O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


XI. Globallashuv jarayoni va xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuv



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

XI. Globallashuv jarayoni va xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashuv 
Reja: 
§  1.  Jahon  iqtisodiyotidagi  globallashuv–rivojlanishning  yangi 
bosqichidir. 
§  2.  Xalqaro  iqtisodiyotga  integratsiyalashish  jarayonlari,  omillari, 
shakllari  va  mexanizmi.  O’zbekiston  va  Markaziy  Osiyo  hamda  MDH 
davlatlari. 
 
11.1  Jahon  iqtisodiyotidagi  globallashuv  –  rivojlanishning  yangi 
bosqichidir. 
Prezidentimiz  Islom  Karimov  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining 
yigirma  bir  yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimdagi  tabrik  so’zida  ―Bugun 
shiddat  bilan  tez  o’zgarayotgan  globallashuv  davrining  keskin  talablariga,  dunyo 
bozorida  tobora  kuchayib  borayotgan  shafqatsiz  raqobat  kurashiga  bardosh  bera 
oladigan,  faqat  qat’iyatlik  bilan  oldinga  intilayotgan,  o’zining  uzoqni  ko’zlagan 
taraqqiyot  strategiyasiga  ega  bo’lgan  davlatgina  rivojlanishining  katta  yo’lida  o’z 
ezgu maqsadlariga  erishmog’i  mumkin‖
23
  degan yedi. 
XX 
asr 
ohiridagi 
Jahon 
iqtisodiyoti 
rivojlanishining 
asosiy 
tendentsiyalaridan  biri  –  bu  globallashuv  bo’layapti.  Ilgari  milliy  xo’jaliklar 
o’rtasidagi  munosabatlar  ko’proq  mintaqaviy  tashkilotlar  yoki  davlatlararo 
ikkiyoqlama 
shartomalar 
asosida 
rivojlantirilgan 
bo’lsa,  iqtisodiyotning  
umumbashariy  tus  olishi  natijasida  bu  jarayon  yanada  chuqurlashib,  mamlakatlar 
iqtisodiyotining  o’zaro  bog’liqlik  darajasi  ortdi.  Globallashuv  avvalo,  rivojlangan 
mamlakatlar  o’rtasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  munosabatlarda  namoyon 
bo’lib,  u  keyinchalik  o’z  ichiga  rivojlanayotgan  davlatlar  milliy  xo’jaligini  ham 
qamrab oldi. 
Globallashuvning  lug’aviy  asosi  inglizcha    global  –  jahonga oid umumjahon, 
degan  ma’noni  anglatib,  dunyo  ijtimoiy-  iqtisodiy  va  siyosiy  hayotidagi zamonaviy 
jarayonlarni  umumlashtiruvchi  ma’noni  beradi.  Globallashuv  dunyoning  turli 
davlatlari  taraqqiyotida  o’zining  ijobiy  va  ba’zan  salbiy  ta’sirini  ham 
ko’rsatmoqda.  Globallashuv  tushunchasi  davlatlar  o’rtasida  tovarlar  va  ishlab 
chiqarish  omillari  hisoblangan  mehnat,  kapital,  moddiy,  innovatsion  resurslar  va 
tadbirkorlik  qobiliyatlarining  erkin  harakati  ta’minlanishi  bilan  izohlanadi. 
Globallashuvning  mohiyati  jahon  iqtisodiyotining  baynalmilallashuvi  bilan 
yanada  kengaydi.  Baynalminallashuv  milliy  xo’jaliklar  faoliyatining,  xususan, 
biror  mamlakatdagi  ishlab  chiqarish,  xizmat  ko’rsatish  yoki  iqtisodiy  o’sish 
jarayonlarining  bir  nechta  mamlakat  rezidentlari  ishtirokida,  ko’pmillatli  asosda 
amalga  oshirilishini  bildiradi.  Boshqacha  aytganda,  transmilliy  kompaniyalar 
faoliyati  milliy  xo’jaliklarning  taraqqiy etishida salmoqli  ta’sirga ega bo’ladi. 
Globallashuv  jahon  iqtisodiyoti  rivojlanishining  tarixiy  jihatdan  tadrijiy 
natijasidir.  Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagilardan iborat: 
 -  yangi  xorijiy  valyuta  va  kapitallar  bozorining  shakllanib,rivojlanishi;  bu 
bozorlar  uzluksiz  faoliyatda  bo’lib,  bir  vaqtning  o’zida  dunyoning  turli  moliyaviy 
                                                 
23
 ―Халқ  сўзи‖ газетаси 2012  йил  1 сентябрь 


 
161 
markazlari  o’rtasida  yirik  moliyaviy  va  valyuta  operatsiyalarini  amalga  oshirish 
imkoniyati  mavjud; 
-  yangi  vositalar  va  dastaklar  orqali  operatsiyalarning  tezligini  va 
ishonchliligini  ta’minlash  imkoniyatining  mavjudligi;  Internet  tarmog’i,  uyali 
telefon  aloqasi, axborot tizimi  va boshqalar; 
-  yangi  institutsional  tizimning  shakllanganligi;  Jahon  Savdo  tashkiloti, 
transmilliy  korporatsiyalar, nodavlat tashkilotlari  va h.z. 
- yangi  qoidalarning  ishlab chiqilganligi; 
-  ikki  tomonlama  va  ko’p  tomonlama  savdo,  xizmatlar  va  intellektual 
salohiyatdan  foydalanish  bo’yicha  shartnomalarning  tuzilishi  va  bu  shartnomalar 
milliy  davlatlar  tomonidan  amal  qilinishi  majburiyligi  yoki  milliy  qonunchilikning 
ularga  muvofiqlashtirilishi. 
Globallashuvni  ob’ektiv  zaruriyatga  aylantirgan,  jahon  iqtisodiyotida  keyingi 
25-30  yillarda  chuqurlashgan  hamda  bir  vaqtntng  o’zida  bir  nechta  yoki  o’nlab 
davlatlarni  qamrab  olgan  muammolar  mavjud.  Ular  xalqaro  siyosiy  va  iqtisodiy 
munosabatlarda,  ijtimoiy  hayotda  paydo  bo’lgan,inson  va  tabiat  o’rtasidagi 
munosabatlarda shakllangan  global muammolar  hisoblanadi. 
Jahonda  termoyadro  urushi  xavfi,  terrorchilik  va  ekstremizmning  avj  olishi, 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
o’rtasidagi  ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot  darajasidagi  tafovutlarning  ortib  borishi,  dunyoning  ba’zi  mintaqalarida 
aholi  o’sish  sur’atlarining  yuqoriligi  va  milliy  davlatlarning  bu  jarayonni  yetarli 
darajada 
tartibga 
solish 
imkoniyatining 
cheklanganligi, 
atrof-muhitning 
ifloslanishi,  inson  hayoti  uchun  yeng  zarur  resurslar  -  oziq-ovqat,  energiya 
manbalari,  xom  ashyolarning  ba’zi  mintaqalarda  tanqisligi  ana  shunday 
muammolardan  hisoblanadi. 
Globallashuv  muayyan  mamlakatdagi  ishlab  chiqarish  kuchlarining  sifat 
jihatidan  yangi  rivojlanish  bosqichiga  o’tishi  bilan  bog’liq  bo’lib,  ijtimoiy-
iqtisodiy voqeliknning  xalqaro doirada integratsiyalashishi  hamdir. 
Globallashuv  xo’jalik  yurituvchi  birliklarning  xalqaro  miqyosda  kengayishi 
va  jahon  iqtisodiyotida  salmoqli  mavqeni  egallashi,  tovarlar,  xizmatlar,  ish  kuchi, 
yangi  texnologiya  va  kapitalning  xalqaro  miqyosda  erkin  harakatlanishi, 
investitsiyalar,  moliya-xo’jalik,  milliy  qadriyatlar,  madaniyat  va  san’at  kabi 
yo’nalishlarda  hukumatlar,  alohida  olingan  tashkilotlar,  millat  va  elatlar 
faoliyatining  milliy  doirasidan  chiqib,  erkinlashtirilishi,  inson  kapitali,xususan 
intellektual  kapitalning  dunyoning  taraqqiy  yetgan  markazlariga  ko’chib  o’tishi 
jarayonlarini  ham bildiradi. 
Ilg’or  texnologiyalarning  jadal  rivojlanishi  va  axborot  almashuvining 
qulaylashishi,  sovuq urushning va siyosiy qutblashuvning barham topishi, transport 
xizmatining  keng  miqyosda  taraqqiy  etishi  va  mamlakatlar  o’rtasida  yuk  tashish va 
yo’lovchi  qatnovining  ortishi  kabilar  ham  jarayonini  tezlashtirgan  omillardan 
hisoblanadi. 
Globallashuv  jarayoni  ijtimoiy  hayotning  deyarli  barcha  sohalarini  qamrab 
olib,  pirovardda  alohida  mamlakatlarni  jahon  hamjamiyatining  turli  mintaqalari 
bilan 
yaqindan 
bog’lanishiga  olib  keldi.  Bu,  o’z  navbatida,  yangi 
bozorlarning(kapital,  valyuta  va  sug’urta  bozori)  ilg’or  yangi  vositalar-turli 


 
162 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish