O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/386
Sana29.12.2021
Hajmi3,8 Mb.
#137437
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   386
Bog'liq
milliy va jahon iqtisodiyoti

chorvachilikni
ya’ni 
qoramolchilik, 
qo’ychilik, 
xususan 
qorako’lchilik, 
eyakichilik, 
parrandachilik,  yilqichilik,  tuyachilik,  asalarichilik,  pillachilik  sohalaridan  iboratdir.   
O’zbekiston  qishloq  xo’jaligini  asosini  paxtachilik  tashkil  qiladi.  O’zbekiston  jahonda 
paxta  hosilini  yetishtirish  bo’yicha  5-o’rinda,  paxta  tolasi  eksporti  bo’yicha  2-o’rinda  (AQSHdan 
keyin)  turadi.  O’zbekistonda  asosiy  valyuta  tushumi  ana  shu  paxtadandir.  Paxta  dunyodagi  90  ta 
davlatda  yetishtiriladi.  O’rta  hisobda  dunyoda  yiliga  18  mln.  tonna  paxta  tolasi  olinadi.  AQSH  va 
Xitoyda  yiliga  4  mln  tonnadan,  Hindiston  3  mln  tonna  paxta  tolasi  yetishtiradi.  Dunyoda 
yetishtiriladigan  paxta  tolasining  6%  ni  O’zbekiston  Respublikasi  yetishtiradi.  2012  yilda 
Respublikamizda  3,460  mln  tonnadan  ortiq  paxta  yetishtirildi.  Har  bir  gektar  yerdan  26,5 
tsentner  hosil  olindi. 
SHuningdek  respublikada  yetishtiriladigan  meva,  uzum,  sabzovot,  poliz  mahsulotlarining 
talay  qismi  qo’shni  davlatlarga  chiqariladi.  Respublikada  meva,  uzum  va  sabzovotning  yuqori 
sifatli  navlari  yetishtiriladi.  O’zbekiston  o’zining  sifatli  pillasi  va  qorako’li  bilan  dunyoga 
mashhur. 
O’zbekiston  qishloq  xo’jaligida  28  mln.ga  yaqin  qishloq  xo’jaligiga  yaroqli  yerlar  mavjud. 
SHundan  4,2  mln.ga  sug’oriladigan  yerlar  hisoblanadi  va  ulardan  ishlab  chiqariladigan 
mahsulotni  95-97%  olinadi.  Respublikadagi  jami  ekin  maydonining  42-43%  paxta,  40  foizini 
don  ekinlari,  4  foizini  sabzovot,  2,5  foizini  kartoshka  va  poliz  ekinlari  hamda  10  foizga  yaqinini 
yem-xashak  va  boshqa  ekinlar  egallaydi.  Ekin  maydonlarini  ekin  turlari  bo’yicha  optimal 
taqsimlanishi 
natijasida 
g’alla  mustaqilligiga  to’lig’icha  erishildi.  Hozir  g’alla  eksport 
qilinayapti. 
Respublika  qishloq  xo’jaligida  mulkchilikning  quyidagi  shakllari  mavjud: 
1.  Kooperativ  (jamoa  xo’jaliklari,  xo’jaliklararo  korxonalar,  shirkat  uyushmalari,  davlat 
xo’jaliklari  negizida  tashkil  etilgan  xo’jaliklar,  jamoa  mulkiga  aylantirilgan  fermerlar  va 
boshqalar). 
2.  Davlat  (davlat  xo’jaliklari,  naslchilik  zavodlari,    o’quv  tajriba  hamda  tajriba 
xo’jaliklari). 
3. Xususiy (dehqon  va fermer  xo’jaliklari,  xususiylashtirilgan  korxonalar). 
4. Aholining  shaxsiy yordamchi  xo’jaliklari. 
Respublika 
qishloq 
xo’jaligi  mahsulotining  deyarli  100%  iqtisodiyotning  nodavlat 
sektorida  ishlab  chiqarilmoqda. 
Respublika  Prezidentining  farmoniga  binoan  Qishloq  xo’jaligi  vazirligi,  1996  yil  1 
noyabrdan  boshlab  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligiga  biriktirildi.  Farmonga  asosan  uning  aniq 
vazifalari  va  funktsiyalari  belgilandi.  Joylarda  viloyat  va  tuman  Qishloq  va  suv  xo’jaligi 
boshqarmalari  tashkil  qilindi. 
Respublikada  qayta  ishlash  tarmoqlari  uchun  yangi  uskunalar  va  boshqa  zarur  vositalar 
sotib  olindi.  Qayta  ishlash  korxonalari  bevosita  ishlab  chiqarish  joylarida  tashkil  qilina 
boshlandi.  Qo’shma  korxonalar  tuzila  boshlandi. 
BMTning  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo’jaligi  masalalari  bo’yicha  tashkiloti  (FAO)ning 
ma’lumotlariga  ko’ra  bugungi  kunda  dunyodagi  86  ta  davlat  o’z  aholini  oziq-ovqat  maxsulotlari 
bilan  ta’minlay  olmaydi  ya’ni  dunyoning  1  mlrd.ga  yaqin  aholisi  ochlikda  yashamoqda. 
Tojikiston  Respublikasida  aholi  ehtiyojining  atigi  50-55  %i  o’zida  ishlab  chiqarilgan  don 
mahsulotlari  hisobiga  ta’minlanadi.  Respublikamiz  aholini  oziq-ovqat  maxsulotlari  bilan  to’liq 
ta’minlab  chetga  ham  chiqarmoqda. 
Qishloq  xujaligini  ish  samaradorligi  yuqori  bo’lgan  zamonaviy  texnika  vositalari  bilan 
lizing  asosida  ta’minlash  tizimining  joriy  etilishi  oldinga  tashlangan  muhim  qadam  bo’ladi.  Bu 
qishloq  mehnatkashlarini  texnika  bilan  ta’minlashni  katta  istiqbolga  ega  ekanligidan  dalolat 
beradi. 


 
73 
Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  tajribasidan  ma’lumki  qishloq  xo’jalik  samaradorligini 
yuksaltirishni  asosiy  omili  sermehnat  yumushlarni  texnika  gardaniga  yuklashdir.  Jahon  tajribasi 
tarmoq  ishlab  chiqarishining  barqarorligi,  yuqori  unumdorligi  ishlab  chiqarish  kuchlarining 
kompleks  rivojlanishi,  ilmiy-texnika  taraqqiyoti,  moddiy  texnika  bazasining  kuchliligi  va  kadrlar 
uchun  shart-sharoit  yaratilganligi  bilan  bevosita  mutanosibligini  ko’rsatadi. 
Paxtadan  mato,  sun’iy  charm,  plastmassa,  pilik,  fotoplenka,  qog’oz,  bo’yoq,  paxta  yoi, 
sovun,  margarin,  glitsirin,  texnik  moylar,  chigit  po’stlogidag  metil,  etil  spirtlari,  sirka  kislotasi 
olinadi.   
O’zbekiston  olimlari  tomonidan  mustaqillik  yillarida  100  dan  ortiq  ingichka  va  o’rta  tolali 
serhosil  paxta  navlarini  yaratilishi  hosildorlikni  sezilarli  darajada  oshirish  imkonini  bermoqda. 
Ushbu  navlar  tezpisharligi,  turli  kasallik  va  qishloq  xo’jalik  zararkunandalariga  chidamliligi, 
yuksak  tola  sifati  bilan  ajralib  turadi  va jaxon  bozorida  ularga  talab  katta  bo’lmoqda.   
Qishloqda 
xususiy 
fermer 
xo’jaliklarining  talablari  asosida  barcha  turdagi  zarur 
xizmatlarni  ko’rsatish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  zamonaviy  ishlab  chiqarish  va  bozor 
infratuzilmasi  jadal  rivojlandi.  SHu  davr  mobaynida  qishloqlarda  1424  ta  mini  bank,  1714  ta 
MTP  (mashina  traktor  parki)  2324  ta  yoqilg’i  –  moylash  materiallari  va  mineral  o’g’itlar  sotish 
shahobchalari,  1711  ta  suvdan  foydalanuvchilar  uyushmasi,  300  ta  konsalting  markazi  va  boshqa 
infratuzilmalar  tashkil  etildi.   
Qishloq  xo’jaligi  infrastrukturasi  yaxshi  rivojlangan  davlat  AQSH hisoblanadi.   
AQSH  qishloq  xo’jaligi  maxsulotlari  buyicha  jaxonning  asosiy  eksporteri  hisoblanadi. 
Ya’ni  bug’doyning  45,0  %  i,  makkajo’xori  donining  55,0  %,  arpani  10,0  %,  paxtani  33,0  % 
uning 
xissasiga 
to’g’ri  keladi.  AQSHda  meva,  poliz,  sabzavot  ekinlari,  chorvachilik 
maxsulotlarini  sanitariya-gigiena  talablar  darajasida  saqlash  uchun  ombor  va  muzxonalar  yetarli, 
Masalan,  qishloq  xo’jaligi  uchun  bitta  maxsus  avtomobilning  o’zi  bir  vaqtda  80  bosh  qoramol, 
260 bosh cho’chqa  va 6000 ta parrandani  tashish  imkoniyatiga  ega.  
O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilligining  dastlabki  kunlaridan  boshlab  qishloq  xo’jaligini 
rivojlantirish  strategiyasi  aniq  ravshan    belgilab    olindi.  Mazkur  strategiya    zamirida  qishloq 
xo’jaligini  diversifikatsiya  qilish,  paxta  yakkahokimligiga      barham    berish,    yurtimiz    aholisini  
oziq-  ovqat  mahsulotlari,  birinchi  navbatda  g’alla  bilan  ta’minlash,  bir  so’z  bilan  aytganda,  oziq-
ovqat  mustaqilligiga    erishish  vazifasi  mujassam  edi. 
1998  yilda  qishloqda  faol  institutsional  o’zgarishlar  bosqichi  boshlandi.  Agrar  islohotlar 
hamma  joyda    bozor  munosabatlarini  joriy  qilish  va  xususiy  mulk  shaklini  rivojlantirishga 
qaratildi. 
Zarar  ko’rib  ishlayotgan  hamda    samarasi  past  jamoa  va  kooperativ  xo’jaliklari  tugatilib, 
ularning  yerlari  uzoq  muddatli  ijaraga  xususiy  fermer  xo’jaliklariga  yoki  umrbod  meros  huquqi 
bilan  dehqon  xo’jaliklariga  berildi. 
Fermerlik  harakatini  rivojlantirish  uchun  davlat  tomonidan  katta  imtiyozlar  berildi,  xususiy 
fermer  xo’jaliklarining  ekin  maydonlarini    maqbullashtirish,    yerlarning    meliorativ  holatini  
yaxshilash,    paxtaning    tezpishar    va  serhosil    navlarini  yaratish,  shuningdek,  paxta  navlarini  har 
bir  hududning  tuproq-iqlim  sharoiti  va  suv  bilan  ta’minlanish  darajasini  inobatga  olgan  holda 
rayonlashtirish  bo’yicha  keng  miqyosdagi  ishlar  amalga  oshirildi. 
  Agrar      sohadagi      islohotlar      natijasida      xususiy      fermer  xo’jaliklarining  to’liq  iqtisodiy 
va  moliyaviy  mustaqilligini      ta’minlaydigan      va    ularga    meros    huquqi    bilan  uzoq  muddatga 
ijaraga 
berilgan 
qishloq 
xo’jaligi  yer  resurslaridan 
maqsadli, 
oqilona 
va 
samarali 
foydalanishini  rag’batlantiradigan  huquqiy  shart-sharoit  va  kafolatlar  yaratildi.  SHuningdek, 
O’zbekiston  Respublikasi  Ye r  kodeksida  fermer  xo’jaliklariga  ye r  maydonlarini  50  yil 
muddatga  ijaraga  berish  mustahkamlab  qo’yilgan.   
