O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish



Download 1,8 Mb.
bet84/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

11.5. Fuqaro ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida taqdimnoma va xususiy ajrim qabul qilish

Surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror – taqdimnoma, sud esa xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati va jamoasini jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda fuqaro yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgani, ijtimoiy burchini namunali bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilishi mumkin (Jinoyat-protsessual kodeksining 300-moddasi).


Fuqarolar jinoyatning sodir etilishini oldini olishda, jinoyat sodir etilganda uning holatlarini aniqlab olish, aybdorlarni qidirish va fosh etish, shuningdek jinoyatning sodir etilishi sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash uchun davlat organlariga ko‘mak berishlari lozim. Jinoyat-protsessual kodeksining 300-moddasida nazarda tutilgan qoida jinoyatning oldini olish yoki uni fosh etishda yuksak onglilik, jasorat ko‘rsatgan, ijtimoiy burchini namunali bajargan fuqarolarni rag‘barlantirishning protsessual vositalaridan biri hisoblanadi.

Mavzu bo‘yicha xulosalar


Mazkur mavzuni o‘rganishda oquvchilar jinoyat protsessida jinoyatlarni oldini olish tushunchasi va turlari, mazkur institutning shakllari va huquqiy oqibatlariga oid masalalarni ko‘rib chiqishlari, qiyosiy-huquqiy tahlil o‘tkazib, jinoyat ishlari yurituvida jinoyatlarni oldini olish institutining rolini aniqlashlari lozim.

Muammoli savollar va kazuslar


1. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash majburiyati qonun hujjatlarining vazifalaridan biri bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat. Jinoyat protsessual kodeksining jinoyatlarni oldini olishdagi huquqiy va ijtimoiy o‘rnini tahlil qiling. Jinoyat protsessual qonuni vazifalari doirasida jinoyatlarni oldini olishdagi davlat organlari hamkorligi masalasiga to‘xtaling.
2. Jinoyatni sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan yoki uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf qilish yuzasidan dastlabki tergovda taqdimnoma, sud muhokamasida esa xususiy ajrim chiqariladi. Xususiy ajrim chiqarishdan maqsad o‘z isbotini topgan jinoyat ishini sodir bo‘lishiga sabab bo‘lgan holatlarni ko‘rsatish va jinoyatni sodir bo‘lishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini bayon qilish va ko‘rilgan chora-tadbirlarni ijobiy hal qilinganligini nazorat qilish. Taqdimnoma va xususiy ajrimning umumiy va maxsus belgilarini tavsiflang. Tergovchi va sudyaning jinoyatlarni oldini olish faoliyatini o‘zaro nisbatini tahlil qiling.
Kazus
Farg‘ona viloyatida joylashgan zavodda shu zavod ishchisi Qayumov tomonidan sodir etilgan talon-taroj jinoyati bo‘yicha sud xususiy ajrim chiqarib, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi:
1) kadrlar masalasini noto‘g‘ri tashkil etilganligi;
2) o‘z vaqtida inventarizatsiyani o‘tkazilmaganligi;
3) mulkiy javobgar shaxsning ishga sovuqqonligi;
4) zavodda qo‘riqlash tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi.
Bularni tezda bartaraf qilib (bartaraf qilish yo‘llari ko‘rsatilmagan), sudga xabar berilishi ta’kidlanib, sudning xususiy ajrimi zavod ma’muriyatiga jo‘natiladi.

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish