1.3. Masalaning qo`yilishi
Ta`lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil
etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi teknik jihatdan
murakkab sanalsada, ammo
bunday muhit ta`lim tizimini takomillashtirishga, ta`limda axborot
texnologiyalarini tub ma`noda joriy etashga xizmat qiladi. An`anaviy
va elektron
shakldagi o`quv materiallari yagona ta`lim muhitining
tarkibiy qismi sifatida bir-
birlarini to`ldirishlari muhim sanaladi. Yangi axborot texnologiyalarining
imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni
yechishga xizmat
qiladi. Bitiruv malakaviy ishida ”Dasturlash asoslari”
fanidan kasb- hunar
kollejlari uchun elektron qo’llanmayaratish masalasi qo`yildi.
Elektron qo`llanma
Auto play dasturi yordamida yaratilishi kerak.
Elektron qo’llanma quyidagi bo’limlardan iborat bo’ladi:
•
o’quv dastur;
•
ma’ruza matnlari;
•
amaliyot mashg’ulotlari;
•
laborotoriya ishlari;
•
mustaqil ishlari;
•
sinov testlari ;
•
krossvord.
Auto
play dasturi yordamida
Kasb-hunar kollejlari uchun “Dasturlash
asoslari” fanidan
elektron qo`llanma yaratish.
16