Hozirgi  vaqtda  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari    ishlab  chiqarishni  moliyalashning  bozor 
printsiplariga  to’liq  javob  beradigan  va  fermer  xo’jaliklari  uchun  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  
sotishdan 
tushgan 
o’z  daromadlari  hisobidan  barcha  xarajatlarni  qoplashda  moliyaviy 
mablag’lardan  foydalanish  usuli  va  shaklini  tanlashda  ularning  mustaqilligini  ta’minlaydigan 
ishonchli  tizim  yaratildi. 


 
74 
  Agrar  sohadagi  islohotlar  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishida    sezilarli    ijobiy  
o’zgarishlarga    erishish    ishlab  chiqarish    hajmining    o’sishi,  qishloq  xo’jaligi    ekinlari 
hosildorligi  va chorva  mahsuldorligining  oshishi  uchun  zamin  bo’lmoqda.   
Qishloqda 
xususiy 
fermer 
xo’jaliklarining  talablari  asosida  barcha  turdagi  zarur 
xizmatlarni 
ko’rsatish  imkoniyatiga  ega  bo’lgan  zamonaviy  ishlab  chiqarish  va  bozor 
infratuzilmasi  jadal  rivojlandi.  SHu  davr  mobaynida  qishloqlarda 
1424  ta  mini  bank,  1714  ta  muqobil  MTP,  2324  ta      yoqilg’imoylash  materiallari  va 
mineral  o’g’itlar  sotish  shoxobchalari,1711  ta  suvdan  foydalanuvchilar  uyushmasi,  300  ta 
konsalting  markazi  va boshqa  infratuzilmalar  tashkil  etildi. 
Qishloq    xo’jaligini    isloh  etish  borasida    aniq  maqsadga  qaratilgan  ishlar  natijasida 
mamlakat  agrar  sektori  deyarli  barcha  tarmoqlarining  dinamik  rivojlanishi  ta’minlandi. 
 
Qishloq  xo’jaligida  dehqonchilik  mahsulotlarining  xajmi  muntazam  oshib  bordi:   
 
paxta  xom  ashyosining  yalpi  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlaridagi    ulushi    qisqarib,    47,7 
foizdan  11,1  foizga    tushdi,  dehqonchilik    va  chorvachilikning    boshqa  mahsulotlari    ulushining 
o’sishi,  asosan  ularning  hosildorlik  va  mahsuldorlik  darajasining  oshishi  hisobidan  ta’minlandi; 
g’alla  maydonlarini  kengaytirish  va  hosildorligini  oshirish  natijasida  boshoqli  don 
ye tishtirish  hajmi  1990  yilgi  2038,2 ming  tonnadan  2012 yilda  7,5 mln.  tonnaga  yetdi; 
kartoshka  –  5  barobar,  meva  –  2,6  barobar,  uzum  –  1,3  barobar  ortdi.  2012  yilda  2 
mln.tonnadan  ortiq  kartoshka  va  9  mln.tonnadan  ortiq  sabzavot  hamda  poliz  mahsulotlari 
yetishtirildi. 
qishloq    xo’jaligi    mahsulotlarini      chuqur    qayta    ishlashga    ixtisoslashgan    zamonaviy  
minitexnologiyalar    bilan    jihozlangan  korxonalar  tashkil  etildi.  Natijada  meva-sabzavot  va 
go’sht-sut  mahsulotlarini   qayta  ishlash  hajmi  2000  yilga  nisbatan  3 barobar  oshdi. 
Qishloq    ho’jaligi    mahsulotlarining    yalpi    hajmida    asosan  dehqon  xo’jaliklarida 
qoramollar  sonining  oshishi  hisobidan  chorva  mahsulotlarining    ulushi  1990  yildagi  36,6 
foizdan  2011  yilda  40,6  foizga  yetdi,  bu  esa  go’sht  ishlab  chiqarish  hajmining  789,1  ming 
tonnadan  1461,4  ming  tonnaga  (1,9  barobar  ko’p),  sutning  3034,2      ming  tonnadan  6169  ming 
tonnaga  (2  barobar),  tuxumning  1231,8  million  donadan  3061,2  million  donaga  (2,5  barobar) 
ko’payishi  uchun  samarali  ta’sir  ko’rsatdi; 
2011  yilda  O’zbekistonda    qishloq  xo’jaligi  mahsulotini  ishlab  chiqarish  19633,6 
mlrd.so’mni  tashkil  qildi.  Bu 2010 yilga  nisbatan  3823,9 mlrd.so’mga  ko’pdir. 
2008  –  2012    yillarda    sug’oriladigan    y e rlarning    meliorativ  holatini    yaxshilash    davlat 
dasturi 
qabul 
qilindi. 
  Melioratsiya  ishlarini 
moliyalashtirishning 
ishonchli 
mexanizmini 
ta’minlash    maqsadida,    Sug’oriladigan    yerlarninng    meliorativ  holatini  yaxshilash  jamg’armasi 
tashkil  etildi.  Yerlarning  unumdorligini  oshirish  borasidagi  ishlarni  moliyalashtirish  yo’li  bilan 
qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilariga    davlat  yordamini  ko’rsatish  mazkur  jamg’armaning 
asosiy  vazifasidir. 
  Quyidagilar    qishloq    xo’jaligida    olib    borilayotgan        islohotlarning  sifat  natijasi 
tariqasida  namoyon  bo’ldi: 
ishlab  chiqarish  samaradorligi  oshdi  –  asosiy      qishloq  xo’jaligi    ekinlari    hosildorligi      va  
chorva    mahsuldorligi  o’sdi; 
xususiy  fermer  xo’jaliklarida  rentabellik  ortdi  va  oziq-ovqat  mahsulotlarini  barqaror 
tarzda 
ishlab 
chiqarish 
masalasida 
mamlakatimiz 
oziq-ovqat 
havfsizligini 
ta’minlaydigan 
darajada  ijobiy  o’zgarishlar  yuz  berdi. 
Keyingi  yillarda  qishloq  xo’jaligi  maxsulotlari  yo’lga  qo’yish  orqali  qo’shimcha  qiymat 
yaratish,  mahsulot  ishlab  chiqarishda  yangi  texnologiyalarni  qo’llash  natijasida  yuqori    iqtisodiy 
samaradorlikka  erishish  buyicha  bir  qator ishlar  amalga  oshirilmoqda.   
2011  yilda  ishlab  chiqarilgan  meva-sabzavot  maxsulotlarining  1  mln.  427  ming  tonnasi 
qayta  ishlashga,  450  ming  tonnasi  ekportga  1mln.  466  ming  tonnasi  Toshkent  shahri  va  boshka 
yarmarka  bozorlarida  sotilishi  562  ming  tonnasi  byudjet  tashkilotlariga  ajratilishi  va  qolgani 
ichki  iste’mol  uchun  yetkazib  beriladi.  Fermer  va  dehqon  xo’jaliklari  aholi  tomorqalarida 
mahsulotlarning  ekilishi  ustidan  monitoring  o’rnatildi.  Ekish  uchun  zarur  bo’lgan  urug’lik, 


 
75 
mineral  o’g’itlar,  ko’chatlar  yetkazib  berishning  optimal  tizimi  yaratildi.  Bugungi  kunda  meva-
sabzavotchilikni  rivojlantirish  maqsadida  Xalkaro  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirish  fondi  orqali 
22mln  AQSH dollari  miqdorida  kredit  liniyasi  ochildi. 
Imtiyozli  ravishda    0,75  foiz  yillik  stavka  bilan  25-30  yilgacha  kreditlar  ajratildi.  Bundan 
tashkari  jahon  banki  bilan  birgalikda  sohani  rivojlantirish  uchun  110  mln.  AQSH  dollari 
miqdoridagi  kredit  liniyalari   ajratish  buyicha  amaliy  ishlar  olib  borilmoqda. 
Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  yetishtirish  hajmi  natura  va  qiymat  ko’rsatkichlarida 
ifodalanadi. 
Natura  ko’rsatkichlari  ma’lum  davr  ichida  bevosita  mahsulot  ishlab  chiqarishining 
hajmini  aniqlaydi  va  u tonna,  tsentner,  litr  va hokazolarda  ifodalanadi. 
Qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  umumiy  hajmi  qiymat  shaklida  o’lchanadigan  Yalpi 

Download 3,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   386




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish