O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi



Download 1,8 Mb.
bet15/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

1.4. Jinoyat-protsessual huquqi huquq sohasi sifatida va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi


Jinoyat-protsessual huquqi surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura va sud organlarining jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, tergov qilish va hal qilish faoliyatini tartibga soluvchi huquq sohasi hisoblanadi. Jinoyat-protsessual huquqi nafaqat turdosh huquqiy fanlar bilan, balki jinoyat ishlarining sud muhokamasi vazifalarini amalga oshirish manfaatlarida muvaffaqiyatli foydalaniladigan bilimlarning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘langan.


Jinoyat-protsessual huquqi Konstitutsiyaviy huquq bilan chambarchas bog‘liq. Xususan, Konstitutsiya davlat hokimiyati va jinoyat sud ishlari yurituvining asosiy prinsiplarini shakllantirgan, mamlakatda sud tizimini belgilab bergan. Shuningdek, Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi masalasi ham belgilangan.
Jinoyat-protsessual huquqi, shuningdek Jinoyat huquqi bilan ham bog‘liq. Jinoyat-huquqiy munosabatlarni o‘rnatish va jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llashni faqatgina jinoyat-protsessual munosabatlar doirasida amalga oshirish mumkin. Jinoyat huquqi normalari, birinchidan, faqatgina jinoyat-protsessual huquq normalari orqali qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llashga faqatgina jinoyat-protsessual munosabatlar subyektlari haqli hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual huquqi Jinoyat-ijroiya huquqi bilan ham uzviy bog‘liq. Jinoyat-protsessual kodeksi normalari sud tomonidan mahkumni saqlash tartibini o‘zgartirish, hukmni ijroga qaratish, jazoni o‘tash sharoitlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq munosabatlarni ham tartibga soladi.
Jinoyat-protsessual huquqi kriminologiya fani bilan ham uzviy bog‘liq. Jinoyatchilikni, uning sabab va shart-sharoitlarini, jinoyatchining shaxsini o‘rganadigan, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqadigan kriminologiya jinoyat protsessi nazariyasi va amaliyoti bilan chambarchas bog‘langan. Bu narsa jinoyat-protsessual qonunning har bir muayyan ish bo‘yicha jinoyatning sabablari hamda uning sodir etilishiga ko‘mak bergan shart-sharoitlarni aniqlash, ularni bartaraf etish uchun chora ko‘rish, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaxsini to‘liq va har tomonlama o‘rganish talabida o‘z aksini topadi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish