O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi



Download 1,8 Mb.
bet22/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

2.5. Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning muqarrarligi prinsipi


Mazkur prinsip mazmuniga ko‘ra prokuror, tergovchi va surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi jinoyat alomatlari aniqlangan hamda jinoyat ishi qo‘zg‘atish uchun sabab va yetarli asoslar mavjud bo‘lgan barcha hollarda o‘z vakolatlari doirasida jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, biror-bir muassasa, tashkilot, fuqarolarning xohish-irodasidan qat’iy nazar jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni fosh etish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha zarur choralarni ko‘rishlari shart.




2.6. Odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish prinsipi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18, 46-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 16-moddasi odil sudlovni barcha shaxslarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish prinsipining huquqiy asosi sifatida xizmat qiladi. Mazkur prinsip Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 7-moddasiga ham asoslanadi. Xalqaro huquqning ushbu normasiga binoan barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir.


Mazkur prinsipning mazmunini quyidagicha belgilash mumkin: sudga murojaat qilgan va protsessda ishtirok etayotgan shaxsga ayrim imtiyozlar taqdim etish yoki uni kamsitish uchun uning mulkiy va mansab mavqeyi, jinsi, irqi va millati, ma’lumoti, tili, dinga nisbatan munosabati, turar joyi, e’tiqodi, jamoat birlashmalarda a’zo bo‘lishi yoki birorta boshqa holatlar asos bo‘lmaydi va protsessning yuritilishiga va yakuniga hech qanday ta’sir etmaydi. Ushbu talablar odil sudlovni amalga oshirishning barcha shakllariga tatbiq etiladi, chunki sud ishlarini yuritishning birorta sohasida qonun qoidalari fuqaroning huquqiy maqomini yuqorida ko‘rsatilgan belgilar bilan bog‘lamaydi.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish