotgan, amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy islohotlar aholi tomonidan qanday 
tushunilayapti va qay darajada qabul qilinayapti kabi masalalar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ayniqsa, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish ahamiyatlidir. Jamiyatda 
odamlar orasida, sinf va tabaqalar, millatlar o’rtasida kelishtiruv, tinchlik va o’zaro yordam 
berish g’oyalarini targ’ib yetish ahamiyatlidir. 
Uchinchidan, 
ijtimoiy tartib o’rnatish, odamlar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi 
munosabatlarni tartibga solish uchun qonunlarni joriy yetish lozim. Odatda ularni 


31 
adabiyotlarda ikki turga bo’ladilar. Oddiy bir shaxsga taalluqli Yoki bir marotaba amal 
qiladigan normalar va murakkab, ya’ni hamma uchun barobar bo’lgan, doimiy amal 
qiladigan normalar. 
Normalar bilan jamiyat hayotini tartibga solish insoniyat hayotida eng muhim 
yutuqlardan biri hisoblanadi. Hamma uchun qat’iy qilib o’rnatilganligi va unga amal qilish 
davlat tomonidan ta’minlanishi jamiyatni tartibga keltiradi. Qonun-qoidalar qanchalik 
hayotiy, adolatli bo’lsa va ularni sohibi qonunlar amalga oshirishni ta’minlasalar, bunday 
jamiyatda ijtimoiy tartib yuksak bo’ladi. Aksincha, qoidalarga rioya etilmasa, qonunlar 
buzilsa, jamiyat hayotida tartibsizlik yuz beradi. Tartibsizlik jamiyatni oxir-oqibatda 
halokatga olib kelishi mumkin. Jamiyatda tartibsizlikni keltirib chiqaradigan kuchlar mavjud 
bo’ladi. Jinoyatchi guruhlar, turli-tuman siyosiy, diniy aqidaparastlarni misol qilib keltirish 
mumkin. Sohibi qonun hamma vaqt ana shu xavf va xatarlardan ogoh bo’lgan holda ularni 
bostirish uchun ijtimoiy tartibni mustahkamlashi kerak. Masalan, bugungi O’zbekiston, 
YAponiya kabi davlatlarda ijtimoiy tartib jamiyatning rivojlanishiga olib kelganligini 
ko’ramiz. Afg’oniston, Rossiya va Yana boshqa bir qator mamlakatlarda, aksincha, ijtimoiy 
tartibsizlikka olib keluvchi kuchlarning ustunligini kuzatamiz. 
Jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi masalasini o’rganadigan bo’lsak, 
birinchidan, uzoq yillar davomida adabiyotlarda ushbu masala birlamchi manba sifatida 
marksizm-leninizm ta’limoti asoschilaridan biri F.Engelsning «Oila, xususiy mulk va 
davlatning kelib chiqishi» asari asosida o’rganildi. 
F.Engelsning asari esa o’z navbatida mashhur amerikalik tarixchi olim L.Morganning 
«Qadimgi jamiyat» (1877 yil) degan asari asosida yozilgan edi. 
Ikkinchidan, jamiyatning paydo bo’lishi, rivojlanishi masalasi asosan evrotsentrik 
ta’limotlar, g’oyalarga tayandi. 
Uchinchidan, eng achinarlisi shundaki, inson «hayvonot dunyosidan» ajralib 
chiqqandan keyin jamiyatning dastlabki bosqichiga asos soldi Yoki inson maymunlar 
oilasidan ajralib chiqib, o’z jamiyatiga asos soldi, degan qarashlar va ta’limotlar hozircha 
adabiyotlarda hukmronlik qilib kelmoqda. Bizning fikrimizcha, bunday qarashlar ilmiy 
dalillarga asoslanmagan ta’limotlardir. Inson tabiatan inson bo’lib yaratilgini boshqa gap. 
Uning hayoti, madaniyati, tafakkuri turli tarixiy davrlarda turli bosqichlarni bosib o’tib, 
tsivilizatsiyaning yuqori rivojlanish bosqichiga erishgan. 
Bugun biz jamiyatni tarixiy jihatdan o’rganishda yuqorida sanab o’tilgan qarashlar, 
ta’limotlarga ergashmasdan, ularga asoslanmasdan ilmiy nuqtai nazardan yondashish 
imkoniyatiga egimiz. Bizning fikrimizcha, ilk bor jamiyatning tashkil topishida oilaga 
e’tiborni qaratishimiz zarur. Chunki odam tabiat qonunlariga ko’ra o’zi yakka yashamasdan, 
o’z naslini davom ettirish uchun barcha boshqa mavjudotlar kabi oila quradi. Oilada ona, 
ota va bolalar o’rtasida ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Tabiiyki, oilani ham jamoa 
sifatida boshqarish zarur bo’ladi. Shu boisdan ham oilaning paydo bo’lishi ijtimoiy tartib va 
qoidalarning o’rnatilishiga olib keladi. Kitoblarda avval Ona boshqaruvi, ya’ni matriarxat 
o’rnatilgan va keyinchalik Ota hokimiyati - patriarxatning o’rnatilishiga olib kelgan, degan 
mulohazalar mavjuddir. Eng muhimi, bizning fikrimizcha, oilalarning shakllari turli 
zamonlarda turlicha bo’lishi va turli xalqdar va elatlarda ham oilaning turlicha 
sharhlanishiga qaramasdan, bugungi kunga qadar oilaning saqlanishi va rivojlanishini 
e’tiborga olish kerak. Uni jamiyat va davlatning ilk bor paydo bo’lgan bo’gini sifatida 
o’rganish davlat va huquq nazariyasi fanining vazifasiga kiradi. Arastu va Forobiylar 
ta’kidlaganlaridek, oilalardan urug’lar, qabilalar, butun bir mahalla va shahar (polis) 
davlatlarining tashkil topginini e’tirof etmoqchimiz. Ona (matriarxat) Yoki ota (patriarxat) 
boshqaruvi masalasiga kelganda, albatta, shunday tarixiy davrlar bo’lganki, qon-
qarindoshchilik ona tomonidan belgilangan, ayniqsa, ko’p nikoxlilik Yoki ko’p xotinlilik va 
aksincha ko’p erlilik hollarida Ona yoki Otaning oilani, urug’ni boshqarishdagi roli o’zgarib 


32 
turgan desak xato bo’lmaydi. 
Urug’larning ittifoqi natijasida butun bir mahallalar va mahallalarning yagona 
shaharga birlashishi oqibatida ijtimoiy hokimiyat, oila, urug’ rahbarlarining o’zaro to’planib, 
maslahat, kengash orqali shaharlarni boshqarishi amalga oshiriladi. Ilmiy adabiyotlarda 
ko’p jihatdan davlat va huquq paydo bo’lishiga qadar davrda ibtidoiy jamoa tuzumining 
tashkil topganligi haqida yozilgan. 
Ibtidoiy jamoada hokimiyat urug’, qabila boshliqlarining obro’-e’tiborlariga tayangin. 
Oliy organi barcha urug’ a’zolarining yig’ini, majlisi bo’lgan. Bu davrlarda hokimiyat ham 
jamiyatda shakllanib, undan ajralmagan holda amal qilgan. Hokimiyat to’g’ridan-to’g’ri 
barcha a’zolarning birga yashash, ishlash va harakat qilishlari asosida olib borilgan. 
Hokimiyat uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislar Yoki qurollangan kuchlar bo’lmagan. 
Hamma mehnat qiladi va zarur bo’lganda hamma bir bo’lib urug’ni tashqi dushmanlardan 
himoya qiladi. 
Urug’ rahbari - oqsoqolning urug’ga rahbarlik qilishi imkoniyatlari cheksiz bo’lgan. U 
zarur bo’lganda urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishlarida muhim masalalarni hal qilgan. 
Ayrim qoida va odat normalarini buzganlarga nisbatan chora ko’rgan. Bu yerda shuni 
aytish kerakki, jinoyatchiga nisbatan ko’rilgan chora-tadbirlar qat’iy bo’lib, ular o’z iaqtida 
oshkora amalga oshirilgan. Zarur bo’lganda eng oliy jazo - hayotdan mahrum yetish Yoki 
urug’dan badarg’a qilish choralari ham qo’llanilgan. Urug’ a’zolari teng bo’lganlar. Ular 
orasida hech bir shaxs imtiyozlarga ega bo’lmagan, shu boisdan ham qoida buzuvchilar 
javobgarlikdan chetda qolishi mumkin bo’lmagan. 
Davlatli jamiyatlarga xos bo’lgan illatlar, masalan tanish-bilishchilik, qarindoshchilik, 
poraxo’rlik, o’g’irlik, sansalorlik, firibgarlik kabi nuqsonlarga o’rin bo’lmagan. Ibtidoiy jamoa 
a’zolarining xatti-harakatlari, turmush t’arzlari tajriba asosida vujudga kelgan odat, axloq 
qoidalari (normalari) asosida amalga oshirilgan. Keyinchalik ko’p yillar davomida 
takrorlangan va hamma uchun ma’qul va zarur bo’lgan odat qoidalari ibtidoiy maktablarda 
o’rgatilgan. Masalan, bizning O’zbekiston hududida ana shunday insoniyat tarixiga mansub 
bo’lgan qadimiy ibtidoiy maktabga misol tariqasida hozirgi Surxondaryo viloyatida 
saqlangan Zarautsoy suratlarini keltirish mumkin. Zarautsoy Ko’hitang tog’i yetaklarida 
joylashgan Xo’ja Anqo va Qizilolma qishloqlari orasidadir. Zarautsoyda 270 taga yaqin 
rang-bo’yoq bilan toshga o’yib ishlangan rasmlar saqlangan. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davlat va huquq paydo bo’lgunga qadar insoniyat tarixida 
uzoq asrlar davomida mavjud bo’lgan o’ziga xos xususiyatlar va sifatlarga ega tuzum edi. U 
davlat va huquq paydo bo’lgunga qadar insonlarni birlashtirgan, ularning turmush tarzlarini 
belgilab bergan, ko’p jihatdan tabiiy qonunlarga mos holda barchaning ijtimoiy tengligini 
ta’minlagan jamiyat edi. Shu sababdan ham qadimgi shoirlar, mutafakkirlar bu davrni 
«oltin» davr deb ham ta’riflagan. 
Urug’larning ko’payishi, hayotning rivojlanishi insoniyat tomonidan kashf etilgan 
jamiyatning yangi tarixiy bosqichga o’sib o’tishiga olib keldi. Yangi bosqich, davr sifat va 
mazmun jihatidan avvalgi ibtidoiy tuzumdan farq qildi. Yangi ijtimoiy tuzumning o’ziga xos 
xususiyati davlat va huquqning paydo bo’lishidir. Bu jarayon bir kunda ro’y bermasdan, 
balki, uzoq asrlar davomida amalga oshgan. 
Davlat jamiyatda ilk bor paydo bo’lgan siyosiy institutdir. Davlat, F.Engels 
aytginidek, maxsus, faqat idora ishlari bilan shugullanuvchi ijtimoiy hokimiyatning 
jamiyatning ichidan ajralib chiqishi va shu jamiyatni boshqarish jilovini o’z qo’lida saqlashi 
bilan xarakterlanadi. Davlatli jamiyatda urug’lar, xalqlar, millatlar, sinflar o’rtasida ijtimoiy 
tengsizlik mavjud bo’ladi. Davlat ana shu kuchlarni murosaga keltirish, jamiyatni yagona 
tuzum sifatida saqlab, idora qilish uchun xizmat qiladi. Davlat jamiyatni idora qilishda 
o’zining apparatiga va asosan o’zi tomonidan ishlangan qonunlarga asoslanadi. 
 


33 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish