O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


hissasiga  to’g’ri  keladi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

hissasiga  to’g’ri  keladi.  Hamdo’stlik  hududida  jahon  bozorida  talab  yuqori 
hisoblangan  tabiiy  resurslarining  yirik  zaxiralari  mavjud.  Faqat  Rossiyada 
aniqlangan  neftь  zaxiralari  jahon  neftь  zaxiralarining  13  foizini  tashkil  etadi. 
Ozorbayjonda  bu  ko’rsatkich  10  foizdan  ko’proqqa.  Qozog’iston  va 
Turkmanistonda  qariyb  10  foizga  teng.  Rossiyada  jahon  gaz  zaxiralarining 35 foizi 
joylashgan  bo’lsa,  Ozarbayjon,  Qozog’iston,  Turkmaniston  va  O’zbekistonda 
birgalikda  qariyb 20 foiz gaz zaxiralari  joylashgan. 
Toshko’mir  va  qo’ng’ir  ko’mir  ishlab  chiqarish  bo’yicha  Rossiya,  Ukraina 
va  Qozog’iston  jahonda  ikkinchi  o’rinni  egallaydi.  Olmos,  boksit,  mis,  nikelь, 
kobalьt  va  qo’rg’oshin  rudalarining  asosiy  zaxiralari  Rossiyada  joylashgan  bo’lsa, 
temir  rudalari,  boksitlar  va  mis  rudalarining  yirik  zaxiralari  Ukraina,  Qozog’iston 
va  Gruziyada  joylashgan.  Rossiya  va  Belorusda  eng  yirik  o’rmon  hududlari  (er 
sharidagi  o’rmonlarning  to’rtdan  bir  qismi)  va  kaliy  tuzining  eng  yirik  zaxiralari 
mavjud*. 
Evropa  va  Janubiy-SHarqiy  Osiyoni  tutashtiruvchi  eng  qisqa  quruqlik  va 
dengiz  (SHimoliy  Muz  okeani  orqali)  yo’li  MDH  hududidan  o’tib,  u  XXI  asrda 
eng muhim  global  iqtisodiy markazga  aylanadi. 
MDHning  raqobatbardosh  resurslari  jumlasiga,  shuningdek,  arzon  ishchi 
kuchi  va  energiya  resurslarini  kiritish  mumkin.  Hamdo’stlik  bo’yicha  har  yili  jahon 
elektr  quvvatining  10  foizi  ishlab  chiqariladi  va  bu  iqtisodiy  o’sish  uchun  muhim 
shart-sharoit bo’lib xizmat  qiladi.   
MDHga  a’zo  mamlakatlar  iqtisodiy  integratsiyasining  strategik  maqsadlari 
xalqaro  mehnat  taqsimoti  imkoniyatlaridan  maksimal  darajada  foydalanish, 
barqaror  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni  ta’minlash  uchun  ishlab  chiqarish 
ixtisoslashuvi  va  kooperatsiyasini  rivojlantirish,  Hamdo’stlikka  kiruvchi  barcha 
mamlakatlar  aholisi  turmush farovonligini  yaxshilash  hisoblanadi. 
Garchi,  MDH  doirasida  iqtisodiy  integratsiyani  chuqurlashtirish  sohasida 
qator  chora-tadbirlar  amalga  oshirilayotgan  bo’lsa-da,  unga  a’zo  mamlakatlar 
iqtisodiyotlarining  integratsiyalashuvi  past  darajada  qolmoqda.  Sobiq  Ittifoqda 
respublikalararo  tovar  aylanmasi  ittifoqdosh  respublikalar  jami  tashqi  savdo 
aylanmasining  69  foizini,  Yevropa  Ittifoqida  unga  a’zo  mamlakatlar  o’zaro  tashqi 
savdo  aylanmasining  jami  tashqi  savdo  aylanmasidagi  ulushi  62  foizni  tashkil  etsa, 
MDHda bu ko’rsatkich 28 foizga teng, xolos.  
MDH  doirasida  qabul  qilingan  bitimlar  va  shartnomalarni  muvaffaqiyatli 
amalga  oshirish uchun quyidagi  tamoyillarga  amal  qilinmoqda: 
-  integratsion  aloqalarni  rivojlantirish  ixtiyoriylik  asosida,  ham  ikki  yoqlama, 
ham  ko’p  tomonlama  shartnomalardan  foydalanish  yordamida bosqichma-bosqich 
amalga  oshirilmoqda; 
-  hududiy  integratsiya  o’zaro  manfaatdorlikka  asoslanmoqda  va  hamkor 
davlatlarga  ziyon yetkazmaslikka  alohida e’tibor qaratilmoqda; 


 
176 
-  zaruriyat  tug’ilganda,  MDH  a’zolariga  ularning  ma’suliyati  ostida  va  aniq 
iqtisodiy natijalarni  ko’zda tutib jamoaviy  yordam ko’rsatilmoqda; 

hamkor  mamlakatlardagi  iqtisodiy  islohotlar  rag’batlantirilmoqda  va 
ularga  har tomonlama  yordam ko’rsatilmoqda; 
-  mamlakatlararo  munosabatlarda  bozor  sub’ektlari  orasidagi  gorizontal 
aloqalarga 
ustuvorlik 
berilmoqda, 
mikrodarajadagi  integratsion  aloqalarni, 
iqtisodiy  hamkorlikning  yangi-yangi  shakllarini  keng  ko’lamda  rivojlantirish 
ko’zda tutilmoqda.        
MDH  doirasida  iqtisodiy  integratsiyaga  to’sqinlik  qilayotgan  asosiy 
muammo  tashkiliy-huquqiy  asos  va  Hamkorlikka  a’zo  mamlakatlar  o’zaro  harakat 
mexanizmining  takomillashmagani  hisoblanadi.  SHuningdek,  MDHga  a’zo 
mamlakatlar  iqtisodiy  salohiyatining  turli  darajada  ekanligi,  alohida  mamlakatlar 
ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  o’rtasidagi  tafovut,  milliy  qonunchilik 
hujjatlarining 
muvofiqlashtirilmaganligi 
kabi 
omillar 
ham 
integratsiya 
imkoniyatlarining  cheklanishga  olib kelmoqda.  
Erkin  savdo  zonalarini  tashkil  etish,  to’lov  ittifoqini  shakllantirish,  yagona 
kommunikatsiya  va  axbarot  makonini  barpo  etish,  ilmiy-texnika  va  texnologik 
hamkorlikni  takomillashtirish  asosida  umumiy  iqtisodiy  makonni  shakllantirish 
orqali  MDHga  a’zo  mamlakatlar  o’rtasidagi  integratsion  aloqalarni  yanada 
rivojlantirish 
mumkin. 
A’zo 
mamlakatlarning 
investitsiya 
salohiyatlari 
integratsiyasi  va  Hamdo’stlik  doirasida  kapital  oqimini samarali yo’lga qo’yish eng 
muhim  vazifalardan  hisoblanadi. 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish