O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

birinchisi, 
agar qonun yoki normativ aktning 
o’zida, ularning orqaga qaytish kuchi ko’rsatilgan bo’lsa; 
ikkinchisi, 
agar qonunda qilingan 
xatti-harakat uchun jazo qo’llash to’xtatilgan bo’lsa yoki jazoni yyengillashtirish ko’zda 
tutilgan bo’lsa, qonun orqaga qaytish kuchiga ega. 
Qonun va boshqa normativ-huquqiy aktlar quyidagi uch asosga ko’ra o’z amal 
qilishini to’xtatadi: 
a) normativ aktning amal qilishi belgilab qo’yilgan muddat tugagan bo’lsa; 
b) davlat vakolatli organi ning normativ aktni bekor qilish to’g’risida qarori bo’lsa 
yoki eskisining o’rniga kelayotgan yangi qabul qilingan normativ aktda bu haqda 
ko’rsatilgan bo’lsa; 
v) ilgari amalda bo’lgan normativ aktni almashtiruvchi yangi normativ akt qabul 
qilinsa. 
Odatda, eskirgan normativ aktni bekor qilish yoki kuchini yo’qotgan deb topish 
haqida maxsus qaror qabul qilinadi. 
3. Normativ aktlarning hududda,
makonda harakatlanishi
Davlat suvyereniteti tamoyiliga binoan normativ-huquqiy aktlar davlatning butun 
hududida harakatda bo’ladi. Davlat hududiga quyidagilar kiradi - yer maydoni, yer osti, 
ichki va hududiy suvlar, yer va suv hududi ustidagi havo makoni, elchixonalarning, harbiy 
kemalar, parvoz etuvchi kemalar (apparatlar) hamda ochiq dengizda suzuvchi 
kemachalarning hududlari. Normativ aktlar amal qilinishining hududiy ko’lamlari davlat 
yurisdiksiyasi bilan chambarchas bog’liq. Ba’zan xorijiy mamlakat qonunchiligi muayyan 
davlat hududida amal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun bu ikki davlat o’rtasida ular 
qonun hujjatlarining o’zaro bir-birining hududida amal qilishi haqida shartnoma bo’lishi 
shart. 
Xalqaro shartnomalar normativ aktlarning ekstyerritorial harakatini ham nazarda 
tutishi mumkin. Ya’ni, bir davlatning qonunlari o’z hududidan tashqarida ham amal qiladi 
(bir davlat qonunlarining boshqa davlat hududida bo’lgan o’z fuqarolari va tashkilotlariga 
nisbatan qo’llanilishi). Fedyerativ davlatlarda fedyeral qonunlar butun ittifoq hududida, 
fedyeratsiya sub’yektlarining qonunlari esa ularning o’z hududlaridagina harakatlanadi. 
Ko’pchilik davlatlarning qonunchiligida kollizion me’yorlar mavjud. Bular nizoli 
vaziyat vujudga kelganda qo’llaniladi. Masalan, teng kuchli huquqiy aktlar to’qnashib 
qolganda, shuningdek turli davrda chiqarilgan aktlar yoki har xil hajmdagi aktlar yoxud turli 
idoralar tomonidan o’rnatilgan aktlar o’zaro zid kelib qolganda kollizion normalar ishga 
solinadi. Davlatning turli ma’muriy-hududiy bo’laklari uchun chiqarilgan aktlar o’rtasida 
ham o’zaro qarama-qarshilik kelib chiqishi mumkin. Aksariyat hollarda bunday nizolar sud 
orqali hal etiladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish